Mintaqaviy turizmning konseptual asoslari


Mintaqaviy turizmni rivojlantirishda xorij tajribasi



Download 0,74 Mb.
bet22/28
Sana16.06.2022
Hajmi0,74 Mb.
#675962
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28
Bog'liq
Mintaqaviy turizmning konseptual asoslari

2.3. Mintaqaviy turizmni rivojlantirishda xorij tajribasi
Turizm, ayniqsa, ziyorat turizmi sohasini rivojlantirishda xorijlik mutaxassislarni jalb etish, xorij tajribasini о‘rganish ushbu sohani taraqqiy topishida muhim ahamiyatga ega. 
Yurtimizdagi qadimiy shaharlar tarixi, xalqimizning ma’naviy-madaniy qadriyatlarini tiklash borasida olib borilayotgan keng kо‘lamli ishlar, zamonaviy mehmonxonalar, dam olish ­maskanlarining qurilishi turizm imkoniyatlarini yanada kengaytirmoqda.
Mamlakatimizning diqqatga sazovor joylarida turizmni rivojlantirish, sayyohlarga xizmat kо‘rsatishni jahon talablari darajasiga yetkazish maqsadida Ispaniya, Portugaliya, BAA, Yaponiya, Germaniya, Avstriya, Gollandiya, Vengriya, Chexiya, Turkiya kabi qator davlatlar tajribasi о‘rganilib, amaliyotga keng tatbiq etilmoqda.
Turkiyada turizm rivojlanishi oxirgi 20-25 yil ichida о‘ziga xos dinamik tus oldi. Buning bir qancha sabablari bor. Ularning ijtimoiy-iqtisodiy sabablari alohida tadqiq qilishga munosib bо‘lsa, tabiiy-obektiv omillar va shart-sharoitlar ham borki, bu omillar davlat turizm siyosatini amalga oshirishga tо‘g‘ridan tо‘g‘ri qulay shart-sharoit bо‘lib xizmat qilmoqda.
Turkiyada turizm rivojlanishining tabiiy-obektiv omillariga:

  • Geografik qulayligi;

  • Iqlim qulayligi;

  • Turk oshxonasining boyligi va mashhurligi;

  • Turkiyada tarixiy joylarning kо‘pligi kiradi.

Ijtimoiy-iqtisodiy omillarga:

  • Iqtisodiy islohotlarning jadallashtirilganligi;

  • Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan yaqindan savdo-iqtisodiy aloqalarning rivojlantirilayotganligi;

  • iqtisodiy о‘sish sur’atlarining keskin pasayib ketishining oldi olinayotganligi;

  • eksportga yо‘naltirilgan ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlantirilayotganligi;

  • migratsion jarayonlarning (ichki va tashqi) rag‘batlantirilayotganligi kabilar kiritiladi.

Mana shunday qulay iqlim sharoitlari, ayniqsa, mamlakatning turli burchaklarida bir paytning о‘zida tо‘rtta faslning ham hukm surishi Turkiyada turizmning rivojlanishi uchun juda qulay shart-sharoitlar yaratgan.
Iqlim qulayliklaridan tashqari turizm rivojlanishining yana bir asosiy sabablaridan biri bu turk oshxonasidir. Mehmonxona mutaxasislarining ma’lumotlarga kо‘ra dunyoning eng boy oshxonalari turk, fransuz va xitoy oshxonalaridir. Ovqat va ichimliklar manbalarining kо‘pligi va turli-tumanliligi, mamlakat turizmining ajralmas qismi bо‘lgan turk oshxonasining boyligining asosiy sabablaridan biridir. Shu bilan birga uzoq yillardan beri turli millatlar bilan birgalikda yashab kelganliklari va ovqat va ichimlik turlarining bir birlari bilan almashib, boyitib borganliklari ham turk oshxonasi boyishining bir sabablaridan biridir. Ayniqsa, Saljuqiylar va Usmoniylar saroylari turk oshxonasining boyishida muhim rо‘l о‘ynagan. Turkiyaning turli hududlarida yuzdan ortiq ovqat turlari tayyorlanadi va bular hudud va illarga (viloyat) kо‘ra pishirish usullari va turlariga kо‘ra bir-biridan tubdan farq qiladi.
Mintaqalarga kо‘ra muhim turistik markazlar va ularning о‘ziga xos xususiyatlari Qoradengiz mintaqasi: Mintaqada tog‘larning kо‘pligi va ularning dengiz qirg‘og‘iga parallel ravishda joylashgani va joylashuvining biroz noqulayligi tufayli plajlar ancha kam. Bu mintaqada yoz boshqa mintaqalarga nisbatan qisqaroq davom etadi. Qoradengiz mintaqasida daryolardagi oqimning tez bо‘lgani uchun sо‘nggi yillarda rafting sporti rivojlanmoqda. Bunga misol sifatida Choruh daryosini aytishimiz mumkin.
Mintaqadagi turistik markazlar: Trabzondagi Sumala monastiri, Ayvasil cherkovi, Hazrati Yahyo Monastiri, Sulton Boyazid Kulliyosi, Amasya qal’asi.
Muhim transport yo’llarida joylashganligi, iqlim imkoniyatlarining yaxshiligi, Istanbulning shu mintaqada joylashganligi va qadimdan odam yashab kelayotganligi sababdan Marmara mintaqasida turizm markazlari juda kо‘p. Mintaqa turizmdan eng kо‘p daromad oladigan mintaqadir. Tarixiy yodgorliklarga Bursadagi Ulujomi, Yashil Maqbarani Iznikdagi Yashiljomi, Qaplijalarni, Edirnedagi Selimiya jomesi, Rustampasha Karvonsaroyi, Saraya Hammomini va Chanaqqaledagi Troya xarobalarini kiritishimiz mumkin. Uzoq yillar davomida Troya yunon mifalogiyasining mahsuli deb hisoblanib kelindi. Biroq 1870-yillardan keyin uning qoldiqlari topildi. Hozirda Troya xarobalari Turkiyaning G‘arbida joylashgan va eng kо‘p turist ziyorat qiladigan markazlardan biri hisoblanadi.
Mintaqada Istanbul Turkiyaning shimoliy-g‘arbida joylashgan shahar bо‘lib, Turkiya mustaqillikka erishguncha, ya’ni 1923-yildagacha juda kо‘plab davlatlar va imperiyalar uchun poytaxt vazifasini bajargan. Bular orasida Usmoniylar imperiyasi deyarli 500 yil va undan oldin Vizantiya imperiyasi va boshqa kо‘plab qadimiy davlatlar uchun poytaxtlik qilgan.1923-yilda Mustafo Kamol Otaturk tomonidan poytaxt xavfsizlikni ta’minlash uchun Anqaraga kо‘chirilgan. Istanbul ikkita qit’ada joylashgan dunyodagi yagona shahardir.Istanbul Turkiyadagi eng katta shahardir. Istanbuldagi tarixiy yodgorliklarga Topqapi saroyi, Ayasofya muzeyi, Dolmabahche saroyi, Qiz qulesi, Anitqabir, Qapali Charsi kabilarni kiritishimiz mumkin. Sulaymoniya Masjidi 1550-yilda Istanbulda Me’mor Sinan tomonidan qurilgan.
Kо‘plab kо‘rfazlarga ega bо‘lgan Egey mintaqasi qadimdan odamlar yashab kelgan hududlardan biri hisoblanadi. Tarixiy yodgorliklarning kо‘pligi tufayli bu mintaqada turizm juda kuchli rivojlangan. Qulay iqlim sharoitlari tufayli dengiz turizmi ham ancha rivojlangan bо‘lib, turizm davri yetti-sakkiz oy davom etadi. Bu mintaqadagi turistik markazlarga Izmirdagi Maryam Ona Cherkovi, Efes va Bergama antik teatrlari, Agora, Akropolis kabi bir qancha markazlarni misol keltirishimiz mumkin.
Yoz oylarining issiqligi, plyajlarning kо‘p ekanligi, issiq haroratning uzoq davom etishi tufayli Turkiyada dengiz turizmining eng uzoq davom etadigan mintaqasi О‘rtayer dengizi mintaqasidir. Mintaqada qish oylarida ham dengizda chо‘milish imkoniyatlari mavjud. Bundan tashqari Antaliyada Toros tog‘larining baland ekanligidan bir paytning о‘zida ham dengizda chо‘milish ham chang‘i sporti bilan shug‘ullanish imkoniyatlari mavjud.
Mintaqada deyarli barcha illarda(viloyatlarda) juda kо‘p muhim tarixiy yodgorliklar mavjud. Mintaqada Antaliya shahri eng katta turistik va savdo markazi hisoblanadi. Ispartadagi Egirdir kо‘li, Burdurdagi Hajilar xarobalari, antik Sagalasos shahri, Mersindagi о‘rta asrlardan qolgan Anamur qal’asining qoldiqlari, Jannat va Jahannam g‘orlari, Qiz qal’asi kabilarni eng kо‘p turist jalb qiladigan markazlar deyish mumkin.
Markaziy Anatoliya mintaqasi: mintaqa bugungi kunda Turkiyaning siyosiy markazi hisoblanadi. Boshqa mintaqalarga nisbatan bu yerda turizm unchalik kuchli rivojlanmagan. Bu mintaqadagi turistik markazlarga Anqaradagi Anitqabirni, Anqara qal’asini, Anatoliya Madaniyati Muzeyini, Polatli yaqinidagi qadimgi Frigiya davlatining poytaxti hisoblangan Gardion shahrini, Konyadagi Mavlono Jaloliddin Rumiy Maqbarasini, Nasriddin Hoja Maqbarasini va Kopadokiyani kiritishimiz mumkin.
Mintaqada qish oylarining uzoq davom etishi va qorning kо‘p yog‘ishi tufayli turizm qizg‘in emas. Bugungi kunda asta-sekinlik bilan mintaqada tog‘ turizmi rivojlanmoqda. Mintaqadagi turistik markazlarga Numrut tog‘i, Ani xarobalari, Ishak Pasha saroyi, Ag‘ri tog‘i, Van kо‘li, Yaqutiya Madrasasi, Erzirum Aziziya yodgorligi kabilarni kiritishimiz mumkin. Van kо‘li Turkiyadagi eng katta kо‘l hisoblanib, suvining shо‘rligi hisobiga hayvonot va nabodot olami unchalik boy emas.
Janubi-sharqiy Anatoliya mintaqasi Anatoliyadagi odamlarning ilk о‘troqlashgan hududi sanaladi. Mintaqadagi turistik yodgorliklarga Malabadi kо‘prigi, Asur mozorlari, Adiyaman Jendere kо‘prigi, Mardin uylari, Baliqli kо‘l kabilarni kiritishimiz mumkin.
Turkiya turizm rivojlanishi bо‘yicha Yaqin va О‘rta sharq mintaqasida taraqqiy etgan infratuzilmaga va juda takomillashgan marketning strategiyasiga ega. Mamlakatning Egey, О‘rta Yer dengiz mintaqasi turizm salohiyati mujassamlashgan hudud hisoblanadi. Bu mintaqada Antalya, Alaniya, Marmara, Qushadasi orollari, shuningdek, Bordrum, Fathiya va Kash markazlari mavjud. Trabzon, Giresun, Rize, Ilgaz, Bolu, Aband kabi hududlarda quruqlik hududi bilan bog‘liq turistik faoliyatlar rivojlangan. Keyingi о‘rinlarda Mug‘la, Edirne, Izmir, Aydin, Anqara shaharlari keyingi о‘rinlardan joy olmoqda.
Jahon turizm tashkiloti taxminlariga kо‘ra, “Turizm: 2020 Yevropa qarashlari” dokladida Turkiya turizmdan keladigan daromad hajmi bо‘yicha 2020 yilda Fransiya, Ispaniya va Italiyadan keyin Yevropada 4 о‘rinni egallaydi. Bu yili turizmdan keladigan umumiy daromad 40 mlrd. AQSH dollaridan oshishi rejalashtirilmoqda. Bu davrga ya’ni 2020 yilga kelib Turkiyaga 60 mln. kishi tashrif etishi taxmin qilinmoqda.
Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev 2018 yil 22 yanvarda mamlakatimizda turizmni izchil rivojlantirish istiqbollari, sayyohlik obyektlaridan samarali foydalanish, ko‘rsatilayotgan xizmat turlari sifatini oshirish, yurtimizga tashrif buyurayotgan sayyohlar oqimini ko‘paytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilishda har bir yo‘nalish bo‘yicha, ya’ni Yevropa, Osiyo va boshqa qit’alardan keladigan sayyohlar uchun maxsus dasturlar ishlab chiqish, charter reyslar va temir yo‘llarda qatnovlar sonini ko‘paytirish, turizm rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasini mukammal o‘zlashtirish, ichki turizmni rivojlantirish, sayyohlik obyektlarini takomillashtirish, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi1.

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish