FUNKTSIONAL PSIXOLOGIYA - psixika va shaxsga ayrim psixik funktsiyalarning yig‘indisidir deb qarovchi psixologiya fanining yo‘nalishi.
ELEKTROENTSEFALOGRAMMA (EEG) - maxsus elektroentsefalograf asbobi yordamida miyaning bioelektrik faolligini tekshirish usulining mahsuloti.
EFFEKTOR - reflektor yoyining (mushak va tomirlardagi) ish bajaruvchi qismi bo‘lib, qabul qiluvchi retseptordan farq qiladi.
EFFERENT NERV - nerv impulslarini markaziy nerv tizimida ish bajaruvchi a’zolarga eltuvchi tola.
ETNOPSIXOLOGIYA - psixologiya fanlari sohasidan biri bo‘lib, odam psixikasining etnik hususiyatlarini, milliy xarakterni, milliy o‘zligini anglash, etnik stereotip singari funktsiyalarning shakllanish qonuniyatlarini o‘rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |