Mineralogiya



Download 1,54 Mb.
bet40/127
Sana13.09.2021
Hajmi1,54 Mb.
#173025
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   127
Bog'liq
MINERALOGIYA

Kislorodli birikmalar
I – oddiy oksidlar:

Kuprit – Cu2O Rutil – TiO2

Korund – Al2O3 Anataz – TiO2

Gematit – Fe2O3 Brukit – TiO2

Uraninit – UO2 Kassiterit – SnO2

Kvars – SiO2 Piroluzit – MnO2

Xalsedon – SiO2 Koesit – SiO2

Opal – SiO2· nH2O Stishovit – SiO2




II – murakkab oksidlar
Ilmenit – FeTiO3

Ferberit – FeWO4

Xrizoberill – BeAl2O4

Gubnerit – MnWO4

Braunit – MnO · MnO3

Perovskit – CaTiO3

Shpinel – MgAl2O4

Kolumbit –(Fe,Mn)Nb2O6

Gercinit – FeAl2O4

Tantalit –(Fe,Mn)Ta2O6

Magnetit – FeO Fe2O3

Camarskit –(Y,Er)4[(Nb,Ta)2O7]3

Xromit – FeCr2O4
Suvli oksidlar
Brusit – Mg(OH)2

Gessit – HFeO2

Gibbsit – Al(OH)3

Manganit – MnO2[OH]2

Diaspor – HAlO2

Lepidoxrokit–FeO(OH)


Bu guruh minerallari–metall va metalloidlarning kislorod va gidroksidlar bilan qo`shilib hosil qiladigan eng oddiy birikmalarini o`z ichiga oladi. Keyingi ma`lumotlarga binoan kislorod bilan 40 dan ortiq kimyoviy element turli xil birikmalar hosil qiladi.

Yer po`stida oksidli birikmalar og`irligi bo`yicha 17% tashkil qiladi, bulardan 12% ni kremniy oksidi (SiO2), 3,9% ni temir oksidi va gidrooksidi tashkil qiladi. Boshqa elementlardan; alyuminiy, titan, marganec, xrom, mis oksidlari va boshqalar katta o`rin tutadi.

Atmosferada oksidlardan – karbonat angidrid (SO2) va suv bug`lari keng tarqalgan va ularning tarqalish chegarasi yer yuzasidan 12 km balanddan o`tadi. Gidrosferaning tarkibi va asosiy qismi suvdan iborat, ular tabiatda keng tarqalgan.

Demak, yuqoridagilardan ma`lum bo`ldiki, tarkibi xilma-xil bo`lgan oksid, gidrooksidlarning maksimal miqdori Yer po`stining ustki qismlarida – erkin kislorodli atmosfera chegarasida joylashgan. Yer po`stining chuqur qismiga kislorodning kirib borishi yer osti suvining sathiga bog`liq. Yer po`stining ustki qismi turli tog` jinslari va ma`dan konlarining oksidlanish zonasi minerallarni qayta hosil qiluvchi kimyoviy reaksiyalar yuzaga keladigan maydon hisoblanadi. Ushbu oksidlanish maydonlarida yuzaga kelgan minerallar orasida metall oksidlari va gidrooksidlari muhim rol o`ynaydi. Oksidlanish zonasidagi ikkilamchi minerallarni paydo bo`lishida tarkibida karbonat angidrid bo`lgan yomg`ir suvlarining ahamiyati juda katta.

Havoga to`yingan 1 litr yomg`ir suvida 25-30 sm3 gaz borligi aniqlangan. Bu gaz tarkibining 30% ni kislorod, 60% azot va 10% ga yaqinini karbonat angidrid tashkil etadi. Yomg`ir suvi Yerning chuqur qismiga borgan sari erkin kislorod sulfid va shunga o`xshash birikmalarni oksidlantirish uchun sarf bo`ladi. Tog` jinslari va ma`dan maydonlarida ishtirok etgan Fe+2 ,Mn+2, v3 tez oksidlanib, kislorodli birikmalar hosil qiladi. Oksidlanish zonalarida dastlab yuzaga kelgan tuzlar (sulfatlar, karbonatlar va boshqalar) ma`lum tezlikda suv bilan reaksiyaga kirib parchalanadi – gidrolizlanadi, natijada metallarning aksariyati suvda qiyin eriydigan gidrooksidlar holida ajraladi. Minerallarning fizik hossalari ularning strukturasi (tuzilishi) va tarkibiga bog`liq. Oksidlar strukturasining (kubik, geksagonal) asosida zichlashgan kislorod atomi, hamda oktaedrlardagi bo`shliqda kationlar joylashadi. Kremniy, aluminiy va magniy oksidlari ion-kovalent bog`lanishni hosil qilsa, qolgan oksidlar (mis, temir, xrom va boshqalar) metall bog`lanishdan yuzaga keladi. Shuning uchun ham kremniy, alyuminiy, magniy oksidlari yuqori qattiqlikka ega, ya`ni kvars, shpinel, korund, xrizoberillarning qattiqligi – 7-9 ni tashkil etadi, qolgan oksidli minerallarning qattiqligi – 5-6 atrofida. Oksidlarning zichligi 2,5 dan (kvars) – 10,6 gacha (uranit) bu o`zgarish shu tarkibga kiruvchi elementlarning atom og`irligining ortib borishiga uzviy bog`liq.

Varoqsimon kristall strukturaga ega bo`lgan gidrooksidlar qatlamlari orasidagi mavjud bo`sh bog`lanishga binoan, uncha mustahkam bo`lmagan kristall panjarasi bilan belgilanadi.


Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish