Uchinchi yondashuv “korxonaga sodiklik"ka asoslangan. Bu holda personalni korxona (firma) faoliyatiga jalb etish shu darajaga etadiki, xodimlarda korxonaga o’z mulkidek munosabatda bo’lish shakllanadi. Mazkur yondashuvda xodim va ish beruvchi bilan iqtisodiy munosabatlar personal va korxona o’rtasidagi shartnomada mustahkamlangan bo’ladi. Ushbu shartnomada ish haqi, boshqa iqtisodiy masalalar mas’uliyati, hokimiyatni sui iste’mol qilish cheklovlari belgilab qo’yiladi. “Korxonaga sadoqat" psixologik omillar — personalning sidqidilligi, topshiriqlarning aniqligi va ularning ijroga bog’liqligi, shaxsiy qadriyatlar va firma qadriyatlari, shaxsiy va guruhiy munosabatlarni qamrab oladi.
Personalni boshqarish tizimi quyidagi tamoyillarga javob berishi kerak:
Egiluvchanlik — ishlab chiqarishda va personal tarkibida ro’y berayotgan o’zgarishlarga muvofiq qisqa muddatda tizim tuzilmasini qayta tashkil etish imkoniyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |