Minoritar investorlar himoyasini



Download 24,24 Kb.
bet4/5
Sana16.06.2021
Hajmi24,24 Kb.
#66941
1   2   3   4   5
Bog'liq
Jahon banki ekspertlarining fikriga ko

Oldingi tahrirga qarang.

4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi:



(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi PF-5687-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.03.2019-y., 06/19/5687/2723-son)

Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” hisobotidagi O‘zbekiston Respublikasining ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va lozim darajada bajarish yuzasidan davlat organlari va tashkilotlarning faoliyatini samarali muvofiqlashtirishni;

“Biznes yuritish” hisobotidagi O‘zbekiston Respublikasining reytingini yanada oshirish maqsadida davlat organlari va tashkilotlar bilan o‘zaro amaliy hamkorlikni;

Jahon banki guruhi ekspertlari va “Biznes yuritish” jamoasi bilan O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini asoslash bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish uchun har yili idoralararo ishchi guruhni Vashington shahriga (AQSh) yuborishni;

manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda eng muhim xalqaro reytinglarni va tarkibiy indikatorlarni, ularni shakllantirish metodologiyasini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslarda oxirgi ikki yilda egallab turgan mavqeyini chuqur o‘rganishni;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan birgalikda 2019-yil 1-yanvarga qadar muddatda tegishli xalqaro reytinglarda O‘zbekiston Respublikasining mavqeyini yaxshilash bo‘yicha aniq takliflar tayyorlashni ta’minlasin.



Oldingi tahrirga qarang.

5. Ushbu qarorning 1 va 2-ilovalarida ko‘rsatilgan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda har yili:



(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi PF-5687-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.03.2019-y., 06/19/5687/2723-son)

fevral-mart oylarida “Biznes yuritish” hisobotini tayyorlash doirasida Jahon banki ekspertlari tomonidan yuboriladigan savolnomalarni o‘rganilayotgan yo‘nalishlarda amalga oshirilgan islohotlar va qonun hujjatlari normalarini inobatga olgan holda sifatli va o‘z vaqtida to‘ldirishni;

15-noyabrga kadar e’lon qilingan “Biznes yuritish” hisoboti natijalarini o‘rganishni hamda u bo‘yicha keyinchalik Jahon banki va “Biznes yuritish” jamoasiga taqdim etish uchun o‘rganilayotgan har bir yo‘nalish kesimida asoslantirilgan dalillar va statistik ma’lumotlardan iborat sharhlarni tayyorlashni ta’minlasin.

Oldingi tahrirga qarang.

6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:



(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi PF-5687-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.03.2019-y., 06/19/5687/2723-son)

“Biznes yuritish” hisobotida O‘zbekiston Respublikasining ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va ularning natijalari haqida ushbu qarorning 1 va 2-ilovalarida ko‘rsatilgan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining hisobotlarini har chorakda eshitib borsin, keyinchalik tegishli yo‘nalishlarda biznes yuritish uchun shart-sharoitlarni yaxshilashni ta’minlamagan rahbarlarga nisbatan chora ko‘rish yuzasidan takliflar kiritsin;



Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasining ko‘rsatkichi reyting tuzish metodologiyasi talablariga muvofiqligini baholagan holda “Biznes yuritish” hisobotlarini tanqidiy o‘rganib borsin va har yili 1-dekabrga kadar “Biznes yuritish” hisobotida respublikaning alohida ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida ishbilarmonlik muhiti va qonunchilikni yanada takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.



(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-sonli Farmoni tahririda)

7. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” hisobotida O‘zbekiston Respublikasining ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ga muvofiq amalga oshiriladigan tadbirlar hamda loyihalarni moliyalashtirish uchun xalqaro moliya tashkilotlarining texnik ko‘magi, grantlari va kreditlarini jalb etish yuzasidan zarur tashkiliy-amaliy chora-tadbirlarni ta’minlasin.

8. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini hamda “Biznes yuritish” hisoboti yo‘nalishlari yuzasidan qonun hujjatlari talablarining amaliyotga joriy etilishini xolisona baholash uchun har yili tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida, shu jumladan ularning murojaatlarini qabul qilish, qayta ishlash, ko‘rib chiqish va takliflarini muhokama qilish bo‘yicha maxsus portal orqali so‘rovlar o‘tkazsin.


Download 24,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish