Pedagogik psixologiya - ta’lim va tarbiyaning shaxsga samarali ta’sir etuvchi omillari, qonuniyatlari va mexanizmlarini o‘rganuvchi fandir. Pedagogik psixologiyaning predmeti maktabda bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash qonuniyatlarini, bu jarayonlarda sodir bo‘ladigan individual tafovutlarni, o‘quvchilarda mustaqil va ijodiy tafakkurni tarkib toptirish qonuniyatlarini tatqiq etishdir. Pedagogik psixologiyaning muhim vazifalaridan biri – maktabdagi ta’lim jarayonini yanada takomillashtirishning psixologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat bo‘lib,bu hol yangi ta’lim dasturiga o‘tish bilan bog‘liqdir. Pedagogik psixologiya uch bo‘limdan iborat: ta’lim psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi va o‘qituvchi psixologiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |