Minoti tizimini boshqarish va optimallash



Download 217,15 Kb.
Sana26.04.2022
Hajmi217,15 Kb.
#583682
Bog'liq
Презентация4


ELEKTR TA’MINOTI TIZIMINI
BOSHQARISH VA OPTIMALLASH
Mavzu: ABT texnik vositalari.
REJA
  • EET ish rejimining avtomatlashgan boshqaruvi.
  • EET larining texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini optimallash.

  • 3. EET larini integrallashgan, ierarxik, mikroprotses-sorli vositalar yordamida avtomatik boshqarish tizimlari.

Farg’ona - 2019
Mamlakatning hozirgi zamon elektr energetikasi va uning bo’limlari – xududiy birlashgan energotizimlar (BET) va alohida energotizimlar (ET) kibernetik tipdagi katta dinamik tizimlar hisoblanadi. Bu katta va murakkab avtomatlashtirilgan tizim kompleksini boshqarish sifatini oshirish uchun soha avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi (SABT) yaratilgan va u takomillashtrilmoqda. Bu tizim birlashgan energotizimlar, energotizimlarning rayon boshqarmalari, elektr stansiyalari va tarmoq korxonalarini hamda ilmiy-tadqiqot va loyiha institutlari, qurilish-montaj va sozlash tashkilotlarini faoliyat ko’rsatish sohalarini o’z ichiga oluvchi ko’p darajali tizimga ega.
Funksional tizimlarga turli avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqarish tizimlari (ADBT) kiradi. ADBT operativ tarzda birlashgan energetika tizimi va uning bo’limlari holatlarini boshqarish, administrativ va xo’jalik boshqarish, korxonalarning ishlab chiqarish faoliyati, material-texnik ta’minotini qayd etish, nazorat qilish va tahlil qilish, energotizimlar taraqqiyotini istiqbolli rejalashtirish va boshqalar uchun xizmat qiladi.
ADBT ierarxik prinsip bo’yicha qurilgan tizimni operativ boshqarish vazifasini bajaradi. ADBTning yuqori organi bo’lib, birlashgan energetika tizimi dispetcherlik boshqarmasi hisoblanadi. Bundan so’ng operativ ierarxiya bo’yicha energetika tizimlarining dispetcherlik xizmatlari (ETDX), so’ngra elektr stansiyalari va elektr tarmoqlari korxonalarini boshqarishning operativ organlari boradi.
Energetika tizimlarining dispetcherlik xizmatlari mamlakat energetika tizimini holatini operativ boshqarib, normal holatlarda uning iqtisodiyligi, ishonchliligi, uzluksiz ishlashini elektr va issiqlik energiyalarining talab etiluvchi sifatini ta’minlagan holda amalga oshrishi va avariyalarni bartaraf etishi shart. energetika tizimlarining dispetcherlik xizmatlarining vazifalariga, shuningdek, qisqa muddatli rejalashtirish va elektr energiya ishlab chiqarish va iste’mol qilishni uzoq muddatli prognozlash, holat rejalarini koordinatsiyalash, energotizim uchun yoqilg’i resurslaridan optimal foydalanishni ta’minlash kabi masalalar ham kiradi. Albatta, ierarxiyaning har bir pag’onasida o’z masalalar majmuyi mavjud. Shunga qaramasdan ham energotizimlar, ham birlashgan energotizim pag’onalarida echiladigan msalalar ham mavjud.
Bularga asosan quyidagilar kiradi:
1) Ierarxiyaning quyi pag’onalaridan keluvchi ma’lumutlarni yig’ish va hujjatlashtirish;
2) Stansiyalar, elektr tarmoqlari korxonalari, tizimlararo a’loqalar va butun tizim ishlashining texnik va iqtisodiy (ishonchlilikni hisobga olib) ko’rsatkichlarini aniqlash;
3) Tizimning holatlarini hisoblash va tahlillash (barqaror holatlar, qisqa tutashuv toklari, statik va dinamik turg’unlik va h.k.larni hisoblash), mumkin bo’lgan avariyadan keyingi holatlar uchun vaziyatlarni baholash. Dispetcherning talabiga muvofiq hisoblashlarni amalga oshirish;
4) Alohida tugunlar, butun tizim yuklamasi hamda qo’shni energitizimlar bilan quvvat oqimlari almashinuvini prognozlash;
5) Tizimning optimal holatlarini quyidagi masalalarni echish orqali optimallash:
- tizimning aktiv yuklamasini stansiyalar orasida va stansiyalarda esa agregatlar orasida iqtisodiy jihatdan optimal taqsimlash;
- reaktiv yuklamalarni optimal taqsimlash, reaktiv quvvat manbalarining yuklamalarini ruxsat etilgan kuchlanishlarni hisobga olib tanlash;
- ishlovchi agregatlarning optimal tarkibini tanlash;
- jihozlarning profilaktik va joriy ta’mirlash hamda taftishlashning optimal muddatlarini tanlash;
- asosiy jihozlarning holatlari va ularni kapital ta’mirlashni uzoq muddatli rejalashtirish.
Sanab o’tilgan masalalarni energetika birlashmalari va energotizimlarda amalda yechish ularni fazoda va vaqtda maqsadga muvofiq tarzda kichik masalalarga ajratishni talab etadi:
1) istiqbolli va operativ hisoblashlarni ikkita alohida guruhlarga ajratish;
2) ierarxiyaning yuqori pag’onasida tizimlarning holatlarini hisoblashda masala o’lchamini kamaytirish maqsadida quyi pag’onadagi kichik sistemalarni kichik detallarni e’tiborga olmasdan umumlashgan, kattalashtirilgan ko’rinishda ifodalash;
3) kichik sistemalar (podsistemalar) holatlarini alohida hisoblab, so’ngra ularni butun sistema xarakteristikasini hosil qilish uchun muvofiqlashtirish. Podsistemalar holatlarini bunday tarzda alohida hisoblash va so’ngra ularni birlashtirish qoidalari tizimi diakoptika, tizimni podtizimlarga ajratish esa dekompozitsiya deb yuritiladi.
Teleo’lchash (TO’) tizimi nazorat qilinuvchi ishlab chiqarish jarayonining uzluksiz o’zgarib turuvchi parametrlari haqida ma’lumotlarni (masalan, energotizim uchun, bu chastota, tugun kuchlanishlari, stansiyalarning quvvatlari va liniyalardagi quvvat oqimlari) uzatish vazifasini bajaradi.
Telesignallash (TS) tizimi boshqariluvchi ob’ektning mumkin bo’lgan holatlaridan biri haqida diskret ma’lumotni (masalan, energotizim uchun, bu uzgichning «ulangan-uzilgan» holati, transformatorning shoxobchasi nomeri va h.k.) uzatadi.
Teleboshqarish (TB) tizimi «ulansin-uzilsin», «avtomatikaning uskunasi almashlab ulansin» tipidagi boshqarish komandalari haqida diskret ma’lumotni uzatadi.
E’TIBORINGIZ
UCHUN
RAHMAT
Download 217,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish