Ichki ish tartibi qoidalari yo’riqnoma tusidagi hujjat bo’lib, undan mehnat intizomini mustahkamlash, mehnat faoliyatini takomillashtirish, ish vaqtidan oqilona foydalanish maqsadi ko’zlanadi. Mazkur hujjat odatda quyidagi moddalardan iborat bo’ladi:
Umumiy qoidalar.
Xodimni ishga qabul qilish va ishdan bo’shatish tartibi.
Xodim huquqlari.
Xodim majburiyatlari.
Ma’muriyatning asosiy huquq va majburiyatlari.
Ish vaqti.
Xodimlarni rag’batlantirish tartibi.
Xodimlar mas’uliyatlari.
Personalni boshqarish xizmatining farmoyish hujjatlari buyruq, farmoyish, qaror shaklida rasmiylashtiriladi.
Buyruq korxona yoki tashkilot faoliyati eng muhim tezkor masalalarini hal etish maqsadida rahbar yoki uning vazifasini bajaruvchi tomonidan yakka tartibda chiqaradigan me’yoriy hujjat hisoblanadi.
Personalni boshqarish xizmati farmoyish hujjati hisoblangan quyidagi buyruqlar chiqarishi mumkin:
shtatlar jadvaliga o’zgartishlar kiritish to’g’risida;
rahbar o’rinbosarlari o’rtasida vazifalarni taqsimlash to’g’risida;
xodimlarga har yillik haq to’lanadigan ta’tillar berish tartibi va muddatlari to’g’risida;
ishga qabul qilish, yangi lavozimga tayinlash, boshqa ishga o’tkazish, ishdan bo’shatish to’g’risida;
qo’shimcha (o’quv) ta’tili, navbatdagi ta’tiddan chaqirib olish to’g’risida;
to’liqsiz ish haftasi, to’liqsiz ish kuni o’rnatish to’g’risida;
jazolash to’g’risida;
malaka razryadi berish to’g’risida;
xizmat safariga yuborish to’g’risida va hokazolar.
Buyruq korxona yoki tashkilot rasmiy blankida chiqariladi va unda quyidagi rekvizitlar bo’lishi talab etiladi:
yuqori tashkilot nomlanishi;
hujjat muallifi — korxona yoki uning bo’linmasi nomlanishi;
hujjat turining nomlanishi;
hujjat chiqarilgan sana va tartib raqami;
hujjat qabul qilingan manzil;
sarlavha;
imzo.
Qoida bo’yicha xodimlar hamda korxona yoki tashkilot asosiy faoliyati bo’yicha buyruqlar alohida-alohida tartib raqamlari bilan chiqariladi.
Farmoyish kundalik ma’muriy, moliyaviy, ishlab chiqarish-xo’jalik masalalari bo’yicha rahbar tomonidan yakka tartibda chiqariladigan huquqiy hujjat hisoblanadi. U joriy tezkor masalalar bo’yicha qabul qilinishi sababli, amal qilish muddati odatda cheklangan bo’ladi.
Farmoyishlarni chiqarishga xuddi buyruqlar chiqarish kabi talablar qo’yiladi. Faqat mazkur hujjatda buyruqdagi “BUYURAMAN” so’zi o’rniga “ZIMMASIGA YUKLAYMAN”, “TAVSIYA ETAMAN”, “TAKLIF ETAMAN”, “ZARUR DEB HISOBLAYMAN” so’zlari ishlatiladi.
Farmoyish faqat farmoyish berish qismidan iborat bo’lib, uning matni qoida buyicha quyidagilarni qamrab oladi:
ijrochilarga aniq topshiriqlar;
mas’ul ijrochining ismi-sharifi;
ijro etish muddati.
Qaror ijtimoiy mehnat, ishlab chiqarish-kadr, xo’jalik masalalari bo’yicha qabul qilinadigan kollegial organ hujjatidir. Uni tuzish uchun talablar farmoyish hujjatlariga oid talablar kabi bo’lib, faqat unda “QAROR QILINDI”, “QAROR QILADILAR” so’zlari ishlatiladi. Qaror kollegial organ rahbari va a’zolari yoki rahbar hamda kotib tomonidan imzolanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |