Mehnat shartlari deganda mehnat jarayonidagi ijtimoiy va ishlab chiqarish omillari tushuniladi.
Ijtimoiy omillar jumlasiga mehnat haqi miqdori, ish vaqtining, ta’tilning muddati va boshqa shartlar kiradi.
Texnika, sanitariya, gigienaga oid, ishlab chiqarish, maishiy va boshqa shartlar ishlab chiqarish omillari deb hisoblanadi.
Mehnat shartlari mehnat to’g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar, shuningdek, mehnat shartnomasi taraflarning kelishuvi bilan belgilanadi.
Mehnat shartlarini o’zgartirish, ular qaysi tartibda belgilangan bo’lsa, shunday tartibda amalga oshiriladi.
Mehnat shartnomasi taraflaridan birining talabi bilan mehnat shartlarini o’zgartirishga quyidagi hollarda yo’l qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |