Министерство высшего и среднего специального образования республики узбекистан



Download 2,65 Mb.
bet306/414
Sana21.07.2021
Hajmi2,65 Mb.
#124767
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   414
Bog'liq
PERSONALNI

Kar’era fransuzcha (carirere)dan tarjima qilinganda olg’a qarab muvaffaqiyatli siljish ma’nosini berib, bugungi kunda ijtimoiy, xizmat, ilmiy va faoliyatning boshqa turlarida mansab lavozimida muvaffaqiyatli o’sish sifatida tushuniladi. Kar’era birgina xizmat vazifasi va lavozimda o’sish ma’nosinigina anglatmaydi. Shuningdek, aktyor kar’erasi, sportchi kar’erasi, olim kar’erasi va hokazolar mavjud bo’lib, ular albatta xizmat vazifasi yoki lavozimda o’sish, degani emas.

Zamonaviy menejmentda kar’era ikki nuqtai nazardan baholanadi. Birinchidan, kar’era — inson hayoti davomida egallaydigan xizmat vazifalari, lavozimlari jamlanmasidir. Buni maqsadli kar’era, deb ham atashadi. Ikkinchidan esa, kar’era — inson hayoti davomida ro’y beradigan qadriyatlar va qiziqishlar o’zgarishidir. Buni sub’ektiv kar’era, deb atashadi.

Ana shu ikki nuqtai nazar inson iloji boricha eng katta yutuqqa erishish va o’z faoliyatidan qoniqish hosil qilishi uchun muayyan darajada o’z taqdirini nazorat qilish, o’z imkoniyatlarini boshqarish salohiyatiga ega ekanligini e’tirof etadi.

Kar’era, yana bu atamaning asl tushunchasiga muvofiq olg’a qarab muvaffaqiyatli siljish deyilganda faqat xizmat vazifasi (lavozim)da o’sish emas, balki kasbiy o’sishni ham anglanadi.

Menejmentda amaliy kar’era tushunchasi qo’llaniladi. Amaliy kar’era — xodim faoliyatning biror sohasida yuqoriga ko’tarilishi, ko’nikmalari, qobiliyati, malakasi hamda faoliyati bilan bog’liq holda rag’batlantirish miqdorining o’zgarishi, hayotda tanlangan yo’li bo’yicha olg’a qarab harakati, mashhur bo’lishi, shuhrat qozonishidir.

Amaliy kar’era xodimning o’z mehnat faoliyati kelajagi to’g’risida sub’ektiv fikr yuritish, o’zini namoyon qilish istagidan shakllana boshlaydi. Bu xodimning ichki nuqtai nazari, korxona yoki tashkilotda o’z o’rnini, maqomini sub’ektiv tasavvur etishidir. Ba’zi birovlar uchun mehnat faoliyatidagi muvaffaqiyat (kar’era) xizmat vazifalari (lavozimlar) pog’onalaridan yuqoriga ko’tarilishdir. Boshqalar uchun esa muvaffaqiyat — egallab turgan xizmat vazifasi (lavozim)da ijod bilan shug’ullanish, kasb mahoratini oshirishdir. Shu sababli amaliy kar’era turlari ko’p (11.1- rasm).



Lavozimda o’sish uchun ayrim xodimlar uzoq muddatli reja tuzishlari mumkin. Lekin ko’pchilik bunday qilmaydi. Sotsiologlar tomonidan o’tkazilgan tadqiqotlar mehnatga layoqatli aholining 70 foizi lavozimda o’sish uchun biron-bir rejaga ega emasligini ko’rsatgan. Ana shu aholining 20 foizi o’z kar’erasini aniq rejalashtirar ekan. Ular malaka oshirish kurslariga qatnaydilar, turdosh kasblarni egallaydilar, chet tillarini o’rganadilar va hokazo.

Faqat 10 foiz aholigina qachon, qanday qilib, rejalagan lavozimni egallashini bilar ekan, xolos.

Aholi uchun kar’era tushunchasining mohiyati ham turlichadir (11.1- jadval).

11.1-jadval

Nimani muvaffaqiyatli karyera deb hisoblash kerak?” degan savolga anketa savoliga javoblar

(savolga bir nechta javob berish mumkin bo’lgan)29


Anketa savoli bo’yicha javob variantlari

Rossiyaliklar (foiz)

Moskvaliklar (foiz)

Qobilyat, bilim, malakaga mos ish







Mehnatga to’lanadigan katta ish haqi, daromad







Yuksak kasb mahoratiga erishish







Jamiyat uchun foydali ish







Shuhrat, e’tirof, hurmat







Mehnat bozorida katta talabga ega bo’lgan nufuzli ish







Yuqori lavozim, odamlarga rahbarlik qilish







Javob berishga qiynalganlar






Inson rejalagan yoki umid qilgan lavozimga erishishi uchun o’zgalar yordamiga muhtoj. U bu yordamni davlatdan, o’quv yurtlari, hatto yaqinlaridan ham kutadi.

Bugungi kunda kompaniya va firmalarning o’zlari xodimlar lavozimida kar’eralarini rejalashtiradigan bo’lganlar. Bu tushunarlidir. Chunki korxonalar personalni rivojlantirish orqali o’z muvaffaqiyatlarini ta’minlashga intiladilar. Shuninguchun ular personalni lavozimida o’stprishdan manfaatdordirlar.

Faoliyat turi, muayyan ish, xizmat pillapoyasidagi lavozim, o’rinni kar’eraning maqsadi, deb bo’lmaydi. U chuqur mazmunga ega. Jumladan, kar’era maqsadlari quyidagilardan iborat:



  • xodim o’zini baholashiga mos hisoblagan, shu sababli unda ma’naviy qoniqish hosil qiladigan faoliyatturi bilan shug’ullanish yoki shunday lavozimni egallash;

  • xodim imkoniyatlarini kuchaytiradigan va bu imkoniyatlarni rivojlantiradigan ishga yoki lavozimga ega bo’lish;

  • ijodiy xususiyatga ega ish yoki lavozimga ega bo’lish;

  • muayyan darajada mustaqillik beradigan ish yoki lavozimga ega bo’lish;

  • yuqori ish haqi to’lanadigan yoki katta daromad keltiradigan ish yoki lavozimga ega bo’lish;

  • o’qishni faol davom ettirish imkonini beradigan ish yoki lavozimga ega bo’lish;

— farzandlarni tarbiyalash ishlari bilan shug’ullanish imkonini beradigan ish yoki lavozimga ega bo’lish.

Kar’era maqsadlari xodim yoshiga qarab hamda uning malakasi o’sishi va boshqa sabablarga ko’ra o’zgarishi bilan bog’liq ravishda o’zgaradi. Kar’era maqsadlarini shakllantirish doimiy jarayon hisoblanadi.

Kar’era, xodim mehnati murakkabligi yoki ish o’rinlarining ijtimoiy pillapoyadagi o’rni o’zgarishi bilan bog’liq eng muhim o’zgarishdir. Shu nuqtai nazardan kar’eraning ikki turi farqpanadi:


Download 2,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   414




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish