30-BILET
1. Davlat shakllari deganda nimani tushunasiz?
2. Shaxsning shakllanishiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi? Shaxs ucun qanday qadriyatlar muhim
|
1. Davlat shakllari deyilganda, davlatning boshqamv, htidtidiy
tuzilishi va siyosiy tartibi jihatidan qanday shakllarga bo‘linishi tushu- niladi.
Boshqaruv shakli deganda, davlat hokimiyati, uning idoralarining aholi bilan o‘zaro munosabatlari, aholining ushbu idoralarni shakllan- tirishda ishtirok etish darajasi tushuniladi.
Monarxiya - oliy hokimiyat yakka hokim - davlat boshlig‘ining qo‘lida bo‘lgan davlat boshqaruv shakli. Bunda hokimiyat aksariyat hollarda yak- ka-hokim (monarx)ning farzandlariga, ayrim hollarda esa yakka-hokimning qaroriga ko‘ra boshqa shaxsga meros bo‘lib o‘tadi.
Monarxiya - yimoncha so ‘z bo ‘lib, yakka hokimlik ta ’nosini bildiradi.
O‘zbekiston hududida tarixda mavjud bo‘lgan monarxiya boshqaruviga misol qilib Temuriylar davri davlatchiligini keltirish mumkin.
Buyuk Sohibqiron Amir Temur va Temuriylar davri davlat boshqaruvi va huquqning rivojlanishida yangi davr bo‘lgan. Amir Temur davlat boshqaruvi sohasida o‘tmishda mavjud bo‘lgan siyosiy boshqaruv tajribalaridan keng foydalana olgan. Uning tarixdagi xizmati shundan iboratki, u davlat- chilikning boshqaruv tizimi, ichki va tashqi siyosatining tartib-qoidalari, huquqiy asoslarini yangi tarixiy sharoitda takomillashtirdi. Davlat boshqaruvi tizimi islom qonun-qoidalariga asoslangan. Qozilar shaxsan Amir Temurning o‘ziga hisobot berib turgan. Temur qat’iy tartiblar va qonunlarni o‘z tuzuklarida ifodalagan.
2. Insonning shaxs sifatida shakllanishida oila, maktab, qo‘ni-qo‘shnilar, mahalla va do‘stlarning ta’siri katta. Oila bola uchun eng dastlabki asoslarni yaratsa, bolalar bog‘chasi, maktab yoki boshqa ta’lim muassasalari zarur bilim, ko‘nikma va malakalarni beradi. Qo‘ni-qo‘shnilar va mahalla an’analar, urf-odatlar bilan tanishtiradi, atrofdagilar bilan munosabatga kirishishga o‘rgatadi. Insonning qanday shaxsga aylanishi ko‘p jihatdan davlatning yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga qaratilgan siyosatiga bog‘liq. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan islohotlarning eng muhim yo‘nalishlaridan biri aynan yosh avlodning ta’lim-tarbiyasiga, kelajakda farovon turmush va taraqqiy etgan mamlakatning quruvchilari bo‘lgan shaxslarni voyaga yetkazishga qaratilgan. Islohotlarning markaziga aynan shaxs, uning erkinligi, manfaatlari, orzu-istaklari, intilishlari qo‘yilgan.
Shaxs deganda o‘ziga xos xususiyatlar, xohish-istaklar, orzu va intilishlar, bilim, ko‘nikma, malakalarga ega, ma’naviy dunyosi boy bo‘lgan inson tushuniladi.
Shaxs sifatida shakllangan kishi yetarli darajadagi aql-idrok, bilim, zakovat, kuch-quvvat, tajriba, kasbiy mahorat, ilmiy salohiyat, jismoniy va ma’naviy salomatlikka, ya’ni inson kapitali deb atalmish boylikka ega bo‘lishi lozim.
Insonning ma’naviy boyligi - uning dunyoqarashi, xulqi, odobi, madaniyati kabi ruhiy dunyosi bilan bog‘liq fazilatlari inson kapitalining asosiy tashkil etuvchilaridan hisoblanadi.
Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi qilib aynan inson kapitalini rivojlantirish belgilanganligi ham bejiz emas. Chunki, inson kapitali - mamlakatimizning jahon arenasidagi raqobatbardoshligini ta’minlab beradigan omildir. Bu so‘nggi yillarda davlatimiz tomonidan qabul qilinayotgan yangi qonunchilik hujjatlarida ham o‘z aksini topmoqda.
Sobirov Tohirjon @Tohirjon86
Do'stlaringiz bilan baham: |