Jahonda mavjud skarn konlar zaxiralari
34-jadval
№
|
Kon turlari
|
Konlar zahiralari
(ming tonna hisobida)
|
Yiriklari
|
Kichiklari
|
1
|
Volьframli
|
50
|
1-15
|
2
|
Polimetalli
|
1000
|
50-200
|
3
|
Temirli
|
>200.00
|
2500-100000
|
4
|
Misli
|
10-30
|
3-5
|
5
|
Flogopitli
|
200-400
|
10-50
|
Bulardan tashqari skarnlar bilan bog`liq ravishda oltin, molibden, qalayi, bor va boshqalar hosil bo`ladi.
Skarnlarni tashkil etuvchi minerallar bir necha millimetrdan 1-2 sm gacha bo`ladi. Ba`zan yirik kristallar hosil qilib 10-15 sm, goho 30-50 sm bo`ladi. Skarnlar tuzilishi: dog`simon, yo`laksimon, ammo ko`proq massiv (yaxlit) holda uchraydi. Skarnlar ko`proq zonal tuzilishda bo`ladi. D.S.Korjinskiy Uraldagi Turinsk konida intruzivdan ohaktosh tomon quyidagicha o`zgarishni va ketma-ketlikni aniqladi: kvarcli diorit ® kamroq o`zgargan diorit ® piroksen-granatli skarn ® granatli skarn ®piroksenli skarn. Ushbu yo`nalish bo`ylab plagioklaz tarkibidagi anortit molekulasi ortishi va granatlar –grossulyardan andratitga o`tishini bayon etgan. O`rta Osiyo volfram skarn konlarini kuzatishlar natijasida X.M.Abdullayev ularda uchraydigan o`zgarishlarni aniqladi, ular o`zgargan granitlar ®endoskarnlar (granatli, granat-epidotli ®granat-piroksenli® volostonitli skarn ®marmarlashgan ohaktoshlar). Magnezial skarnlarni puxta o`rgangan N.P.Persev ulardagi o`zgarishlarni quyidagicha ifodaladi: granitlar®piroksen-dolomitli skarnlar® shpinel-piroksenli skarnlar® shpinelь-forsteritli skarnlar.
Skarnlar bilan xilma-xil ma`dan konlari bog`liq. Ularning ayrimlarining geologik hollarining bayoni keltiriladi.
Temir skarn konlari. Ushbu turdagi ma`dan konlari Rossiyada-Blagodat, magnitli, V?sokiy, Kochar; Qozog`istonda-Sokolov, Sorbay; G`arbiy Sibirda-Temirtau, Tashtagol, Shalim, Sheregesh; Sharqiy Sibirda-Korshunov, Gorsk; Markaziy Qozog`istonda-Keng-Tepa, Atonsor. Ushbu temir konlar diorit, monconit, plagiogranit, plagiosienit va granitoidlar bilan ohaktoshlarning oralarida (tutashgan joylarida) hosil bo`lgan. Bu konlarning uzunligi bir necha kilometrgacha va eni hamda qalinligi bir necha yuz metrgacha cho`ziladi. Skarn temir konlarining zaxirasi 400-600 mln. tonna va ularda temir miqdori 35-55% bo`ladi.
Mis konlari. Skarnlarda mis konlari keng tarqalgan. Bularga Uraldagi-Turinsk; Qozog`istonda-Chotarkul, Echkiulmas; AQSHda–Bishop, Klifton, Merivil, Santa-Elamiya; Meksikada-Tasu Imperial-Kanada; Banat-Ruminiyada hamda Shvetsiya, Finlandiya, Peru, Boliviya, Chili, Eron, Indoneziya va Avstraliyada mavjud. Skarnlar ohaktoshlarning granodiorit, plagiogranit va granosienitlar chegaralarida hosil bo`lgan. Ushbu konlarga mansub minerallar xalkopirit, pirit, pirrotin, bornit, sfalerit va molibdenitlar birga uchraydi.
Volfram konlari. Bu turdagi konlar ayrim o`lkalarda mintaqalar hosil qiladi va ma`lum bir geologik qurilmalarga bog`liq bo`lib uzoq masofalarga cho`zilib yuzaga keladi. Ulardan eng yiriklari O`zbekistonda Qo`ytosh, Ingichka, Langar, Yaxton volfram konlari tizimi. Rossiyada Sixote-Alinda, Yakutiyada, Zabaykale o`lkalarida mavjud. AQSH da (Mills Siti va Bishop), Xitoy, Koreya, Mongoliya, Birma, Indoneziya, Yaponiya hamda Turkiyada keng tarqalgan. Skarn-volьfram konlari granidorit, adamellit, monotsitlarning karbonatlar bilan chegaralarida yuzaga kelganligi kuzatilgan. Ushbu volfram konlariga xos xususiyatlardan skarnlar-piroksen-granat, amfibol-granat-vollostonitli va granatl bo`lib, magnetit va gematit minerallari kam miqdorda bo`lib, ular sheelit va molibdenitlardan ancha keyinroq yuzaga kelgan. Bu konlarda sulfid minerallari ham ancha keng tarqalgan.
Qo`rg`oshin, ruh, skarn konlari, keng tarqalgan. Bularga Markaziy Osiyo respublikalaridagi Qizil Espe, Aksoran, Oltintopgan, Kansay, AQSHda-Lourens, Bingem, Eronda-Ravaj, Turkiyada –Oqtog` va boshqalar. Skarn jismlarini yuzaga keltirgan intruziv jinslar granodiorit-porfir, granit-porfirlar yer yuziga yaqin masofalarda hosil bo`lgan. Skarnlar tarkibida galenit, sfalerit, barit, pirrotin, xalkopirit, arsenopirit, pirit, argentit, vismutinlar ishtirok etadi. Ushbu turdagi konlarga Oltintopgan koni misol bo`la oladi. Bu kon yuqori paleozoy granitoidlari bilan devon va quyi karbon davr ohaktoshlarning chegaralarida yuzaga kelgan. Bu chegaralar bo`ylab tektonik yoriqlar va darzliklar keng tarqalgan.
Ushbu yoriqlar yo`nalishi bo`ylab granodiorit-porfir, diabazli porfiritlar joylashgan. Skarnlar linzasimon jismlar, ba`zan trubasimon shakllarda uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |