RETIKULYAR FORMATSIYA - bosh miyaning chuqur qismidagi nerv hujayralari bo‘lib, ular o‘z tuzilishiga ko‘ra qalin to‘rni eslatadigan o‘simtalarga egadir. Qo‘zg‘olovchilar ta’siri ostida turli retssptorlardan bosh miyaga signallar olib boradigan sezuvchi nervlarning o‘simtalari retikulyar formatsiyaga tutashgan bo‘lib, mavjud signallar uni ham qo‘zg‘aydi. Bosh miyadagi qo‘zg‘alish esa retikulyar formatsiya faoliyati asosida yo kuchaytiriladi, yo susaytiriladi. Demak, retikulyar formatsiyaning har bir hujayrasi sezgi a’zolaridan ko‘p signallarni qabul qilib olib, bosh miya va orqa miya faoliyatiga umumiy holda ta’sir etib turadi. Bu esa kishining tetikligi, hayajonligi va diqqatining faolligi bilan bog‘liqdir.
REFLEKSIYA - kishi bilimlarining o‘z-o‘ziga, o‘zining ichki olamiga, psixik sifatlari va psixik holatlariga qaratilishidir.
STIMUL - retseptorlarda qo‘zg‘alishni vujudga keltiradigan tashqi yoki ichki ta’sirdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |