Minoritar investorlar himoyasini



Download 24,24 Kb.
bet3/5
Sana16.06.2021
Hajmi24,24 Kb.
#66941
1   2   3   4   5
Bog'liq
Jahon banki ekspertlarining fikriga ko

AHON BANKI VA XALQARO MOLIYA KORPORATSIYASINING “BIZNES YURITISH” YILLIK HISOBOTIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING REYTINGINI YANADA YAXSHILASH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

So‘nggi yillarda mamlakatimizda biznes yuritish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari kafolatlarini mustahkamlash, korporativ boshqaruvni rivojlantirish, chet el investitsiyalarini faol jalb etish va investorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni ta’minlashga qaratilgan keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning ko‘lami va samaradorligi nafaqat mamlakatimizdagi investitsion faollikning ortishi bilan, balki nufuzli xalqaro moliyaviy tashkilotlar va reyting agentliklari tomonidan berilayotgan munosib baho bilan ham o‘z isbotini topmoqda.

Xususan, so‘nggi 5 yil davomida Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingi 2 baravardan ortiq yaxshilanib, mamlakatimiz jahonning 190 ta mamlakati orasida 2012-yildagi 166-o‘rindan 2017-yilda 74-o‘ringa ko‘tarildi. Bundan tashqari, so‘nggi hisobotda mamlakatimiz biznes yuritish uchun eng qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish ko‘rsatkichi bo‘yicha islohotchi mamlakatlarning birinchi o‘ntaligidan joy oldi.

Shu bilan birga, O‘zbekistondagi biznes yuritish uchun mavjud shart-sharoitlar xalqaro normalar va standartlar talablariga hanuzgacha to‘liq javob bermaydi. Ayrim davlat organlari tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish borasida e’lon qilingan islohotlarning amaldagi ijrosini yetarli darajada ta’minlamayapti.

Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar faoliyatining aniq muvofiqlashtirib borilmasligi, shuningdek, ular rahbarlari javobgarligining past darajadaligi sababli ayrim sohalarda biznes yuritish sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarni amaliyotda ro‘yobga chiqarish ustuvor vazifalar va islohotlarning o‘zaro bog‘liq yo‘nalishlarini e’tiborga olmasdan amalga oshirilmoqda hamda barcha hollarda ham kutilgan samarani bermayapti.

Eng kulay ishbilarmonlik muhitini yaratish borasida olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirish, xalqaro hamjamiyatda mamlakatning ijobiy qiyofasini shakllantirish, hududlarda biznes yuritish sharoitlarini yaxshilash yuzasidan yakuniy natijalarga erishish uchun vakolatli organlar rahbarlarining javobgarligini oshirish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq:

1. Belgilab qo‘yilsinki:

investitsiya muhitini yaxshilash sohasida olib borilayotgan islohotlarning strategik maqsadi — tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va chet el investitsiyalarini jalb qilish uchun mamlakatda 2022-yilgacha Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” hisobotidagi (keyingi o‘rinlarda “Biznes yuritish” hisoboti deb yuritiladi) jahon mamlakatlarining birinchi yigirmataligi darajasiga mos keladigan eng kulay shart-sharoitlarni yaratishdir;

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi “Biznes yuritish” hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yanada oshirish sohasidagi ishlarni muvofiqlashtirish hamda bu yo‘nalishda Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi.



(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi PF-5687-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.03.2019-y., 06/19/5687/2723-son)

2. Quyidagilar:

Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” hisobotida O‘zbekiston Respublikasining ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 1-ilovaga muvofiq;

islohotlarni sifatli amalga oshirish hamda Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reyting ko‘rsatkichlarini yaxshilash uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlarning ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Ushbu qarorning 1 va 2-ilovalarida ko‘rsatilgan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari zimmasiga islohotlarni sifatli amalga oshirish hamda “Biznes yuritish” hisobotida O‘zbekiston Respublikasining tegishli ko‘rsatkichlarini yaxshilash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.


Download 24,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish