Iqtisodiyot bilan psixologiyaning o‘zaro aloqasi va hamkorligi ham yangilik bo‘lib, ayniqsa, bozor munosabatlariga bosqichma - bosqich o‘tish sharoitida iqtisodiy ong hamda iqtisodiy xulqning o‘ziga xos namoyon bo‘lish qonuniyatlarini o‘rganishda ikkala fan teng xizmat qiladi. O‘zbekiston Prezidenti I. Karimov mustaqillikning dastlabki yillaridayoq fuqarolarda, birinchi navbatda, yoshlarda yangicha iqtisodiy tafakkur shakllanishining jamiyat
Ma’ruza mashg’ulotlari
iqtisodiy taraqqiyotidagi ahamiyatiga e’tiborni qaratgan edilar. Demak, yangi davr shaxsini tarbiyalash va uning jamiyatga moslashuvi masalasida psixologiya iqtisodiyot fanida qo‘lga kiritgan yutuqlar, yangiliklar va iqtisodiy samaraga erishish omillarini hisobga olsa, iqtisodiyot o‘z navbatida iqtisodiy islohotlarning ob’ekti hamda sub’ekti bo‘lmish inson omilidagi barcha psixologik o‘zgarishlarni aniqlash, tahlil qilish va shu asnoda bashorat qilish vazifasini echishi kerak.
Yuqorida ta’kidlangan fan tarmoqlari psixologiya bevosita uzviy aloqada rivojlanadigan fanlarning asosiy qismi xolos. Bugungi kunda har bir fan rivoji uchun inson omilini hisobga olish zarur ekan, psixologiya o‘sha barcha fanlar bilan aloqada va hamkorlikda rivojlanadi.
Shuning uchun bugungi kunda psixologiya fanidan alohida bo‘lib ajralib chiqqan tarmoqlar to‘g‘risida ham fikr yuritish mumkin.
Mavzu bo‘yicha o‘z-o‘zini tekshirishga oid savollar:
1. Psixologiyaning fan sifatida o‘ziga xos xususiyatlari nimadan iborat?
2. Psixologiya predmetining maxsus xususiyatlari nimadan iborat?
3.Psixika qanday vazifalarni bajaradi? Uning tuzilishi va darajalarini aytib bering.
4. Psixologiyaning fan sifatida rivojlanish tarixiga qisqacha ta’rif bering.
5. Hozirgi zamon psixologiyasi qanday umumiy va xususiy vazifalarni hal etadi?
Mavzu yuzasidan adabiyotlar ro‘yhati:
1. David G.Myers. “ Psychology” Michigan USA: Worth Publishers.: 2011.
2. A.X.yugay, N.A.Mirashirova «Obщaya psixologiya» T. TGPU, 2014.
3. Ivanov I., Zufarova M. “Umumiy psixologiya”. O‘z.FMJ., 2008.
4.Xaydarov F.I., Xalilova N. “Umumiy psixologiya”. T.: “Fan va texnologiyalar” markazining bosmaxonasi : 2009.
5. G’oziev E.G’. “Ontogenez psixologiyasi”.-T.: Noshir. 2010.
6. Dusmuxamedova Sh.A.,Nishonova Z.T., Jalilova S.X., Karimova Sh. K., Alimbaeva Sh.T. “yosh va pedagogik psixologiya” T. TDPU, 2013
Nishonova Z.T., Alimbaeva Sh.T., Sulaymonov M. “Psixologik xizmat”.T. “Fan va texnologiyalar” nashriyoti 2014 y.
Mavzu yuzasidan internet tarmog‘i bo‘yicha veb-saytlar ro‘yhati:
1. www.expert.psychology.ru
2. www.psycho.all.ru
3. www.psychology.net.ru
4. www.psy.piter.com
Do'stlaringiz bilan baham: |