Postprocessor va Grapher
Postprocessor va Grapher – Multisim paketidagi dasturlar modellash natijalarini grafik ko‘rinishida aks ettirish imkoniyatini beradi. Ushbu funksiya analiz o‘tkazib bo‘lingandan keyin zarur grafiklarni qurish imkonini beradi. Postprocessor funksiyasi bilan ishlash uchun qismlar nomini bilish kerak bo‘ladi. Tahlilning har qanday turi bajarilganda ular ko‘rsatiladi: kirish va chiqish o‘zgaruvchilari, AC Sweep, Transiaent Analysis va boshqalar. Postprocessor va Grapher funksiyalari grafiklarda aks etadi.
Ushbu funksiya yordamida bir necha grafiklarni yaratish mumkin, grafika parametrarini o‘zgartirish, ob’yektlarni chiqarib tashlash, grafiklar ustida mantiqiy va algebraik amallarni bajarish mumkin (qo’shish, ko‘paytirish, kvadratga ko’tarish va boshqalar) (49- rasm).
49- rasm. Postprocessor opsiyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |