PSIXIK TARAQQIYOT DIAGNOSTIKASI - psixik taraqqiyot darajasi va yakka psixologik hususiyatlarini aniqlash maqsadida odamni har tomonlama tekshirib ko‘rish usuli.
ONG VA FAOLIYAT BIRLIGI - psixologiyaning ong bilan faoliyat-ning birligi, uning o‘zaro uzviy bog‘liqligini e’tirof etuvchi tamoyil.
TABIIY EKSPERIMENT - tekshiriluvchini o‘ziga bildirmagan holda uni o‘yin, o‘qish yoki mehnat faoliyatida o‘rganishdan iborat psixologik tajribadir.
MUXANDISLIK PSIXOLOGIYASI - bu psixologiya fani sohasi bo‘lib, kishi mehnatining psixologik xususiyatlarini faoliyat jarayonida texnika vositalari bilan munosabatda bo‘lishini o‘rganadi. Shu bilan birga bu soha mashina va uskunalar loyihasini yaratishda inson omillarini hisobga olish talablarini ishlab chiqadi.
INTROSPEKDIYA - kishining o‘z-o‘zini kuzatishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |