Baholashning sifat uslublari. Odatda bu uslublarga baholanuvchi-ning tarjimai holi, amaliy tavsiyanomasi (xarakteristikasi), maxsus og’zaki so’rovlar o’tkazish, etalon, shuningdek muhokama qilish orqali baholash kiradi. Masalan, baholash to’g’ri tashkil etilsa hamda amaliy tavsifnomada xodim to’g’risida nafaqat rahbarning, balki turli jamoat tashkilotlari baholari aks etishi hisobga olinsa, baholanish ob’ektiv bo’lishiga ishonish mumkin. Umuman, tarjimai hol bayoni, og’zaki so’rovlar va yozma tavsifnomalar olish ko’proq personalni ishga qabul qilishda, etalon va muhokama qilish uslublari esa rahbarlik lavozimiga tayinlashda qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |