Bulanjerit – Pb5Sb4S11 yoki 5PbS·2Sb2S3. Tarkibida Pb – 55%, Sb – 25,7% va S – 18,9% uchraydi. Ba`zan 1% Cu uchraydi. Monoklin singoniyali, rangi qo`rg`oshindek kulrang va temirdek qora. U shaffof emas, metall kabi yaltiraydi. Qattiqligi 2,5-3, ancha mo`rt, solishtirma og`irligi 6,2, ulanishi tekisligi ayrim tomonlar bo`yicha mukammal. Bulanjerit gidrotermal sharoitda yuzaga keladigan qo’rg`oshin-rux ma`danlarida galenit, sfalerit, pirit, arsenopiritlar bilan birga uchraydi. Oksidlanish zonalarida bulanjerit parchalanib, serussit PbCO3 bilan surmaning gidrooksidlarini hosil qiladi (Zabaykalye, Rossiya). Bulanjeritning katta uyumlari qo`rg`oshinning ma`dani sifatida ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |