YAQQOL-HARAKATLI TAFAKKUR - tafakkur turlaridan bo‘lib, bu predmetlar bilan ishlash jarayonida ularni bevosita idrok qilishda ifodalanadi.
TAFAKKUR - psixik aks ettirishning ancha umumiy va bevosita usuli bo‘lib, bu narsa va hodisalar o‘rtasida o‘zaro bog‘lanish va munosabatlarni bilib olishda ifodalanadi.
KO‘RGAZMALI-OBRAZLI TAFAKKUR - tafakkur turlaridan bo‘lib, bu tasavvur qilinayotgan narsa va hodisalar haqida fikrlashni xarakterlab beradi.
UMUMLASHTIRISH -voqelikdagi narsa va hodisalarni umumiy va muhim belgilariga qarab fikran birlashtirishdan iborat tafakkur jarayoni.
BAVOSITALIK - borliqdagi narsa va hodisalarni yordamchi vosi- talarni qo‘llash orqali bilish usuli.
TUSHUNCHA - voqeliqdagi narsa va hodisalarning muhim belgi va xususiyatlarini bitta so‘z yoki so‘zlar guruhi bilan ifodalashdan iborat tafakkur usuli.
Do'stlaringiz bilan baham: |