Ijtimoiy imtiyozlar tizimi. Ayrim toifadagi xodimlar (homilador va yoki bolasi bor, oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg’ul ayollar, 18 yoshga to’lmagan yoshlar va hokazolar) uchun amaldagi qonunchilikda tegishli ijtimoiy imtiyozlar belgilab qo’yilgan. Jamoat shartnomasida korxonaning iqtisodiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda amaldagi qonunchiliqda va me’yoriy hujjatlarda ko’zda tutilgan qo’shimcha imtiyozlar (haq to’lanadigan qo’shimcha ta’tillar, pensiyalarga tayinlanadigan ustamalar, transport va xizmat safari uchun kompensasiyalar, xodimlarni ishlab chiqarishda hamda ularning bolalarini maktabda va maktabgacha tarbiya muassasalarida tekin yoki qisman haq to’lanadigan tarzda ovqat-lantirish va hokazolar) ko’zda tutilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |