Tafakkur shakllari
Psixologiyada nutq fikr yuritish faoliyatining vositasi deb yuritiladi. Odamda nutq tafakkur jarayonida hukm, xulosa chiqarish va tushunchalar shaklida ifodalanib keladi.
Narsa va hodisalarning belgi va xususiyatlari haqida tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan fikr hukm deb ataladi.
Narsa va hodisalarda voqelikda haqiqatan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan belgilar, alomatlar hukmlarda bog‘liq ravishda ko‘rsatib berilsa yoki voqelikda bir-biridan ajratilgan narsalar hukmlarda ajratib ko‘rsatilsa bu chin hukm deb ataladi. Moddiy olamda haqiqatdan bog‘liq bo‘lmagan narsa hukmda bog‘liq qilib ko‘rsatilsa, bunday hukm xato hukm deb ataladi
Do'stlaringiz bilan baham: |