Mintaqaviy temir yo‘l uzelining texnik foydalanish tasnifi


Yuk-bagaj, yuk-yo‘lovchi, sayyohlik va xizmatchi odamlarni tashiydigan yo‘lovchi poyezdlar



Download 4,94 Mb.
bet20/24
Sana13.01.2022
Hajmi4,94 Mb.
#357741
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
2 5303170483158520176

2. Yuk-bagaj, yuk-yo‘lovchi, sayyohlik va xizmatchi odamlarni tashiydigan yo‘lovchi poyezdlar:




2.1. Yuk-bagaj poyezdlar:

901-948

2.2. Yuk-yo‘lovchi poyezdlar:

951-968

2.3. Sayyoxlik poyezdlar:

971-988

2.4. Xizmatchi odamlarni tashiydigan yo‘lovchi poyezdlar:

991-998

3. Ixtisoslashtirilgan (harakati jadallashtirilgan) yuk poyezdlari:




3.1. Refrijeratorli vagonlardan tashkil topgan yuk poyezdlari:

1001-1098

3.2. Sut tashuvchi vagonlardan tashkil topgan yuk poyezdlari:

1101-1198

3.3. Konteynerli vagonlardan tashkil topgan yuk poyezdlari:

1201-1488

3.4. Yuklarni universal harakat tarkiblarida tashishga mo‘ljallangan maxsus yuk poyezdlari:

1491-1498

3.4. Xayvonlarni tashishga mo‘ljallangan yuk poyezdlari:

1501-1518

3.5. Korxonalarga tegishli bo‘lgan yuk poyezdlari

1519-1598

3.6. Aylanma marshrutlarda ko‘mir va foydali qazilmalarni tashishga mo‘ljallangan yuk poyezdlari:

1601-1698



3.7. Aylanma va texnologik marshrutlarda suyuq yuklarni tashishga mo‘ljallangan yuk poyezdlari:

1701-1798

4. Yuk poyezdlari:




4.1. Bo‘sh vagonlardan tashkil uzun tarkibli yuk poyezdlari:

1801-1898

4.2. Bir-biriga ulangan yuk poyezdlari:

1901-1958

4.3. O‘tkinchi poyezdlar:

2001-2998

4.4. Uchastka poyezdlari:

3001-3398

4.5. Terma poyezdlar:

3401-3598

4.6. Olib chiquvchi poyezdlar:

3501-3598

4.7. Uzatuvchi poyezdlar:

3601-3798

4.8. Dispetcherlik lokomotivlari:

3801-3898

4.9. Peregonda joylashgan yuk obyektlariga uzatilayotgan yoki u joylardan olib chiqilayotgan yuk poyezdlari:

3901-3998

5. Lokomotivlar:




5.1. Poyezdni surishga borayotgan lokomotivlar:

4001-4098

5.2. Poyezdni surib, qaytayotgan lokomotivlar:

4101-4398,

4501-4998



5.3. Bo‘sh harakatlanayotgan lokomotiv:

4401-4498

6. Xo‘jalik poyezdlari:

5101-5998

7. Shaharatrofi yo‘lovchi poyezdlari:

6001-6998

7.1. Oddiy shaharatrofi yo‘lovchi poyezdlari:

6001-6998

7.2. Harakati tezlashtirilgan shaharatrofi yo‘lovchi poyezdlari:

7001-7398

7.3. Xizmat yuzasidan tuzilgan shaharatrofi yo‘lovchi poyezdlari:

7401-7498

8. Odamlarsiz harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdlar:

7501-7898

9. Qor tozalovchi poyezdlar:

7901-7998

10. Tiklash poyezdlari:

8001-8048

11. Yong‘in poyezdlari:

8051-8098

12. Ta’mir talab etilayotgan yuk vagonlaridan tashkil topgan poyezdlar:

9001-9098.

Har xil turdagi poyezdlarning yurish yo‘li chizig‘i turli ranglar bilan belgilanadi, ya’ni yo‘lovchi poyezdlari qalin qizil chiziqlar bilan, yuk poyezdlari ingichka qora chiziq bilan, dispetcherlik lokomotivlarining o‘zi ingichka uzuq chiziqlar bilan va hokazo.




1. Yo‘lovchi poyezdlari:




2. Bir guruhli yuk poyezdlari:




3. Terma poyezdlar:




4. Olib chiquvchi poyezdlar:




5. Dispetcherlik lokomotivlari:



Poyezdlar harakat grafigi quyidagi ketma-ketlikda tuziladi: avvalam bor yo‘lovchi poyezdlari joylashtirib olinadi. Birinchi tezyurar, keyingi navbatda uzoq masofaga qatnovchi yo‘lovchi poyezdlar joylashtiriladi, so‘ngra grafikda mahalliy ishlarni bajaruvchi terma va boshqa poyezdlar joylashtiriladi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning tegishli boshqarmalari bilan yo‘lovchi va tezlashtirilgan yuk poyezdlarining harakat jadvallari kelishib, tasdiqlangandan so‘ng grafikda boshqa poyezdlarni joylashtirish davom ettiriladi.

Qolgan poyezdlarni grafikda joylashtirish, jo‘natish va pog‘onali marshrutlarning yurish chiziqlarini joylashtirishdan boshlanadi.

Grafikda qolgan poyezdlarni joylashtirish jarayonida oldindan joylashtirib olingan poyezdlar (yo‘lovchi, tezlashtirilgan yuk, terma va hokozo) harakat chiziqlariga kichik o‘zgartirishlar kiritilishiga ruxsat etiladi.

Harakat grafigini ishlab chiqishning asosiy masalalaridan biri – yuk va yo‘lovchi poyezdlari hamkorligini ta’minlash, yo‘lovchi poyezdlarini to‘g‘ri joylashtirishdir.

Poyezdlar harakat grafigini tuzishda quyidagilar ta’minlanishi lozim:

1) temir yo‘llarning texnik vositalari (harakat tarkibi, o‘tkazuvchanlik qobiliyati va boshqalar) dan samarali foydalanish;

2) poyezdlar harakatining yuqori tezliklari;

3) yo‘lovchilar uchun oxirgi stansiyalardan poyezdlarni jo‘natish va qabul qilishning to‘g‘ri va qulay vaqtini tanlash;

4) uzel stansiyalari bo‘yicha harakat jadvallarini muvofiqlashtirish.

Shu va boshqa talablarning bajarilishi yo‘lovchilar uchun qulaylik yaratadi.

Harakat grafigi tuzilganda, yuqori darajadagi poyezdlar uchastka tezligi va lokomotivlarning sutkalik o‘rtacha bosib o‘tgan masofasi ta’minlanishiga harakat qilinadi.

Grafikda yuk poyezdlari sutkalik davrda bir tekis joylashtiriladi. Bu esa o‘z navbatida, uchastkalarning o‘tkazuvchanlik qobiliyatidan samarali foydalanishga sharoit yaratadi va poyezdlar harakati uchastka tezligining oshishini, lokomotivlar aylanmasining tezlashishini va stansiyalar ishining bir maromda bajarilishini ta’minlaydi.

Yuk poyezdlarining yurish chiziqlarini joylashtirish bilan bog‘liq omillar quyidagilar:

1) poyezdlar grafikda shunday joylashtirilishi lozimki, bunda poyezdlarni ajratish punktlarida kesishish va quvib o‘tish amallari bo‘yicha turish vaqtlari kichik bo‘lsin;

2) texnik stansiyalardan jo‘natiladigan ketma-ket poyezdlar orasidagi intervallar, chegaralovchi peregon grafik davriga mos bo‘lishi, avtoblokirovka tizimi bilan jihozlangan uchastkalarda esa paketdagi poyezdlar orasidagi interval bilan mos kelishi;

3) quvib o‘tish amallarini imkon qadar ikki yengil peregonlar orasidagi ajratish punktlarida amalga oshirish lozim. Chunki quvib o‘tiladigan poyezd texnik sabablarga ko‘ra to‘xtashi mumkin.

Bitiruv malakaviy ishida P-T va T-O uchastkalari uchun to‘liq, E-P va O-V uchastkalari uchun esa, qisqartirilgan poyezdlar harakat grafigi tuziladi (bunda, barcha uchastkalar bir dona A0 formatdagi maxsus qog‘ozga chiziladi (4.1-rasm)).

4.1-rasm. Poyezdlar harakati grafigini rasmiylashtirish tartibi



Download 4,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish