25.34
25.34
|
25.32
|
T-I
|
T-d
d-e
e-j
j-I
|
25
20
17
20
|
26
21
18
21
|
7
7
7
7
|
58
48
42
48
|
60
60
60
60
|
0,9
0,9
0,9
0,9
|
21.41
25.87
29.57
25.87
|
24.96
|
T-O
|
T-z
z-i
i-k
T-O
|
18
25
24
17
|
19
26
25
18
|
7
7
7
7
|
44
58
56
42
|
60
60
60
60
|
0,9
0,9
0,9
0,9
|
28.22
21.41
22.17
29.57
|
22.56
|
Izoh: Yurish vaqtlari topshiriqning 4-ilovasida berilgan.
3.2-jadvalga asosan mavjud o‘tkazish qobiliyati zaruriy o‘tkazish qobiliyatidan kichik bo‘lgan peregonlar uchun o‘tkazish qobiliyatini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha tadbir o‘tkaziladi. Bitiruv malakaviy ishida P-T, T-I va T-O uchastkalari uchun alohida peregonlarni o‘tkazish qobiliyatini oshirish uchun razyezd ochish tadbiridan foydalaniladi. P-T, T-I va T-O uchastkalarida P-a, a-b, b-v, v-g, g-T, T-d, d-e, e-j, j-I, z-i va i-k peregonlari uchun mavjud o‘tkazish qobiliyati zaruriy o‘tkazish qobiliyatidan kichik bo‘lganligi sababli ushbu peregonlarda razyezd ochiladi va o‘tkazilgan tadbir natijalari 3.3- jadvalda keltiriladi.
3.3 -jadval
2-MTU uchastkalari peregonlarining o‘tkazish qobiliyati
Uchastka
|
Peregon
|
Yurish vaqti
|
|
|
|
|
|
|
toq
|
juft
|
P-T
|
P- R1
R1-a
a-R2
R2-b
b-R3
R3-v
v-g
g-T
|
12
12
11
11
10
11
23
21
|
12
11
12
13
11
12
19
21
|
7
7
7
7
7
7
7
7
|
31
30
30
31
28
30
49
49
|
60
60
60
60
60
60
60
60
|
0,9
0,9
0,9
0,9
0,9
0,9
0,9
0,9
|
40.06
41.4
41.4
40.06
44.35
41.4
25.34
25.34
|
25,32
|
T-I
|
T-R4
R4-d
d-e
e-j
j-I
|
12
13
20
17
20
|
13
13
21
18
21
|
7
7
7
7
7
|
32
33
48
42
48
|
60
60
60
60
60
|
0,9
0,9
0,9
0,9
0,9
|
38.81
37.63
25.87
29.57
25.87
|
24.96
|
T-O
|
T-z
z-R5
R5-i
i-R6
R6-k
T-O
|
18
12
13
12
12
17
|
19
13
13
12
13
18
|
7
7
7
7
7
7
|
44
32
33
31
32
42
|
60
60
60
60
60
60
|
0,9
0.9
0,9
0,9
0.9
0,9
|
28.22
38.81
37.63
40.06
38.81
29.57
|
22.56
|
Izoh: R – raz’yezd.
Xulosa: P-T, T-I va T-O uchastkalarida o‘tkazish qobiliyatini oshirish maqsadida o‘tkazilgan tadbirlardan keyin, ushbu uchastkalarning o‘tkazish qobiliyatlari sezilarli darajada oshirildi. Demak, 2-MTU uchastkalari bo‘yicha poyezdlar harakat miqdorini bajarish mumkin.
Ayrim holatlarda uchastkadan o‘tkazilishi zarur bo‘lgan poyezdlar soni ko‘p (2 baravar va undan ortiq) bo‘lganda uchun bir bosh yo‘lli uchastka ikki bosh yo‘lli uchastkaga aylantiriladi, ya’ni ikkinchi bosh yo‘l quriladi.
Ikki bosh yo‘lli uchastka uchun o‘tkazish qobiliyati quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi
4. Poyezdlar harakati grafigi va lokomotivlar aylanmasi
4.1 Poyezdlar harakati grafigini tuzish
Poyezdlar harakati grafigini tuzishda uchastka qatnovi bo‘yicha yo‘lovchi poyezdlarining harakat hajmi va og‘irlik me’yorlari, har bir yo‘nalish , har bir uchastka bo‘yicha yuk poyezdlarining kategoriyalarini hisobga olgan holda ularning harakat hajmi, og‘irlik va uzunlik me’yori, peregondagi yurish vaqti, tezlanish va sekinlanish uchun qo‘shimcha vaqtlar, terma poyezdlarning oraliq stansiyalarda turish vaqtlari va boshqa shunga o‘xshash birlamchi ma’lumotlarni aniqlab olish lozim. Ushbu boshlang‘ich ma’lumotlarning bir qismi oldingi bo‘limlarda ko‘rib chiqilgan. Poyezdlar harakati grafigini tuzishda barcha poyezdlar kategoriyasini mukammal ravishda joylashtirish ko‘zda tutilishi lozim.
Bunday joylashtirish poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlashi lozim.
Poyezdlarni joylashtirish bir yo‘lli uchastkadan boshlanadi. Birinchi navbatda, poyezdlar harakati grafigiga tezkor poyezdlarni, undan keyin yo‘lovchi poyezdlarni joylashtirish lozim. Yo‘lovchi poyezdlarni joylashtirishda oraliq stansiyalardagi turish vaqtlarini hisobga olish lozim.
Terma va chiqaruvchi poyezdlarni poyezdlar harakati grafigiga tanlangan eng maqbul chizma asosida joylashtiriladi. Terma va olib chiqib ketuvchi poyezdlarning oraliq stansiyalarida turish vaqtlari mahalliy vagonlarni uzish va ulash manevr amallari vaqtlarini o‘z ichiga olishi, zarur hollarda esa terma va chiqaruvchi poyezdlar yurish vaqtlarini surish imkonini berishi lozim.
Yuk poyezdlarini ikki yo‘nalishda ham, bir maromda va bir vaqtning o‘zida joylashtirish lozim. Yuk poyezdlarini joylashtirish tartibi uchastkaning poyezdlarni o‘tkazish qobiliyatidan foydalana olishiga bog‘liq.
Aylanma depolar joylashgan stansiyalarda lokomotivlarning turish vaqtlari belgilangan me’yorda ushlab turilmasa, asosiy va aylanma depo stansiyalaridan poyezdlarni jo‘natish vaqtlarini tahrirlash bilan bir qatorda oraliq stansiyalardagi poyezdlar to‘xtashlar vaqtini minimumga keltirishni ta’minlash lozim.
Poyezdlar harakat grafigi yozgi davr uchun tuziladi va unga qishki mavsumdagi bir qancha sabablarga ko‘ra (qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tashishning mavsumiyligi, yangi korxonalarning ishga tushirilishi va boshqalar) o‘zgartirishlar kiritiladi. Yo‘lovchi poyezdlarning harakat jadvallari tuzilganda ular uch to‘rt yil davomida o‘zgarmaydi.
Poyezdlar harakat grafigini tuzishdan oldin quyidagi tayyorgarlik ishlari o‘tkaziladi: yangi grafik uchun birlamchi ma’lumotlar ishlab chiqiladi; o‘tgan davr uchun foydalanish ko‘rsatkichlari tahlil qilinadi va boshqalar.
Poyezdlar harakat grafigini tuzish uchun birlamchi ma’lumotlar quyidagilar:
1) barcha turdagi poyezdlarning harakat miqdorlari va poyezdlar og‘irlik me’yorlari;
2) peregonni bosib o‘tishga sarflanadigan vaqt, stansiya intervallari va paketdagi poyezdlar orasidagi intervallar;
3) tranzit poyezdlarni lokomotiv va lokomotiv brigadalari almashish punktlarida turish me’yorlari va oraliq stansiyalarida texnik zaruratlar tufayli turish vaqtlari me’yorlari;
4) poyezdlar tuzish rejasi;
5) lokomotiv brigadalarining uzluksiz ishlash me’yorlari;
6) uchastka va saralash stansiyalariga qayta ishlovga keladigan poyezdlar orasidagi eng kichik intervallar;
7) ajratish punktlariga yaqinlashishdagi yo‘llarning profili;
8) asosiy va aylanish depolarida lokomotivlar bilan o‘tkaziladigan jarayonlarga belgilangan vaqt me’yorlari;
9) terma poyezdlarning oraliq stansiyalarida turish vaqti me’yorlari va mahalliy yukni tarqatishni tashkil etishning qabul qilingan tizimi;
10) yo‘l va kontakt tarmog‘ini ta’mirlash ishlarini bajarish uchun poyezdlar harakat grafigida “okno”ning belgilanishiga talablar.
Ushbu ma’lumotlar temir yo‘llarda va temir yo‘l kompaniyasi tomonidan belgilangan.
Jo‘natish marshrutlari va terma poyezdlar harakat grafiklarini poyezdlar harakat grafigi tuzilguncha belgilab qo‘yiladi. Unda uchastkadagi yuk ishlarini bir maromdaligini ta’minlash hisobi olinadi hamda shoxobcha yo‘llari va stansiyalar texnologik jarayonlariga bog‘lanadi.
Ko‘zda tutilgan tashish rejasini qamrab olish maqsadida poyezdlar harakat grafigini tuzishdan oldin, uchastkalarning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish bo‘yicha tashkiliy – texnik tadbirlar amalga oshiriladi. Yo‘lovchilarga qulay bo‘lishi uchun shahar atrofi yo‘lovchi poyezdlarining jadvali bir necha yil davomida o‘zgartirilmaydi.
O‘tkazuvchanlik qobiliyatining to‘ldirilganlik darajasiga poyezdlar harakat grafigining ko‘rsatkichlari bog‘liq.
Yo‘lovchi poyezdlar harakat miqdori ikki xil variantda maksimal yozgi mavsumga va oddiy qolgan vaqt uchun belgilab olinadi.
Poyezdlar harakat grafigini tuzishning asosiy maqsadi quyidagi foydalanish ko‘rsatkichlari ma’lum darajasini ta’minlanishidan iborat: harakat tezliklari, tranzit poyezdlarning texnik stansiyalarda turishi, lokomotivlarning sutkalik o‘rtacha bosib o‘tgan masofasi, mahalliy vagonlar aylanmasi.
Poyezdlarni tayinlash va bekor qilish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
a) ikki va undan ortiq temir yo‘llardan o‘tuvchi uzoq yo‘nalishdagi, mahalliy va shahar atrofiga qatnaydigan yo‘lovchi poyezdlar, pochta-bagaj va yuk-yo‘lovchi poyezdlar – shu temir yo‘llar ma’muriyati bilan kelishilgan holda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ chegarasida shahar atrofida qatnaydigan poyezdlarni tayinlash va bekor qilish “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari ruxsati bilan amalga oshiriladi) tomonidan.
b) ikki va undan ortiq temir yo‘llar chegarasida qatnaydigan harbiy, odam tashiydigan, tezlashtirilgan yuk va yuk poyezdlarini MDH davlatlari temir yo‘l transporti bo‘yicha Kengashi belgilagan tartibda, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ chegarasida – “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi tomonidan;
v) harakat grafigida ko‘zda tutilmagan tiklash va o‘t o‘chirish poyezdlari, qor tozalagichlar, vagonsiz lokomotivlar, avtomotrisalar va olib qo‘yilmaydigan drezinalar, xo‘jalik va boshqa poyezdlar – YaDM yo‘nalish bo‘yicha navbatchisi tomonidan.
Harakat grafigida ko‘zda tutilmagan poyezdni tayinlash, poyezdning harakatlanish tartibini ko‘rsatgan holda poyezd dispetcheri tomonidan e’lon qilinadi.
Poyezdlar harakati grafigini tuzishdan oldin poyezdlarni raqamlash tartibini bilish lozim. TFQning 176-bandiga muvofiq har bir poyezdga harakat grafigi tomonidan belgilanadigan raqam beriladi. Bir yo‘nalishdagi poyezdlarga juft raqamlar, bu yo‘nalishga qarshi yo‘nalishdagi poyezdlarga toq raqamlar beriladi. Poyezdning yurish yo‘li chizig‘i grafik ipi deb ataladi. Grafikda poyezd yurish yo‘lining chizig‘i ustiga poyezdning raqami yozib boriladi.
Raqamdan tashqari, har bir yuk poyezdiga uni tuzish stansiyasida, tarqatish stansiyasigacha o‘zgarmaydigan indeks beriladi.
MDH davlatlari temir yo‘l transporti bo‘yicha Kengashining 2003-yil 3-4 iyunda Alma-ata (Qozog‘iston Respublikasi) shahrida tashkil etilgan majlisi bayonnomasining 2-bandi bilan tasdiqlangan “Poyezdlarga raqam berish tartibi”ga asosan poyezdlar quyidagicha raqamlanadi (umumiy mazmunda):
Do'stlaringiz bilan baham: |