Bajardi:Mintaqaviy iqtisodiyot yo’nalishi talabasi Maxmudov.M Mintaqa – mamlakat yagona xalq xo’jalik majmuasining hududiy kichik tizimi hisoblanadi. U demografik, tabiiy-ekologik,ijtimoiy-iqtisodiy va texnik iqtisodiy jarayonlarning ichki aloqasi va o’zaro munosabati tufayli xosil bo’lgan yaxlit birlikdir Mintaqaviy iqtisodiyot – ijtimoiy fandir . U muayyan xududdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tadqiq etadi , ijtimoiy iqtisodiy omillarni o’rganadi Mintaqaviy iqtisodiyot nazariyasi , sotsiologiya , tarmoqlar iqtisodi , iqtisodiyb geografiya , demografiya va boshqa ijtimoiy iqtisodiy fanlar bilan uzviy aloqador. Bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi mamlakat xo’jaliginig hududiy tashkil etlishi bilan chambarchas bog’liq. Mintaqaviy iqtisodiyot faninig predmeti. Mintaqaviy iqtisodiyot faninig predmeti mamlakat ishlab chiqarish kuchlarining joylashuvini, hududlar ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishini , muhim tabiiy iqtisodiy, demografik va ekilogik xususiyatlarini hamda ularningb hudud ichidagi, hududlararo iqtisodiy aloqalarini o’rganadi.Boshqacha aytadigan bo’lsak, mintaqaviy iqtisodiyot faninig asosiy vazifasi ijtimoiy ishlab chiqarishning hududiy jihatlarini o’rganishdan iborat. Mintaqaviy iqtisodiyot fan sifatida ishlab chiqarish kuchlari va ijtimoiy infratuzilma elementlarini, qonuniyatlarini va tamoyillarinihudud jihatidan tadqiq etadi;mamlakat rivojlanish strateguyasi va ekologik xolatini hsobga olgan xolda ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish yo’nalishlarini belgilaydi; hududlar iqtisodiyotini va hududlararo iqtisodiy aloqalarni o’rganadi Bundan tashqari, mintaqaviy iqtisodiyot ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va rivojlantirish masalalarini mamlakat miqyosida yaxlit o’rganadi. Zero har bir hudud iqtisodiyoti , rng avvalo mamlakat yagona xo’jalik majmuasining tarkibiy qismidir. Mintaqaviy iqtisodiyot predmeti hududiy moliya kredit munosabatlarini va mintaqalardagi qimmatli qog’ozlar bozorining shakllanish jarayonini ham o’rganadi Mintaqaviy tadqiqotlarning uslublari. Tizimli tahlil . Ushbu uslub bosqichlilik tamoyiliga asoslanadi (maqsad qo’yish, vazifani aniqlash, ilmiy taxminni bayon etish, tarmoqlarni joylashtirish xususiyatlarini kompleks o’rganish); u tarmoqlar tuzilmasi, ularning o’zaro aloqadorligini o’rganish imkonini beradigan ilmiy bilish uslubidir. Tizimlash uslubi. U o’rganilayotgan hodisalarni aloxida belgilariga ko’ra guruhlarga ajratish yo’li bilan amalga oshiriladi. Bunda tasniflash,tipologiya, umumlashtirish va boshqa usullar qo’llaniladi. Kartografik uslub ushbu uslub ishlab chiqarish xususiyatlarini ko’rgazmali aks ettirish imkonini beradi. Iqtisodiy matematik modellashtirish (mintaqa iqtisodiyoti rivojlanishinig hududiy proporsiyalarini modellashtirish , mintaqa xo’jaligini tarmoqlar bo’yicha modellashtirish, mintaqa xo’jalik majmualarini shakllanishini modellashtirish. Taksonomik uslub.ushbu jarayon muayyan hududni unga bo’ysunuvchi ierarxik taksonlarga ajratib chiqishdan iborat. Ijtimoiy so’rovlar uslubi. Ular juda xilma xil: standart xolda intervyu; alohida tarmoqlar vakillari bilan yakka tartibda suhbat’, olimlar mutaxassislar va mintaqalar rahbar xodimlarining ichiq chiqishlari bo’yicha faktlarning tahlili va b.q Shunday qilib , mintaqaviy ijtimoiy tizimlarni o’rganish nihoyatda ko’plab usul va vositalarga tayanadi. E’tiboringiz uchun raxmat!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |