Peridotit-piroksenitlar bilan aloqador pirrotin-pentlandit-xalkopiritlarning hosil bo`lishi.
Dunyoda olinadigan 65% nikel magma evaziga hosil bo`ladigan mis-nikel sulfid ma`danlaridan olinadi. Bu minerallar olivin, rombik va monoklin piroksenlar bilan birga uchraydi. O`taasos va asos jinslar tektonik harakatlarning so`ngida orogenning platformaga o`tish davrida va platforma harakatlarining faollashgan joylarida maydonga keladi. Yerning tarixiy taraqqiyot jarayonida hosil bo`lgan rivojlanishida mis-nikel sulfid konlari juda uzoq geologik o`tmishda proterozoydan mezokaynozoygacha paydo bo`lgan. Bu konlarning xususiyatlaridan biri qatlamsimon intruziv jismlarda uchraydi.
Intruzivlarda yuzaga kelgan tektonik zarbalar, ma`dan jismlarda ham takrorlanadi, ularning o`zaro uzviy bog`liqligini ko`rsatadi. So`z yuritilayotgan ma`dan konlarining minerallari asosan pirrotin, pentlandit, xalkopirit. Magnetit hamda pirit, kubanit, nikelin, millerit, violarit, platina guruhi minerallari, ba`zan xromit, nikel va kobalt arsenidlari, galenit, sfalerit, bornit va boshqalar.
O`taasos va asos magmaning likvaciya yo`li bilan tarkibiy qismlarga ajralishi natijasida yuzaga kelgan pentlandit-xalkopiritli ma`dan uyumlari magma natijasida hosil bo`lgan konlarning ayrim xili hisoblanadi. Ma`lumki, magma haroratning pasayishi natijasida bir-birlariga aralashmaydigan sulfidli va silikatli qismlarga ajraladi. Magmaning bunday qismlarga ajralish sabablari ko`pchilik olim va mutaxassislarning e`tiborini o`ziga tortgan. Bu sohada N.Fogt, P.Ramdor, Ya.Olshanskiy, M.Godlevskiy, A.Betextin va boshqalarinig izlanishlari katta ahamiyatga ega. Likvatsiyaning geokimyoviy sababi magmadagi oltingugurt, temir, magniy va kremniy miqdorining oshishi bilan bog`liq. Misol: silikatli magmada temir ko`p bo`lishi, sulfidlarning eruvchanlik darajasini oshiradi. Magmaning sovishi va qotishi jarayonida temir miqdorining kamayib borishi sulfidli qotishmalarni ajralishiga va bir yerga yig`ilib qolishiga olib keladi. Magmaning silikatli va sulfidli qismlarga ajralishi tajribalar asosida tekshirilgan. Jumladan, Norvegiya olimi X.Fogt 1923 va Rossiyalik M.I.Olshanskiyning 1947 yillarda olib borgan eksperimental ishlari 15000 va undan yuqori haroratda va ma`lum miqdordagi mineralizatorlarning ishtirokida sulfidlarning magmada erigan holda bo`lishini va haroratning pasayishi sulfidlarning eruvchanligini kamayishiga va keyinchalik ularni silikatli qismlardan ajralib ketishiga olib keladi. Likvatsion jarayonning dastlabki paytlarida sulfidlar tomchidek, moshdek bo`lib, silikat jinslar oralarida tarqalgan bo`ladi. Ba`zan, ular ayrim joylarda to`planib har-xil katta-kichikdagi va turli qiyofadagi uyumlar hosil qiladi. Xuddi shu yo`l bilan mis-nikel konlari hosil bo`ladi.
Bu konlarda nikelning miqdori –0,5-1,5%, Cu-0,5-2%, Co-0,12%. Ushbu elementlarning nisbati Ni:Cu1:1, 1:2, Cu:Co 20:1 dan 40:1 gacha o`zgarib turadi. Bundan tashqari platina 4,5-5 gr (1 tonnada), oltin-0,5 gr miqdorda ishtirok etgan. Albatta, barcha ma`dan konlarida ham keltirilgan elementlarning miqdori bir xil bo`lishi shart emas. Bu ma`dan tarkibidagi mis va nikel minerallardan tashqari olivin, piroksenlarning ishtirok etishi muhim xususiyatlaridan biri hisoblanadi.
Dunyodagi ulkan likvacion ma`dan konlarining misoli sifatida Norilьsk, Talnax, Kola yarim orolidagi Monche-Tundra, Kanadagi Syodberi va J.Afrikadagi Insiz konlarini ko`rsatish mumkin. Likvatsion konlarning eng yiriklaridan biri Kanadagi Syodberi konidir.
Likvatsion yo`li bilan yuzaga kelgan konlarning barcha ma`dan minerallari orasida oltingugurtli birikmalar ishtirok etadi. Shuning uchun dunit-peridotit formatsiya jismlar tarkibidagi oltingugurtning kelib chiqishi barcha mutaxasisslarning e`tiborini tortgan. Keyingi yillarda olingan ma`lumotlarga qaraganda intruziv jinslardagi oltingugurt izotoplarning miqdori meteoritlarnikiga juda o`xshash. Bunday o`taasos jinslar orasida uchraydigan sulfid ma`dan konlarining magmalar bilan uzviy bog`liq ravishda paydo bo`lishini ko`rsatadi (31-jadval).
31-jadval
№
|
Konlar
|
Namunalar soni
|
SS34%
|
1
|
Syodberi (Kanada)
|
32
|
0.26
|
2
|
Insizva (J.Afrika)
|
6
|
0.26
|
3
|
Pechenga (Rossiya)
|
3
|
0.23
|
4
|
Norilsk (Rossiya)
|
15
|
0.24
|
5
|
Monche-Tundra (Rossiya)
|
2
|
0.18
|
Do'stlaringiz bilan baham: |