Qishloq xo'jaligida suv iste’moíini qisqartirish. Qishloq xo'jaligi toza ichimlik suvini iste’mol qiladigan eng yirik sektor hisoblanadi va uning hissasiga jahon ichimlik suvi zaxiralarining 70%ga yaqini to'g'ri kciadi. Bu esa iqlim barqarorligiga salbiy ta’sir ko'rsatadi.
Suv va energiyani ko'p iste’mol qiladigan an’anaviy qishloq xo'jaligining muqobil varianti bilimlar, ilmiy kashfiyotlar, eski va zamonaviy ilmiy usullami uyg'unlikda qo'llashga asoslangan ekologik qishloq xo'jaligi hisoblanadi.
Yaqin o‘n yilliklarda qishloq xo'jaligi uchun suv tanqisligi muammosi yuzaga keladi. Qishloq xo‘jaligi rivojlanishi ko'p suv talab qiladi, intensiv qishloq xo‘jaligi rivojlanishiga o‘tish yanada ko'proq suv talab etadi. Istiqbolda qishloq xo'jaligida unumdorlikni oshirishga suv iste’molini mutanosib tarzda oshirish hisobiga erishib bo‘lmaydi. Jahon amaliyoti ko'rsatishicha, qishloq xo'jaligida suvdan samara!i foydalanish usullariga qat’iy ama! qilish talab etiladi. Ayrim hisob-kitoblarga ko‘ra 1 mJ toza suv mahsulot yetishtirish hosildorligini 50-80%ga oshiradi. Qishloq xo'jaligida toza suv iste’molini kamaytirishda sug'orishda samaradorligi yuqori texnologiyalami qo'llash, drenaj yordamida yomg'ir suvlarini yig'ish, texnik suvlami tozalash va ulardan ikkilamchi foydalanish kabi usullami qo'llash maqsadga muvofiq hisoblanadi * 83.
Jahon resurslari institutining prognoziga ko'ra, 2040 yilga borib O'zbekiston suv tanqisligi eng yuqori bo'lgan 33 la mamlakatning biriga aylanadi. Hosildorlikning kamayishi oziq-ovqat xavtsizligi vato'lov balansi uchun jiddiy salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi, bu esa suv resurslarini barqaror boshqarish va qishloq xo'jaligi ekinlarini yetishtirishda resurstejamkor yuqori texnologiyalami qo'llash zaruratini yuzaga keltiradi.
Sug'orishning yuqori samaradorlikka ega usullaridan biri hisoblangan tomchilatib sug'orish texnologiyasi muallifi injener Simxi Blass hisoblanadi. U Isroiining Negev sahrosida daraxtlardan biri yonidagilarga nisbatan yaxshi rivojlanayotganligiga e’tibor qaratadi. Tekshirishlar daraxtning ildiz qismi namlikni lining yaqinidan o'tgan suv quvurining yorig'idan tomchilayotgan suvdan olayotganligini ko'rsatdi. Ushbu texnologiyani amaliyotga joriy etish maqsadida 1956 yilda tashkil etilgan “Netafim” firmasi jahonda tomchilatib sug'orish bo'yichayetakchilik qiladi. Hozirda ushbu firmada 4300 kishi mehnat qiladi va 110 ta mamlakatda sug'orish tizimlarida xizmat ko‘rsatadi’84
Tomchilatib sug'orish suvning parianishi va yerga singib ketishining oldini oladi. Shu bilan bir vaqtda ushbu texnologiya tuproq tarkibidagi ozuqalarning yuvilib ketishiga yo‘l qo'ymaydi. Amaliyot ko'rsatishicha, ushbu texnologiya suv iste’molini 30-70%ga qadar tejaydi va hosildorlikni 90%gacha oshiradi