Ta’minot bo ‘limi ishlab-chiqarishning material-texnik sifatini
va vaqtida bajarilishini, rejadagi hajm, muddatlar, sifat bo‘yicha yetkazib berishni, omborxona zaxiralari holatini, transport- tayyorlov chiqimlami nazorat qiladi.
Sotish bo‘limi shartnoma majburiyatlarini va mahsulotni
hajmi, sifati, muddati bo‘yicha iste’molchilarga yetkazib berish rejasini bajarilishini, omborxona zaxiralari holati va tayyor mahsulot to‘liqligini nazorat qiladi.
Iqtisodiy tahlilni amalga oshirishda ish jamoalari alohida o‘rin
egallaydi. Ularga rejalashtrishda ijtimoiy va iqtisodiy masalalami hal qilishda, moddiy resurslami ratsional sarflashda, ilm-fan va texnika yutuqlarini joriy etish masalalarida, ish faoliyati sharoitlarini yaxshilash hamda himoya qilish kabi yo‘nalishlar va boshqa shu kabilarda ko‘plab vakolatlar berilgan.
Iqtisodiy tahlilni amalga oshirishda jamoaning birgalikdagi harakati, uning umumiyligni, yetarli malakaga ega ekanligi, korxona faoliyatini, uning natijalarini yanada chuqurroq o‘rganishni, samaradorlikni oshiruvchi zaxiralami tadbiq etishni ta’minlashga yordam beradi.
Korxona faoliyati tahlili alohida masalami o'rgana oladigan va
tahlilini kopleks tarzda amalga oshiradigan yuqori turuvchi boshqaruv organlari mutaxassislari tomonidan ham amalga oshiriladi. Bunday tahlil natijasida korxona faoliyatidagi iqtisodiy holatlami ma’lum bir jihatlari o‘zgartirilii mumkin.
Muassadan tashqari iqtisodiy tahlil statistik, moliya institutlari, soliq inspeksiyalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va boshqalar tomonidan bajariladi. Statistik organlar statistik hisobotlami jamlaydilar va tahlil qilib, natijalami kerakli vazirlik va tashkilotlarga foydalanish uchun yuboradilar.
Murakkab strategik muammolami' hal etish bilan bog'liq bo'lgan bir marotabali analitik tadqiqotni amalga oshirishda korxonalar biznesidagi mavjud bo‘lgan va bo‘lishi mumkin, bo‘lgan muammolami hal etishga yordam beradigan auditorlik va konsalting uyushmalari xodimlarining xizmatlaridan foydal'anishlari mumkin.
Ichki xo‘jalik, muassasa va muassasadan tashqari tahlil hamma
ko‘rinishidan foydalanish korxona xo‘jalik faoliyatini har tomonlama o‘rganish va uni samaradorligini oshirish yo‘llarini to‘liq o‘rganish imkonini yaratadi.
Xulosa
Ushbu mavzuni o`rganish natijasida talabalar tahliliy jarayon bosqichlarini, xususan iqtisodiy tahlil dasturini tuzish, tahlil uchun ma'lumotlarni to`plash va ularni tеkshirishni, ko`rsatkichlarni tanlash va hisob kitob qilishni, ko`rsatkichlarni tahliliy jihatdan qayta ishlash va taqqoslashni hamda xo`jalik yurituvchi subе'ktlar faoliyatini iqtisodiy tahlil qilishda qatnashadigan sub'еktlarni bilishlari kеrak.
Do'stlaringiz bilan baham: |