1.3.4-rasm. Tabiat yodgorliklari1
Tabiiy turistik resurslar orasida asosiy o‘rinni rekreatsiya resurslari egallaydi, ular mamlakat aholisini, hamda turistlarni dam olishi va davolanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Undan tashqari tabiiy resurslardan to‘g‘ridan – to‘g‘ri foydalanish natijasida bir qancha muammolar ham kelib chiqmoqda. Bunda tabiatdan noto‘g‘ri foydlanish, ko‘plab qurilishlarni amalga oshirish tufayli bo‘lmoqda. Natijada ekosistemalar muvozanati buzilib, ekologik muammolarni kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda.
Ma’lum hududda turizmni rivojlantirishda u joyning tarixiy-madaniy resurslari potensiali asosiy o’rinni egallaydi. Turistik xizmatda madaniy-tarixiy resurslardan ko‘p maqsadlarda foydalanish mumkin. Madaniy majmualarning jozibadorligi ularning tarixiy va tasviriy bahosiga, foydalanish qulayliliga bog‘liq.
Turistik resurslar ichida jahon ahamiyatidagi madaniy obekt va yodgorliklar asosiy o‘rinda turadi. “Madaniy meros” deyilganda quyidagilar tushiniladi:
Yodgorliklar: arxitektura binolari, arxiologik ahamiyatidagi joylar, ilmiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega g‘orlar, yozuvlar;
Ansambillar: ilmiy, madaniy yoki tarixiy ahamiyatga ega o‘zaro bog‘langan binolar guruhi. Masalan, Registon ansambili;
Mehmondo‘stlik joylari: inson yoki tabiat tomonidan yaratilgan estetik, etnografik, tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan, o‘ziga jalb qiluvchi o‘ziga xos joylar.
Butunjahon madaniy merosi royxatiga kiritiladigan obektlarning quyidagi hususiyatlari hisobga olinadi:
Inson ijodining noyob namunalari;
Ajoyib madaniy, arxitektura obektlari, hamda madaniy landshaftlarining alohida ahamiyatga ega hududlari;
Zamonaviy sivilizasiyaning noyob namunalari, qurilishlari;
Inson tarixi bilan bog‘liq binolar yoki arxitektura ansambillari, landshaftlari.
Tabiatning noyob ko‘rinishlarini butunjahon royxatiga kiritiladigan xususiyatlari quyidagilardan iborat:
yer taraqqiyotida geologik-geomorfologik jarayonlar asosida shakllangan yodgorliklar;
turli-tuman o‘ziga hos ekosistemalar, landshaftlar;
ma’lum mintaqaning o‘ziga xos o‘simlik va hayvonlari;
kamyob biologik turlari.
Madaniy-tarixiy resurslar moddiy va madaniy turli yodgorliklari majmuasi, ma’lum mintaqaning turistik qiziqish obektlari hisoblanadi. Mintaqalarning arxitektura yodgorliklariga boyligi turizmni rivojlanishiga turtki bo‘ladi. Ammo oxirgi paytlarda turistik oqimning oshishi ayrim muammolarni ham keltirib chiqarmoqda.
Bu resurslardan turizm maqsadida saqlashni quyidagicha amalga oshirish taklif qilinadi:
mavjud tarixiy joylar, binolar va yodgorliklarni turistik qiziqish obektlari sifatida qayta tiklash;
tabiiy resurslarni muhofaza qilishni faollashtirish;
turistik ehtiyojni qondirish maqsadida atrof-muhit saqlash va yaxshilashda boshqaruv organlari ma’suliyatini oshirish.
1.3.3-jadvalda mintaqalarning turistik salohiyati berilgan.
1.3.3-jadval
Mintaqalarning turistik salohiyati
Do'stlaringiz bilan baham: |