18-mavzu:
Minipulyatorlar va sanoat robotlari asosida texnologik
jarayonlarni boshqarish uchun maxsus dasturiy tillar.
Manipulyatorlar
Manipulyatorlar ─ ob’ektlarni fazoda inson qo’li
harakat funktsiyalariga
o’xshash harakatlanish funktsiyalarini bajarish uchun ishchi organ bilan jihozlangan
qurilma.
18.1-rasm. Manipulyatorning umumiy ko’rinishi.
Manipulyatsiya ob’ekti deb manipulyator fazoda ko’chiradigan narsalar
(materiallar, detallar)ga aytiladi. Tayyor buyumlar, detallar, ushlaydigan qurilmalar,
yordamchi, o’lchovchi yoki qayta ishlovchi asbob, texnologik jihozlar va boshqalar
manipulyatsiya ob’ektlariga kiradi. Manipulyatorni boshqarish metodi
konstruktsiyaning avtomatlashganlik darajasi
va uning turli sharoitlarda
qo’llanilishini to’laroq xarakterlaydi. Boshqarish metodlari bilan barcha
manipulyatorlar biotexnik (qo’l bilan boshqariluvchi), interaktiv (aralash
boshqarish) va avtomatik boshqarish.
18.2-rasm. Boshqaruv metodi bo’yicha manipulyatorlar klassifikatsiyasi
Qo’l bilan boshqariluvchi manipulyator (biotexnik) operator tomonidan
boshqariladi. Bu boshqaruv masofadan turib amalga
oshirilishi mumkin yoki
bevosita manipulyator ishchi organini ko’chirish hisobiga. Manipulyatorlar sxemasi
strukturasiga quyidagi asosiy elementlar kiradi:
Topshiriq beruvchi organ ─ manipulyatorning boshqaruvchi signali va
harakatni yaratuvchi funktsional organ.
Ijrochi organ ─ Topshiriq beruvchi organdan olingan signallar bo’yicha
harakatlarni bajarish uchun mo’ljallangan funktsional qismi.
Bog’lovchi organ ─ Topshiriq beruvchi organdan Ijrochi organga signallar va
harakatni uzatrishga mo’ljallangan.
Ishchi organ ─ Manpulyator Ijrochi organining texnologik mo’ljalni
realizatsiya qiluvchi qismi (ushlovchi asboblar va sh.o’. sifatida bajariladi).
Topshiriq beruvchi organlarning tiplariga bog’liq holda biotexnik
manipulyatorlar uch xil ko’rinishlarda bo’ladi.
Nusxa oluvchi manipulyatorda ishchi organ
harakati operator kafti
ko’chishini takrorlaydi. Topshiriq beruvchi organ kinematik ravishda ijrochi
organga o’xshaydi (odatda kuchlar masshtabida operatorga ijrochi organga ta’sir
qiluvchi kuchlarni sezishga imkon beruvchi qurilma bilan ta’minlanadi).
Komanda beruvchi (nusxa oluvchi emas) manipulyatorda ishchi organ
harakati topshiroiq beruvchi qurilma bilan kinematik bog’lanmagan. Boshqaruv har
bir harakatchanlik darajasini alohida knopka, dastak va sh.o’. orqali boshqariladi.
Yarim avtomat manipulyatorda Topshiriq beruvchi organ ijrochi yoki ishchi
organlar harakatlarini boshqaruvchi signallarni o’zgartiruvchi
turli harakatchanlik
darajalarini boshqaruv dastaklari, kichik EHM yoki maxsus hisoblagichlarni o’z
ichiga oladi.
Biotexnik manipulyatorlari asosiy ko’rinishlari ning funktsional sxemalari
nusxa
olish printsipida boshqaradi, ijrochi va ishchi organlarni dastak tipidagi
topshiriq beruvchi organ tomonidan va yuritmalarni alohida boshqarish printsipida
amalga oshiradi.
Barcha biotexnik manipulyatorlar avtomatik mantpulyatorlardan xotira
qurilmalari yo’qligi bilan farqlanadi va boshqaruv
jarayonida operatorning
uzxluksiz ishtirokini tadab qiladi.
Avtomat manipulyatorda ishchi funktsiyalarning bajarilishi operator
ishtirokisiz ta’minlanadi.
Avtomat manipulyatorlar qatoriga avtooperatorlar,
sanoat robotlarini va
interaktiv manipulyatorlarni kiritish mumkin.
Nazorat uchun savollar:
1. Manipulyator nima?
2. Manipulyatorlarda qanday yuritmalar qo’llaniladi?
3. Manipulyatorlarning harakatlanish yo’nalishlari nimaga bog’liq?