Boshqaruv uslublari – ishlab chiqarishni boshqarish maqsadlariga erishish uchun personalga boshqaruv ta’sirini o’tkazish vositalaridir. Odatda, boshqaruvning quyidagi uslublari farqlanadi:
I. Boshqaruvning ma’muriy uslublari. Bu uslub hokimiyatga, personalga imtiyozlar berish va jazo choralari ko’rishga asoslangan. Personalga ma’muriy ta’sir ko’rsatishning besh asosiy vositasi mavjuddir (3.6- rasm).
Tashkiliy ta’sir — korxona faoliyatini muvofiklashtirib turuvchi me’yoriy hujjatlar (korxona nizomi, jamoa shartnomasi, shtatlar jadvali, xizmat yo’riqnomalari, ish o’rnini tashkil etish qoidalari)ga asoslangan. Tashkiliy ta’sir yuqori darajada yo’lga qo’yilgan korxonalarda mehnat va ijro intizomi, pirovard ishlab chiqarish natijalari yuqori bo’ladi va farmoyish ta’sirini qo’llashga hojat bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |