O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
“Iqtisodiyot” fakulteti
Turizm yo’nalishi III-kurs 191-Turizm guruhi talabasi
Mashariov Hidoyatning “Turopereyting” fanidan
Kurs ishi
Mavzu: “Mintaqaviy turizmni boshqarishni takomillashtirishda xorijiy tajribalar”
Topshirdi: Mashariov Hidoyat
Qabul qildi: prof. Bekjanov Dilmurod
Urganch-2022
|
MUNDARIJA
|
№
|
|
KIRISH
|
|
|
|
|
I-BOB
|
NAZARIY QISM
|
|
1.1
|
Mintaqaviy turizmning iqtisodiy mazmuni va iqtisodiyotdagi ahamiyati
|
|
1.2
|
Turizmni barqaror rivojlanishida mintaqaviy turizmning iqtisodiy mazmuni
|
|
1.3
|
Mintaqaviy turizmning ijtimoiy mazmuni va uning jamiyatdagi shakllanishi va rivojlanishidagi o`rni
|
|
1.4
|
O`zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida mintaqaviy turizmning ahamiyati
|
|
II-BOB
|
AMALIY QISM
|
|
2.1
|
Mintaqaviy turizm bozori haqida tushuncha.
|
|
2.2
|
Mintaqaviy turizmni rivojlantirish bosqichlari
|
|
2.3
|
Mintaqaviy turizmda mеnеjmеntning samaradorligi tushunchasi
|
|
2.4
|
Chet elda mintaqaviy turizmni boshqarishni tashkil etish
|
|
|
XULOSA VA TAKLIFLAR……………………………………….
|
|
|
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI…………………………………………………….
|
|
|
INTERNET SAYTLAR……………………………………………
|
|
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Hozirda turizm sohasini mintaqalar iqtisodiyotidagi o`rni juda past bo`lib, tarqoq holda shakllanishi, eksport va aholi turmush darajasiga qo`shadigan hissasini kamligi bilan xarakterlanadi. Eng asosiysi, mintaqaviy turizm yangi ish joylarini yaratish va aholi daromadlarini oshishining muhim omili bo`lib xizmat qilishi kerak. Shu sababli mintaqaviy turizm bozorini iqtisodiyot bilan bog’langan holda shakllantirish, uning raqobatbardoshligini oshirish va barqaror rivojlantirish uchun mavjud salohiyatdan samarali foydalanish ustuvor vazifalar qatoriga kiradi. Hozirda mintaqada turizmni rivojlantirishning o`ziga xos xususiyatlari va qonuniyatlarini o`rganish, mavjud muammolarni ijtimoiy-iqtisodiy sharoit bilan uzviy bog’liq holda xal qilishning nazariy, uslubiy va amaliy yondashuvlarini ishlab chiqish, bu borada jahon amaliyotidagi ilg’or tajribalardan, usul va vositalardan unumli foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Turizm jamiyatda o`ziga xos ijtimoiy vazifalarni bajaradi. Ular aholini mehnatga layoqatini tiklash và rivojlantirish, bo`sh vaqtdan samarali foydalanish, aholi bandligini ta`minlash va daromadlarini oshirish, dam olish infratuzilmalarini rivojlantirishdan iborat Mintaqaviy turizm- ma’lum hududga qaratilgan, ijtimoiy yo’naltirilgan yani inson manfaatlari uchun xizmat qiladigan hamda mikro va makrodarajada daromadlar olishga mo’ljalangan faoliyatdir.
Umuman, ma’lum hududga bag’ishlangan ijtimoiy harakat yo’nalishi. Bu tizimli bo’lishi shart (klaster). Mintaqaviy turizm mintaqalarda o’tkaziladigan tuy, marosim, festevallar, sayillarning turistik ahamiyati va ulardan foydalanish. Hozirgi vaqtda ko’pgina tarmoqlar kabi turizm industriyasi ham tez rivojlanib bormoqda. Turistik biznesni mavjud kapital, texnologiya, hamda malakali ishchi – xodimlar orqaligina shakllantirib bo’lmaydi. Buning uchun birinchi navbatda turistik resurslarga ega bo’lish lozim. Rekreatsiya faoliyati nuqtai nazardan turistik resurslarga tabiiy va antropogen geosistemalar kiradi, tabiat manzaralari, rekreatsiya faoliyati ehtiyoji qiymatiga va maishiy xususiyatga ega, insonlarni ko’rsatilgan vaqtda ma’lum texnologiyalar yordamida sog’ligini tiklash va dam olishida foydalanish mumkin bo’lgan, rekreasiya faoliyati qobiliyatiga ega resurslar kiradi. Turistik resurslarning mohiyati shundan iboratki, ular turistik mahsulot shakllanishiga asos hisoblanadi. Umumiy qilib aytganda, aniq hududda turistik faoliyatda foydalanish mumkin bo’lgan barcha obyektlar kiradi. Turizmni rekreatsiyaning ko’rinishi sifatida olsak, «turistik resurslar» tushunchasi «rekreatsiya resurslari» bilan birgalikda uyg’unlashadi. Turistik resurslarning asosini rekreatsiya resurslari tashkil etadi. Rekreatsiya resurslari bu - turli komponentlar birikmasidan iborat, insonning dam olishi va davolanishi ehtiyojlarini qondirishda xizmat qiladigan vositalardir. Kelib chiqishi va foydalanish xususiyatlariga ko’ra rekreatsion resurslar ikki guruhga ajratiladi: tabiiy va antropogen rekreatsion resurslar (1.1-chizma).
Do'stlaringiz bilan baham: |