6
I- BOB. “ELEKTRONICS WORKBENCHE” (EWB) DASTURINI
O`RGANISH.
1.1.
EWB dasturida sxemalarni tayyorlash.
EWB dasturida sxemalar tahlilini o'zgarmas (DC- direct current) va
o'zgaruvchan (AC- alternative current) toklarda olib borish mumkin.
O'zgarmas tokda o'rnatilgan ish rejimida ishchi nuqtasi aniqlanadi. Bu rejimda
ishchi nuqtasi parametrlari o'lchov asboblarida o'z aksini topmaydi, ular keyingi
tahlillarda ishlatiladi.
O'zgaruvchan tokda sxemalar modellari va ularning tahlili real vaqt va
chastota sohalarida olib boriladi.
EWB dasturida kirishga turli shakllardagi signallar berib, o'tish jarayonlarini
tadqiq qilish mumkin. Dastur etarli darajadagi murakkab analog, analog- raqamli
va raqamli sxemalarni analiz qila oladi.
EWB dasturi ommalashgan elektron komponentlar ( jumladan, sobiq Sovet
Ittifoqida ishlab chiqarilgan va ishlab chiqarilayotgan) kengaytirilgan
kutubxonasiga ega.
O'lchov asboblarining ko`p va etarli darajada mavjudligi ko'p miqdordagi
kattaliklarni aniq o'lchash, tahlil qilish va grafiklar tuzish imkonini beradi.
O'lchov asboblari real asboblar darajisiga etkazilgan, ular bilan ishlash oson
va qulay, noto'g`ri ulanganda dastur xatoni darrov ko`rsatadi. EWB dasturi
elementlarning ulanishini va umuman to'liq sxemani yaqqol ko'rsatib turadi.
Modellashtirish natijalarini printerga chiqarish yoki matnli va grafik redaktorlarga
import qilish mumkin. Dastur Windows standart interfeysida ishlaydi, bu holat
uni ishlatishni osonlashtiradi.
Dastur ruslashtirilmagan, shu sababli biz uning ingliz versiyasidan
foydalanamiz.
Komponentlar kutubxonalariga passiv elementlar, tranzistor va diodlar,
boshqariladigan manbalar, boshqariladigan klyuchlar, gibrid elementlar,
indikatorlar, mantiqiy elementlar, trigger qurilmalari, analog va raqamli
elementlar, maxsus kombinatsion va ketma- ketlik elementlari sxemalari kiradi.
7
Aktiv elementlarning ideal yoki real modellarini ishlatish mumkin, hamda
elementlar kutubxonalariga yangi elementni kiritish mumkin.
Dasturda o'lchov amaliyotlarini o'tkazish uchun ishlatiladigan quyidagi
asboblar mavjud: ampermetr, voltmetr, ostsillograf, multimetr, Bode-plotter
(chastota va faza xarakteristkalarini chizuvchi asbob), so'z generatori, logik
analizator, logik o'zgartgich.
EWB quyidagi amallar orqali turli qiyinlikdagi sxemalarni yig`ishga imkon
beradi:
-
kutubxonalardan kerakli elementlar va asboblarni tanlash;
-
elementlar va sxemalarni ishchi oynaning istalgan joyiga ko'chirish;
-
elementlar va elementlar guruhlarini 90°ga karrali burchaklarga burish;
-
elementlar, elementlar guruhlari va sxemalar fragmentlari, butun
sxemalardan nusxa olish, o'chirish va boshqa erga ko'chirish;
-
simlar ranglarini o'zgartirish;
-
ko'rishni osonlashtirish uchun sxemalar konturlarini ajratib olish;
-
bir nechta o'lchov asboblarini bir vaqtning o'zida ulash va monitorda
ularning ko'rsatmalarini kuzatish;
-
elementni shartli belgi bilan belgilash;
-
elementlar parametrlarini keng ko'lamda o'zgartirish.
Hamma amallar klaviatura va sichqoncha bilan bajariladi, faqat klaviatura bilan
ishlash mumkin emas.
Asboblarni sozlash natijasida quyidagilarga erishish mumkin:
-
o'lchov diapazonlariga moslab asboblar shkalalarini o'zgartirish;
-
asbobning ish rejimini tanlash;
-
sxemaga ta'sir qiluvchi kirish signallari turlari va parametrlarini
( o'zgarmas va garmonik toklar va kuchlanishlar, uchburchak va to'g ri
burchakli impulslar) keng ko'lamda o'zgartirish.
Dasturning grafiklar bajarish imkoniyatlari quyidagicha:
-
grafikda bir vaqtning o'zida bir nechta egri chiziqlarni kuzatish;
-
grafiklarda egri chiziqlarni turli ranglarda tasvirlash;
8
-
grafiklarda nuqtalar koordinatalarini o'lchash;
-
ma'lumotlarni grafik redaktorga import qilish orqali rasmlarda kerakli
o'zgarishlarni bajarish va printerga chiqarish.
Dastur kompyuterga o`rnatiladi. U ishga tushirilganda EWBning bosh
ishchi oynasi 1- va 2- rasmda keltirilgan holda namoyon bo`ladi:
1- rasm. EWB bosh ishchi oynasi ko`rinishi.
1-rasmda: menyu (1), komponentlar va control- o`lchov asboblari lineykasi
(2,3), oynaning ishchi sohasi (4) va holat satri (5) keltirilgan.
Sxemalarni yaratish dastur kutubxonalaridan komponentlarni tanlab olib,
dastur ishchi oynasiga ( keyinchalik matnda IO) o'rnatish bilan boshlanadi. EWB
dasturida qurilmalarning printsipial sxemalarini qurishdan oldin qog`ozda
komponentlarning taxminiy joylashishi va qurilmaning printsipial sxemasini
chizib olish kerak.
9
2- rasm. EWBning bosh ishchi oynasidа yig`ilgan sxema.
Kutubxonalarning 13 ta turi ketma – ket quyidagi tugmalarni bosish
bilan chaqiriladi ( 3- rasm) :
3- rasm. Elementlarni tanlash tugmalari.
Buning uchun kursorni kerakli tugmaga olib borib, sichqonchaning chap
tugmasi-klavishasini ( keyinchalik matnda SChT ) bosish kerak. Shu vaqtda bu
tugmalar pastida yana bitta oyna paydo bo'ladi.
Elementlarni tanlash tugmalari quyidagicha nomlanadi (4- rasm).
Bu oynada elektron komponentlar va qurilmalarning shartli belgilari
tasvirlangan. Quyida uchinchi va uchinchi tugmani bosganda paydo bo'ladigan
komponentlar guruhi ( “basic” elementlar guruhi va diodlar guruhi) keltirilgan
(5- rasm).
10
4- rasm. Elementlarni tanlash tugmalarining nomlari.
5- rasm. “Basic” elementlar guruhi va diodlar guruhi menyusi.
Klavishlar (tugmalar) vazifalari (4- rasm) (chapdan o'ngga):
1)
Do'stlaringiz bilan baham: |