3.3 Zaruriy o‘tkazish qobiliyatini hisoblash
Temir yo‘l liniyalarining o‘tkazuvchanlik qobiliyati deb, doimiy qurilmalar, harakat tarkibining turi va quvvati hamda poyezdlar harakatini tashkil etish usulidan kelib chiqib, ushbu liniyadan eng ko‘p poyezd yoki juft poyezd o‘tkazish mumkinligiga aytiladi.
Temir yo‘l liniyaldaridan o‘tkaziladigan poyezd yoki poyezd juftliklari miqdori asosan sutka davriga hisoblanadi. Shahar atrofi uchastkalari harakati bundan mustasno, chunki bunday uchastkalardagi poyezdlarning harakati nafaqat sutkalik davrga, balki soatli davrga o‘tkazuvchanlik qobiliyati o‘zgarib turadi.
Bir yo‘lli liniyalar uchun juft grafiklar tuzishda o‘tkazuvchanlik qobiliyati poyezd juftliklari uchun aniqlansa, ikki yo‘lli uchastkalarda hamda bir yo‘lli liniyalardagi juftlashmagan grafik turlari uchun har bir yo‘nalishdagi alohida poyezdlar miqdori uchun aniqlanadi.
Har bir liniyalarning o‘tkazuvchanlik qobiliyati o‘lchamlarini belgilab beruvchi doimiy texnik qurilmalarga peregonlar, stansiyalar, lokomotiv hamda elektr ta‘minot xo‘jaliklari qurilmalari kiradi. Temir yo‘llarning o‘tkazuvchanlik qobiliyati yuqorida keltirilgan doimiy texnik vositalar kompleksi asosiy elementlari bo‘yicha aniqlanishi va o‘sib borishi lozim.
Temir yo‘l liniyalari o‘tkazuvchanlik qobiliyatining barcha elementlari bir biri-bilan uzviy bog‘liq bo‘lmog‘i lozim.
Liniyalarning o‘tkazuvchanlik qobiliyatlari mavjud hamda zaruriy (talab etilayotgan) turlarga bo‘linadi. Uchastka yoki yo‘nalishning texnik jihozlanganligidan kelib chiqib aniqlanadigan o‘tkazuvchanlik qobiliyati mavjud o‘tkazuvchanlik qobiliyati deb ataladi. Berilgan harakat miqdorini qamrab olish uchun kerak bo‘ladigan o‘tkazuvchanlik qobiliyati uchastkalarning talab etilgan o‘tkazuvchanlik qobiliyati deb ataladi. O‘tkazuvchanlik qobiliyatining zaxirasi davlat ehtiyojlaridan kelib chiqib aniqlanadi. Ushbu zaxira kerak bo‘lganda poyezdlarni o‘tkazishda qo‘llaniladi.
Zaruriy o‘tkazish qobiliyati bu – tashish rejasini bajarish uchun uchastka bo‘yicha sutka davomida o‘tkazilishi zarur bo‘lgan poyezdlar soni.
Zaruriy o‘tkazish qobiliyati quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi
bu yerda: yuk, yo‘lovchi va terma poyezdlari soni;
yo‘lovchi va terma poyezdlar tomonidan yuk poyezdlarini poyezdlar harakat grafigidan siqib chiqarish koeffitsienti, ga teng deb qabul qilinadi;
zaxira o‘tkazish qobiliyati koeffitsiyenti
P-T uchastkasi uchun:
T-I uchastkasi uchun:
T-O uchastkasi uchun:
Do'stlaringiz bilan baham: |