AKS ETTIRISH NAZARIYASI - psixik hodisalarga borliqni aks ettirishning formalaridan biri deb qaraydigan nazariyadir.
FREYDIZM (PSIXOANALIZ) - XX asrda maydonga kelgan psi- xologik yo‘nalish bo‘lib, inson xulqining asosiy harakatlantiruvchi kuchi ongsiz, instinktiv mayldir deb hisoblab, ongning yetakchilik rolini kamsitadigan nazariya. Bu nazariyaning asoschisi avstriyalik psixiatr Z.Freyddir.
FUNKTSIONAL SISTEMA – hayotdagi neyrodinamik yangi tizim bo‘lib, yuksak psixik funktsiyalarning va qobiliyatining moddiy asosidan iboratidir (P.K.Anoxin tomonidan ishlab chiqilgan).
Do'stlaringiz bilan baham: |