Министерство высшего и среднего специального образования СНГ


LabVIEW grafik muhitida dasturlash asoslari LabVIEW dasturlash muhitini asosiy parametrlari



Download 6,22 Mb.
bet54/157
Sana03.01.2022
Hajmi6,22 Mb.
#312962
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   157
Bog'liq
КИТОБ ЭКМ 12-10-2020 264-betgacha OX VAR

LabVIEW grafik muhitida dasturlash asoslari LabVIEW dasturlash muhitini asosiy parametrlari


LabVIEW dasturlashni grafik muhitida dasturlarni yaratish ikkita darchadan olib boriladi:

Front Panet ( old panel);

Blok Diagram (blok – diagramma) (74-rasm).





  1. rasm. LabVIEW grafik dasturlash muhiti

Old panelda kelajak virtual asbobning tashqi ko’rinishi ishlab chiqiladi. (LabVIEW da ishlab chiqilgan dasturlar virtual asboblar deyiladi (Virtual Instruments- VI). Unda boshqaruv elementlari va aks ettirish elementlari yaratiladi, ular ushbu virtual asbobning ma’lumotlarni kiritish va chiqarishni interfaol vositasi hisoblanadi.

Boshqarish elementlari (Controls) – ma’lumotlarni kiritish qurilmasini va boshqarish tugmalaridir.

Aks ettirish elementlari (Indicators) – grafiklar, yorug’lik diodlari va boshqa indikatorlardir.

Boshqarish elementlari ma’lumotlarni kiritish qurilmasini modellaydi va ma’lumotlarni blok-diagrammaga beradi. Aks ettirish elementlari chiqarish va ma’lumotlarni aks ettirishni modullaydi yoki blok-diagrammalarini hosil qiladi

(74- rasm) .



Diagramma blokida kelajakdagi virtual asbobning dastlabki algoritmi ishlab chiqiladi. Dasturlashni klassik tillari Ci , Paskal , Fortran kabilardan farqli ravishda LabVIEW ning dastlabki kodi diagramma blokidan iborat bo‘lib, u yerda barcha buyruqlar, sikllar operatorlari va solishtirish grafik belgilanishlar tasvirlanadi.

Diagramma bloki tugunlardan, terminallardan va ma’lumotlarni o‘tkazgichlardan iborat (74- rasm).

Tugunlar (Node) diagramma blokidagi ob’yektlardir, ular bir yoki bir necha maydonlarga ega ma’lumotlarni kiritish / chiqarish va virtual asboblar algoritm amallarini bajaradi. Ular dasturlashdagi operatorlarga, funksiyalarga va matnli tillarni kichik dasturlariga o’xshashdir. Tugunlar funsiyalarni (functions), kichik dasturlarni (Sub VI) va strukturalarni (structures) o’z ichiga oladi.

Kichik dasturlardan (Sub VI) – virtual asbob (VA) va boshqa VA larning diagramma bloklarida kichik dastur sifatida foydalanish mumkin. Strukturalar (Structirs) - ular jarayonni boshqarish elementlaridan iborat bo‘lib, ketma – ketlik strukturasi kabi bo‘ladi. (Flet sequence) variant strukturasi (Case) shartga ko’ra sikllar (While) va boshqalar. Diagrammalar blokini va old panelidagi ob’yektlar ma’lumotlari ma’lumotlar terminali ko’rinishida aks ettiriladi. (Data terminals) (74- rasm) ma’lumotlar terminali old paneli va diagrammalar bloki orasida ma’lumotlar almashinuvini ta’minlaydi. Quyidagi turdagi ma’lumotlarni terminallar farqlashadi: boshqarish terminallarini va ma’lumotlarni aks ettirish, tugunlar terminalini. Boshqarish terminallari va aks ettirish, boshqarish vositalariga va ma’lumotlarni aks ettirish old panelga kiradi. Old paneldagi boshqaruv elementlariga kiritilgan ma’lumotlar diagrammalar blokiga boshqarish terminallari orqali keladi.

Diagrammalar bloki ob’yektlari orasidagi ma’lumotlar ulovchi chiziqlar orqali uzatiladi – ma’lumotlarni o‘tkazgichlari (Wires) (74- rasm). Ma’lumotlarni o‘tkazgichi dasturlashni tekstli tilida o‘zgaruvchanlaga o’xshash bo‘ladi.

Ma’lumotlarni har bir o‘tkazgichi ma’lumotlarni yagona manbaiga ega bo‘ladi, ammo ularni ko‘pchilik funksiyalarga uzatish mumkin. Ma’lumotlarni uzatgichlari rangi, stili va chiziqning qalinligiga va uzatilayotgan ma’lumotlarni turiga bog’liq ravishda farqlanadi.

LabVIEW muhitida ma’lumotlar o‘tkazgichidagi ob’yektlar bilan bog’lanadi va shundan keyin ularni diagrammalar blokiga joylashtiriladi.

Ishlab chiquvchini grafiklar muhitini dasturiy ta’minoti ishga tushirib National Instruments LabVIEW da paydo bo‘lgan darchadan Blank VI (bo’sh asbob) bo‘lishini tanlaymiz. Shundan keyin ikkita darcha ochiladi (74- rasm): old panel (Front Panel) va diagramma bloki (Block Diagram)

Darchalar oralig‘ini bir necha usul bilan uzib- ulash mumkin:

  • mos keladigan darchadan sichqonchani bosib;

  • < Ctrl> klavishlar kombinatsiyasi yordamida.

Bosh menyu ostida joylashgan bir qator tugmalar anjomlar paneli deyiladi.

Bir marta ishga tushirish tugmasi Run – virtual asbobni ishga tushiradi.

Uzluksiz ishga tushirish tugmasi Run Continoiusly virtual asbob majburiy to‘xtatish momentigacha ko‘p marta ishga tushiriladi.

Ishlash vaqtida virtual asbob Abort Execution tugmasi faollashadi virtual asbob o‘z ishini bajariyotganida darhol to‘xtatishda bu tugma ishlatiladi.

Boshqaruv elementlarini va ma’lumotlarni aks ettirish uchun old panelda joylashtirish uchun boshqaruv elementlari va aks ettirish palitrasidan foydalaniladi. (75- rasm). Boshqaruv elementlari va aks ettirish palitrasiga faqat old paneldan kirish mumkin. Palitrani ekranga chiqarish uchun old panelni ishchi muhitidagi sichqonchani o‘ng tugmasini bosamiz.

Boshqaruv elementlari va aks ettirish palitrasini barchasi bo‘limlar bo‘yicha guruhlarga ajratilgan.

    • Modern – boshqaruv elementlari va aks ettirish zamonabiy stilga ega (ushbu darslikda asosan shu bo‘limdan foydalaniladi);

    • System – boshqaruv elementlari va aks ettirish berilgan amaliy tizimga xos stilga ega (tugmalar, buralish sohasi va boshqalar);

    • Classic – boshqaruv elementlari va aks ettirish klassik stilga ega (Modern stiliga alternativ);

    • Express – boshqaruv elementlari va aks ettirish elementlarini tarqalganlari;

    • va boshqalar.

Har bir bo‘lim o‘z navbatida kichik guruhlarga (sonli, qatorli indikatorli, tugmali va boshqalarga) bo‘linishi mumkin.

Boshqaruv elementlari va indikatorlar palitrasi (75-rasm).





  1. rasm. Boshqarish elementlari va aks etishni palitrasi




Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish