Prustit – Ag3AsS3. Fransuz ximiyagori J.L.Prusta nomi bilan atalgan. Mineral tarkibi: Ag–65,4%, As–15,2%, S-19,4%. Trigonal singoniyali. Ko`pincha cho`zinchoq romboedr qiyofada mavjud. Bulardan tashqari asosiy shakllarga – geksagonal, prizma va ditrigonal piramidalar holida uchraydi.
Prustitning rangi qizil, to`q qizil, olcha qizil. U yarim shaffof, olmos kabi yaltiraydi, ulanish tekisligi prizma va piramidalar bo`yicha mukammal, chig`anoqsimon yuza hosil qilib sinadi. Uning solishtirma og`irligi 5,5-5,6, elektr tokini yaxshi o`tkazmaydi. Prustit o`rta va past haroratli gidrotermal jarayonda yuzaga keladi. Prustit - qo`rg`oshin-rux-kumush ma`danli formatsiyalarida keng tarqalgan. Oksidlanish zonalarida pirargirit parchalanib sof tug`ma kumush bilan argentit yuzaga keladi. Prustitning yirik konlari (Rossiyada, Meksikada, Chili, Peru va Boliviya) mamlakatlarida aniqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |