Baza stavkalari. Korxonaga zarur malaka va tayyorgarlikka ega bo’lgan xodimlarni jalb etish uchun baza ish haqi etarli bo’lishi kerak. Bu baza, xodim umumiy daromadlarini 70-90 foizidan ko’p bo’lmasligi lozim. Baza ish haqi miqdori xodimlar guruhi yoki umuman kompaniya yoki firma darajasida mehnat unumdorligining oshirilishiga muvofiq ravishda oshirilishi kerak. Ish haqi o’sishi sur’atlarining mehnat unumdorligi oshishi sur’atlaridan sezilarli darajada yuqori bo’lishi ish haqi rag’batlantiruvchi kuchining pasayishiga olib keladi. Hayot farovonligining darajasi ish haqi bozor darajasini belgilash uchun asos bo’lib xizmat qila olmaydi.
Baza stavkasi miqdori xodim mas’uliyati darajasi va uning mehnat samaradorligi bilan bog’liq bo’lishi talab etiladi. Baza stavkalarining mas’uliyat darajasiga nisbati pog’ona shaklidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |