Ijtimoiy rejalashtirish — ijtimoiy me’yorlar (turmush darajasi, mehnatga haqto’lash, uy-joyga ehtiyoj, mehnat sharoiti va boshqalar)ni ishlab chiqish, ijtimoiy maqsad va mezonlarni belgilash imkonini beradi.
Tadqiqotlarning ijtimoiy uslublari personalni tanlash, baholash, joy-joyiga qo’yish va o’qitish uchun zarur ma’lumotlarni tayyorlashda, asoslangan qarorlar qabul qilishga xizmat qiladi.
Shaxsiy sifatlar — ijtimoiy shaxsning tarkibiy qismi bo’lib, xodimning mehnat jamoasida barqaror namoyon bo’ladigan xususiyatlarini ko’rsatadi.
Axloq — insonning jamiyatda ma’naviyatga, axloqiy me’yorlarga amal qilgan holda o’zini tutishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |