“Mintaqaviy turizm” tushunchasining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati nimalar bilan belgilanadi?
Fanning maqsad va vazifalari nimalardan iborat?
Fanning predmeti va mazmuni nimalardan iborat?
Mintaqaviy turizmning milliy iqtisodiyotda tutgan o‘rni nimalar bilan belgilanadi?
Mintaqaviy turizmni rivojlantirishning maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?
Mustaqillikka erishgandan keyingi O‘zbekiston hukumatining turizm sohasiga e’tibor qaratishi nimalar bilan belgilanadi?
“O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi”ning tashkil etilishi haqida nimalarni bilasiz?
O‘zbekiston milliy iqtisodiyotini rivojlantirishda turizmning roli nimalardan iborat?
JAVOBLAR
1.Menimcha, ijtimoiy iqtisodiy mohiyati dayanda shu turizmni rivojlantirishda turistik resurslardan samarali foydalanishni tushunaman. Yani kam mablag’ sariflagan holda ko’proq daromad olish. Shuningdek turistik resurslardan samarili foydalanish va jahon bozorida raqobatdosh bo’la olish.
2. Fanning maqsadi talabalarga o’zbekistondagi mavjud bo’lgan turistik resurslar turlari va ulardan samarali foydalanish haqida bilimlarni berish.
Fanning vazifalari: talabalarga turistik resurslardan samarali foydalanish imkoniyatlarini o’rganish, turistik resurslarni mintaqalar bo’yicha joylanishhini o’rganish va turistik resurslarni guruhlarga bo’kish haqida talabalarga bilim va ko’nikmalar berishdan iborat.
3. Bu fanning predmeti turistik resurslarni, turlari va mohiyatini, ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni, hudud bo’yicha joylanish xususiyatlarini, milliy iqtisodiyotda samarali foydalanishni, ekologik-iqtisodiy xususiyatlarini, turizm faoliyatida foydalanish va muhofaza qilishni o’rganishdan iborat.
4. Mustahkam ko’p tarmoqli iqtisodiyotga ega bo’lish uchun iqtisodiy qaram bo’lmaslikkina emas, balki xar bir davlat o’z iqtisodiyotini mustaqil yaratishga va rivojlantirishga harakat qilishi lozim. Bu jarayon davrida ushbu davlat halqning turmush darajasi yomonlashmasligi, hamda jamoatchilikdan talab qilinadigan sarf xarajat juda kam miqdorni tashkil qilishini maqsadga muvofiq deb hisoblaydi. Har qanday davlat uchun esa turizm ana shunday amaliy yo’nalishlardan biri hisoblanadi, ayniqsa xalqaro turizm iqtisodiyotning boshqa muhim manbaa tarmoqlariga nisbatan katta sarmoya talab qilmaydi shuning uchun ham turizm katta ahamiyatga ega.
5. O’zi bu fanning asosiy maqsadi talabalarga turistik resurslardan unimli foydalanish imkoniyatlarini o’rgatish, turistik resurslarni guruhlarga ajratish va turistik resurslarni mintaqalar bo’yicha joylashishini o’rgatishdan iborat. Fanning maqsadi esa mamlakatimizda turizm salohiyatini belgilashda turistik resurslarimizni har taraflama yaxshi o’rganishdan iborat. Man ppt ni o’qib faqat shuni tushundim. Agar o’zbekistonda yani mamlakatimizda turizm sohasini yanada rivojlantirsak yangi ish o’rinlari paydo bo’ladi. Bu esa iqtisodiyotda muhim o’rin egallaydi. Ishsizlik foiza anchagina kamayishi mumkin. Shuningdek turistik resurslardan samarali foydalanish va uni iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish ham muhim bir vazifa hisoblanadi.
6. mustaqillikka erishgandan keyin turizm sohasiga anchagina o’zgartirishlar qonunlar va farmonlar bo’ldi. Jumladan, 1991-yildan boshlab o’zbekiston ning turistik xizmatlar bozori shakllana boshladi. Eski turistik korxonalar va tashkilotlar tannazzulga uchradi. Uning o’rniga yangi turagentlik va turoperator lar ish faoliyatini yo’lga qo’ydilar va turistlar uchun turistik mahsulotlar ishlab chiqishga kirishdilar. 1992-yil yil “o’zbekturizm” kampaniyasi tashkil topdi. Bu kampaniya deyarli barcha boshqaruvlarni o’z zimmasiga olgan edi. 1993 yilda esa o’zbekturizm kompaniyasi BMT tashilotiga rasman azo bo’ldi. Shundan keyin 1995 yil BMT va yunesko shuningdek o’zbekiston hukumati bilan kelishilgan holda Buyuk Ipk yo’li shaarlari qayta tiklanish haqida Samarqand deklaratsiyasi qabul qilindi. 1995 yildan keyin deyarli barcha turistik korxonalar xususiylashtirilib davlat tasarrufidan chiqarildi. 1999 yil 15 aprel o’zbekiston birinchi prezidenti 2005 yilgacha o’zbekistonda turizmni rivojlantirish to’g’risida farmon elon qilindi. Shu yilning 20 avgustida esa oliy majlis tomonidan turizm to’g’risidagi qonun qabul qilindi. 2016 yilda esa turizmni yanada rivojlantirish bo’yicha qaror qabul qilindi va shunga muofiq ravishda O’zbekistton Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi tashkil topdi.
7. Qo`mitaning tashkiliy tuzilmasi, markaziy apparatining tuzilmasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Samarqand, Buxoro, Xorazm va Farg`ona viloyatlari hududiy boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi, qo`mita to`g`risidagi nizom kabilarning qarordagi ilovalarga muvofiq tasdiqlanishi bayon etilgan. Qo`mita soha xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni yuqori darajada tashkil etish hamda tarmoq turizm fanlarini rivojlantirishga ko`maklashish maqsadida ilgarigi ilmiy-o`quv konsalting markazi turizm sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziga aylantirildi. Chunki, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash mutaxassislarning kasb bilimlari va ko`nikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirishga qaratilgan. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’lim muassasalaridagi o`qish natijalariga ko`ra davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi guvohnoma yoki sertifikat topshiriladi.
8. Turizm ham respublikamiz iqtisodiyotida qishloq xo’jaligi, sanoat, transport va boshqa makroiqtisodiy tarmoqlar qatori o’zining munosib o’rniga ega bo’lishi uchun yetarlicha resurslarga ega. Mamlakatimizda turizmni rivojlantirish imkoniyatlari bo’yicha Markaziy Osiyo davlatlari ichida yetakchi hisoblanadi. Chunki, mamlakatimiz jahon sivilizasiya o’choqlaridan biri sifatida, o’zining asori-atiqalari bilan mashhurdir. Bizning madaniyatimiz dunyo xalqlari san’at, arxitektura, shaharsozlik va ko’pgina sohalarga ulkan hissani qo’shgan. Mustahkam ko’p tarmoqli iqtisodiyotga ega bo’lish uchun iqtisodiy qaram bo’lmaslikkina emas, balki xar bir davlat o’z iqtisodiyotini mustaqil yaratishga va rivojlantirishga harakat qilishi lozim. Bu jarayon davrida ushbu davlat halqning turmush darajasi yomonlashmasligi, hamda jamoatchilikdan talab qilinadigan sarf xarajat juda kam miqdorni tashkil qilishini maqsadga muvofiq deb hisoblaydi. Har qanday davlat uchun esa turizm ana shunday amaliy yo’nalishlardan biri hisoblanadi, ayniqsa xalqaro turizm iqtisodiyotning boshqa muhim manbaa tarmoqlariga nisbatan katta sarmoya talab qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |