INTERVYU, AXBOROT OLISH - bu ijtimoiy psixologiya metodi bo‘lib, qo‘yilgan savollarga berilgan javob tariqasidagi axborotlarni to‘plash usulidir.
SUN’IY AQL – bir odam yoki bir guruh kishilar bajara oladigan murakkab aqliy funktsiyalarni bajaradigan sun’iy yaratilgan qurilma.
KORRELYATSIYA - voqeliqdagi hodisalarning o‘zaro bog‘liqligi yoki eksperimentdan olingan ma’lumotlar va ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishlar me’yoridir.
LABORATORIYA EKSPERIMENTI - psixologiya metodlaridan bo‘lib, tekshiruvchiga ta’sir etadigan barcha omillarni qatiy nazorat qilgan holda sun’iy sharoitda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |