4. O‘zbekiston milliy iqtisodiyotini rivojlantirishda turizmning roli.
Turizm ham respublikamiz iqtisodiyotida qishloq xo’jaligi, sanoat, transport va boshqa makroiqtisodiy tarmoqlar qatori o’zining munosib o’rniga ega bo’lishi uchun yetarlicha resurslarga ega. Mamlakatimizda turizmni rivojlantirish imkoniyatlari bo’yicha Markaziy Osiyo davlatlari ichida yetakchi hisoblanadi. CHunki mamlakatimiz jahon sivilizasiya o’choqlaridan biri sifatida, o’zining asori-atiqalari bilan mashhurdir. Bizning madaniyatimiz dunyo xalqlari san’at, arxitektura, shaharsozlik va ko’pgina sohalarga ulkan hissani qo’shgan. Tarixda ma’lumki, mintaqaning rivojlanishida ma’lum darajada turizmning ham hissasi bo’lgan. CHunki, mamlakatimiz «Buyuk ipak yo’li» markazida joylashgan, shuning uchun savdo-sotiq va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy aloqalar rivojlangan bo’lib, ulardan tushgan daromatlar mamlakat xazinasiga katta ulush qo’shgan.
Mustahkam ko’p tarmoqli iqtisodiyotga ega bo’lish uchun iqtisodiy qaram bo’lmaslikkina emas, balki xar bir davlat o’z iqtisodiyotini mustaqil yaratishga va rivojlantirishga harakat qilishi lozim. Bu jarayon davrida ushbu davlat halqning turmush darajasi yomonlashmasligi, hamda jamoatchilikdan talab qilinadigan sarf xarajat juda kam miqdorni tashkil qilishini maqsadga muvofiq deb hisoblaydi. Har qanday davlat uchun esa turizm ana shunday amaliy yo’nalishlardan biri hisoblanadi, ayniqsa xalqaro turizm iqtisodiyotning boshqa muhim manbaa tarmoqlariga nisbatan katta sarmoya talab qilmaydi.
Ayni vaqtda milliy iqtisodiyotimizda turizmning o’rniga nazar tashlasak, shu narsa ayon bo’ladiki mavjud resurslardan har doim ham samarali foydalanishga erishilmayapti. Mamlakatimizda turizm rivojlanishi jamiyatning yangilanish davriga to’g’ri kelib, u asta-sekinlik bilan sodir bo’layotgan o’zgarishlar jarayonini hisobga olgan holda uning sifatini yanada yaxshilashga to’g’ri kelmoqda. Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ma’lumki, iqtisodiyotning rivojlanishi turizm sohasi bilan ham bog’liq. SHuning uchun ham, bozor iqtisodi asosida xo’jalik yuritishga o’tayotgan mamlakatlarda xalqaro turizmga katta e’tibor qaratish katta ahamiyatga ega.
O’zbekiston sharoitida turizmni hozirgi zamon talablariga javob bera oladigan darajada rivojlantirish uchun yetarlicha turistik resurs imkoniyatlari borligini hisobga olsak, u holda bu sohani iqtisodiyot uchun, umuman jamiyatning rivojlanishi uchun g’oyat muhim ahamiyati borligi ma’lum bo’ladi. Ayni vaqtda, respublikamizda turizmni rivojlanishi amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohatlarga, hamda mavjud resurslardan samarali foydanalish bilan bevosita bog’liqdir.
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi dastlabki yillardan boshlab iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida tub islohatlar va yangilanishlar boshlandi. SHu o’tgan davr mobaynida, mamlakatimiz o’z iqtisodiyotini rivojlantirishda jahon tajribasidan keng foydalanmoqda. SHu o’rinda turizm sohasida ham tub islohatlar olib borilib, davlat tomonidan katta imkoniyatlar yaratilmoqda. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezdentining 1992 yil 27 iyuldagi «o’zbekturizm» milliy kompaniyasini tashkil etish», 1995 yil iyuldagi «Buyuk ipak yo’lini tiklash va xalqaro turizmni rivojlantirishda O’zbekiston Respublikasining faol qatnashishini ta’minlash»ga oid farmonlari, 1997 yil Butunjahon Turistik Tashkiloti (BTT) ekspertlar guruhi bilan «O’zbekturizm» milliy kompaniyasi hamkorligidagi «O’zbekistonda turizmni barqaror rivojlantirish rejasi», 1999 yil qabul qilingan «Turizm to’g’risida»dagi qonun hamda «Turizmni 2005 yilgacha rivojlantirish dasturi», Vazirlar Mahkamasining 2001 yildagi «CHimyon-CHorvoq kurort zonasida tabiat boyliklarini saqlash, sog’lomlashtirish va dam olishni rivojlantirishni tartibga solishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida»gi, «O’zbekturizm» milliy kompaniyasining “Turizm”Qo`mitasiga aylantirish to`g`risidagi qarori turizm sohasini rivojlanishiga katta yo’l ochmoqda.
YUqoridagi qaror va Farmonlar asosida shu davr mobaynida respublikamizning ko’pgina mintaqalaridagi tarixiy, diniy obidalar, buyuk siymolar qabrlari, dahmalari, masjidu madrasalarini qaytadan tiklash va ta’mirlash ishlari keng miqiyosda amalga oshirildi. Buning natijasida turistik resurslarimiz yanada ko’paydi hamda yaxshilandi.
Turizm faoliyatini yaxshilash maqsadida tashkil etilgan yagona siyosatni amalga oshiruvchi maxsus davlat organi – «O’zbekturizm» milliy kompaniyasi qoshida viloyat va mintaqa filiallari ochildi. 1993 yil Bali (Indoneziya) shahrida bo’lib o’tgan Butunjahon turistik tashkilotini (BTT) 10 sessiyasida «O’zbekturizm» miliy kompaniyasi ushbu nufuzli tashkilotga to’la huquqli a’zo bo’ldi (To’xliev, 1996).
1995 yil BTTning qohirada o’tkazilgan navbatdagi 11- sessiyasida o’zbekiston «Atrof muhitni muhofaza qilish komiteti»ga a’zo bo’ldi va Istambuldagi 12- sessiyasida esa Markaziy Osiyo mintaqasi «Buyuk ipak yo’li» dasturida mamlakatimizning o’rni alohida ta’kidlab o’tildi. Shuningdek, YUNYeSKOning O’zbekistondagi qarorgohi, madaniyat vazirligi va Fanlar akamediyasi bilan hamkorlikda «Meros» dasturi asosida «Buyuk Ipak yo’li»da joylashgan tarixiy, arxitektura, arxeologik va boshqa yodgorliklarni tiklash, ta’mirlash va ilmiy o’rganish bo’yicha amaliy ishlar qilinishi bevosita respublikada turizm rivojlanishi uchun katta turtki bo’ldi (A.S.Soliev, M.R.Usmonov, 2005).
Do'stlaringiz bilan baham: |