Apatit – Ca5[PO4]3(F, Cl). Tarkibida SaO – 55,5%, R2O5 – 42,3%, ftor – 3,8%, xlor – 6,8% va tarqoq elementlardan Cl2O3 – 5% gacha bo`ladi. U geksagonal singoniyali, igna shaklida, kalta ustunsimon va tabletkasimon kristallari holida uchraydi.
Apatitning magmatik intruziv jinslarda qilsimon nayzadek va ba`zan qisqa tabletkasimon kristallari mavjud. U rangsiz, shaffof, oq, och-yashil, havo rang, qo`ng`ir, ba’zan binafsha, shishadek yaltiraydi, notekis yuzalar hosil qilib sinadi. Qattiqligi – 5, solishtirma og`irligi – 3,2, mo`rt, ulanish tekisligi yo`q. Apatitning yirik konlari nefelinli sienit va ularning pegmatitlari bilan uzviy bog`liq. Bu jinslar tarkibidagi yaxlit donador massalarda nefelin, sfen, evdialit, ishqorli amfibollar, egirinlar bilan bir assotsiasiyada bo`ladi (Kola yarim oroli, Rossiya – mashhur Xibinsk apatit koni). Bulardan tashqari, apatit uyumlari kontakt-metasomatik jarayonlarda vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |