1.3-chizma. Mintaqaviy turizm bozorining ijtimoiy samaradorlik yo`nalishlari
Turizmni ijobiy ta`siri birinchi navbatda mintaqadagi milliy qadriyatlar va urf-odatlarni mustaxkamlash va yanada rivojlantirishga olib keladi. Ushbu yo`nalish mintaqada o`ziga xos madaniy turistik brendni shakllanishi va turistlarni taklif qilishning muhim mexanizmi bo`lib xizmat qiladi. Shuningdek, turizm infratuzilmasini rivojlantirishda yangi kommunikatsiyalar, informatsion texnologiyalarni qo`llash aholining ijtimoiy qarashlarini va faoliyatlarini ijobiy tarafga o`zgarishiga olib keladi. Mintaqada turizm sohasida mehnat qiladigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini rivojlantirish, yangi o`quv texnologiyalaridan foydalanish, jahon standartlari talabiga mos keladigan kadrlarni shakllantirish ta`lim tizimi uchun o`rnak bo`lishi mumkin.
Bundan tashqari asosiy ijtimoiy muammo bo`lgan aholi bandligini ta`minlashda ham turizm salohiyatidan samarali foydalangan holda yangi ish joylarini tashkil etilishi yirik ijtimoiy samara natijasi bo`lib xizmat qiladi. Aholi bandligini ta`minlash o`z navbatida ularni daromadlarini ortishiga, bevosita turmush sifatini oshishiga olib keladi.
Ichki turizmni qo`llab-quvvatlash, aholining dam olishi uchun qulay sharoit yaratilishi, ularni salomatligini tiklash va mustahkamlashga muhim zamin yaratadi. Jahon tajribasidan kelib chiqqan holda, turizm xizmatlarining asosiy iste`molchilari o`rta sinf vakillaridir. Ushbu omil mamlakatda va mintaqalarda o`rta sinfni shakllanishi uchun keng imkoniyatlar yaratib beradi. turizmni bevosita mintaqaviy tarmoq ekanligini e`tiborga olgan holda, uni hududlararo ijtimoiy tabaqalashuvga ta`sir qilib, aholi turmush darajasidagi farqlarni kamaytirish va yaqinlashtirish uchun o’zi imkon yaratadi. Ijtimoiy soha to`g’risida gapirganda, turizmni ham ushbu sohaga talluqli ekanligini ta`kidlash lozim.
Turizmning ahamiyati uning ijtimoiy sohadagi quyidagi faoliyatlari bilan belgilanadi: - moddiy va nomoddiy boyliklarni iste`molchiga etkazib berish; - iste`mol jarayoniga xizmat qilish; - aholi salomatligini ta`minlash; - aholini ijtimoiy-madaniy darajasini shakllantirish va qo`llab-quvvatlash; Turizm jamiyatda o`ziga xos ijtimoiy vazifalarni bajaradi. Ular aholini mehnatga layoqatini tiklash và rivojlantirish, bo`sh vaqtdan samarali foydalanish, aholi bandligini ta`minlash va daromadlarini oshirish, dam olish infratuzilmalarini rivojlantirishdan iborat. Bizning fikrimizcha mintaqaviy turizm ijtimoiy yo`naltirilgan bo`lishi kerak. Birinchidan, turizm inson manfaatlari uchun xizmat qilish; ikkinchidan esa, mikro va makrodarajada daromadlar olishga mo`ljallangan, ya`ni ijtimoiy yo`naltirilgan va bozor mexanizmlarini qo`llashga qaratilgan desak to`g’ri bo`ladi. Umuman turizmni mintaqa iqtisodiyoti, uning tarmoqlari va ijtimoiy sohaga ta`siri ko`p qirrali bo`lib, barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning muhim omili bo`lib xizmat qiladi.
Turizmdan olinadigan daromad mintaqani rivojlanishi uchun qo`shimcha rag’batlantiruvchi kuch bo`libgina qolmay, balki mavjud madaniytarixiy va tabiiy salohiyatni asrab qolishning zarur omilidir. Turizmni mintaqa iqtisodiyotiga ta`sirini umumiy kontseptsiyalar orqali aniqlash bilan bir qatorda uni miqdoriy aniqlash uslubiyoti va usullarini ishlab chiqish nazariya va amaliyot uchun dolzarbdir. Asosiy masala turizmning iqtisodiy samaradorligini aniqlashning aniq indikatorlari va ko`rsatkichlarini ilmiy asoslashdan iborat. Iqtisodiy samaradorlik (bevosita va bilvosita) asosan turizmdan olinadigan umumiy daromadlar, uning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi va boshqa bir qator makroiqtisodiy ko`rsatkichlar orqali (eksport, xizmatlar hajmi, bandlik va boshqalar) aniqlanishi mumkin. Lekin ushbu ko`rsatkichlarni aniqlashda bir qator uslubiy muammolar mavjud bo`lib, ular rasmiy statistikani takomillashtirish zaruriyati, yangi hisoblash uslublarini ishlab chiqish lozimligi, maxsus ijtimoiy tadqiqotlarni amalga oshirishni taqazo qiladi. Xulosa sifatida turizmni mintaqa iqtisodiyotiga ta`sirini o`rganish va aniq xulosalar qilish hududlarni kompleks va mutanosib rivojlantirish, uzoq va o`rta muddatda mavjud turistik salohiyatdan samarali foydalanish, eng asosiysi aholi turmush darajasi va sifatini oshirish uchun asosiy omil bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |