Mineralogiya



Download 5,1 Mb.
bet2/20
Sana24.06.2017
Hajmi5,1 Mb.
#14754
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20

Solishtirma og`irlik minerallarni aniqlashda ahamiyati katta. Solishtirma og`irlik minerallarda sezilarli ravishda o`zgaruvchan bo`lib, 0,5 dan 21 gacha bo`ladi.

Minerallarning solishtirma og`irligi yig`indisidan tog` jinsining zichligi kelib chiqadi. Minerallarning solishtirma og`irliklari ularning kimyoviy tarkibiga, chunonchi, ion va atomlarining og`irligiga va tabiiy ichki tuzilishlariga (strukturasi) bog`liq.

Ichki tuzilishi va zichligi orasidagi munosabatlarni ham har xil polimorf minerallar modifikatsiyalari solishtirma og`irligi misolida ko`rishimiz mumkin: α- kvarsning solishtirma og`irligi 2,23 bo`lsa, - kvarcniki 2,51 ga teng; olmos-3,51; grafit-2,23; pirit-5,1; markazit-4,9 va h.k.

Bir xil kimyoviy tarkibdagi minerallarning solishtirma og`irligiga (zichligiga) atomlar orasidagi masofa, koordinatsion son, kimyoviy bog`lanish turi ta`sir etadi, boshqa teng sharoitlarda esa atomlar yoki molekulalar guruhining har xil polimorf modifikatsiyada o`zaro joylashishiga bog`liq.

Minerallarning kimyoviy tarkibiga ko`ra solishtirma og`irligi har xil bo`ladi.

Izomorf qatoridagi kimyoviy elementlar katta atom og`irligiga ega bo`lsa, u holda solishtirma og`irligi ham ortadi, katta ion radiusida esa aksincha. Masalan, albit Na (Al Si3O8)-anortit Ca(Al2Si2O8). Solishtirma og`irlik 2,61 dan 2,75 gacha o`zgaradi, buni kaliy miqdorining plagioklaz tarkibida ortib borishi bo`yicha kuzatish mumkin. Volframatlar guruhida esa solishtirma og`irlik gubneritdan MnWO4 (7,25) ferberitgacha FeWO4 (7,60) o`zgaradi. Olivin guruhidagi minerallarda ham xuddi shunday, forsteritdan Mg2(SiO4) (3,21) fayalitgacha Fe2(SiO4) (4,14) ortib boradi.



Solishtirma og`irlikning (zichlik) o`lchov birliklari. Solishtirma og`irlikni ifodalash uchun massa yoki og`irlikning ma`lum hajmiga nisbati olinadi.

m p


d= --------- yoki d = ------

ν ν


bu yerda d -solishtirma og`irlik, m- massa, v - hajm, p- og`irlik. Og`irlik massa bilan bog`liqdir.

Minerallarning solishtirma og`irligi (zichligi) suyuqlikning solishtirma og`irligiga (og`ir suyuqliklar: bromoform solishtirma og`irligi-2,88; tetrabrometan eritmasi -2,95; Tule suyuqligi-3,19; Klerech suyuqligi - talliyning malonli va chumoli kislotali eritmasi - 4,2) nisbatan aniqlanadi.

Solishtirma og`irlikka minerallarning ichki tuzilishi va kimyoviy o`zgarishi ta`sir etadi, shuning uchun ham ularning xususiyatlarini hisobga olgan holda, yuqorida qayd qilingan usulllardan biri qo`llaniladi.

Solishtirma og`irlikni aniqlashda eng qulay va keng tarqalgan usul tarozida aniqlash usulidir.



Minerallarning solishtirma og`irligini piknometr usulida aniqlash. Bu usul keng tarqalgan, ammo mashaqqatli hisoblanadi. Piknometr ma`lum hajmga ega bo`lgan shisha kolbacha bo`lib, har xil ko`rinishda bo`ladi.

Ishni bajarish tartibi:

1.Piknometrning og`irligi po`kak tiqin bilan uch marotaba tarozida o`lchanadi va ularning o`rtacha natijasi olinib, piknometrning o`zgarmas og`irligi (P) deb yoziladi. Har gal o`lchov oldidan piknometr yuvilib quritiladi.

2. Piknometrning hajmini o`lchash uchun ma`lum belgiga qadar moddalardan tozalangan (distillangan) suv to`ldiriladi. Suv solingan piknometrni eksikatorga joylashtiriladi, uning ichidagi havosini so`rib olish (Komovskiyning maxsus nasos qurilmasi bilan) uchun yoki piknometrni suvli stakanga solib qaynatiladi. Ortiqcha suv po`kak tiqin tirqishidan chiqariladi. Keyingi piknometrni sovutib, belgiga qadar yetmagan suv solinadi va piknometrni uch marotaba tortiladi. Shuning natijasida piknometrning o`zgarmas hajmi (Pc-P) chiqadi.

1. Mineral namunasini tekshirish uchun tayyorlash. Buning uchun aniqlanadigan mineral namunasi hovonchada maydalanib, ma`lum o`lchamga keltirilib, mikroskop (binokulyar) ostida kerakli mineral turi ajratib olinadi va uni spirt bilan yuviladi, quritiladi. Mineralning miqdori va zarrachalar o`lchami piknometr hajmiga va tirqish diametriga bog`liq.

2. O`lchangan quruq piknometrga mineral namunasini solamiz (taxminan piknometr hajmining 1/3 yoki 1/4 qismicha) va tarozida og`irligini o`lchaymiz (PH) .

3. Piknometrga ozgina tozalangan suv solinadi (piknometr hajmining yarmiga qadar va nasosli eksikatorga joylashtiriladi yoki suvli stakanga qaynatish uchun solinadi. Eksikatordan havo so`rib olinadi. Qaynatish tugagandan so`ng eksikator bilan havo to`ldiriladi va sovutiladi. Shu yo`l bilan mineral namunasining mikroyoriqlariga suv to`ladi. Keyin esa belgiga qadar piknometrga suv solinadi va uch marotaba o`lchanadi.

O`lchov natijalarini



Ph – P

(Pc - P) – (Phc - P)


formulaga qo`yib, mineral namunaning solishtirma og`irligi aniqlanadi. Bu yerda P- bo`sh piknometr og`irligi, PH -mineral namunasi, PC - suv bilan piknometr og`irligi.

Ko`pgina minerallar suvda eruvchanlik xususiyatiga ega (sulfatlar, galoidlar, nitratlar va boshqalar). Bu holda suv o`rniga o`zga suyuqliklar (spirt, brombenzol va h. k.) dan foydalanish kerak.

Ish davomida har bir o`lchamni va qilinayotgan ishlarni yozib borish kerak, chunki amaliy natija nazariy natijadan farq qilgudek bo`lsa, u holda bajarilgan ishdagi kamchiliklarni tuzatish zarur bo`ladi.

Olingan natijaning aniqligiga ishonch hosil qilish uchun bir necha marotaba yuqorida qayd qilingan ishni takrorlash zarur yoki bir necha marta piknometrda shu mineral namunasini aniqlash ishlarini olib borish lozim. Bajarilgan ishlar hisobining o`rtacha qiymati aniq solishtirma og`irlik bo`ladi.



Yaltiroqlik-bu minerallarning yuzasiga tushgan yorug`lik nurini qaytarish xususiyati. Yaltiroqlik metallsimon (M) - metallning yangi yuzasining yaltiroqligiga o`xshash -barit, kuprit, gematit, ilmenit; shishadek (Sh) - tiniq minerallar-sludalar, gips, kalsit; sadafdek (S) - sludalar, talk; ipakdek (I) - ingichka tolalardan tuzilgan minerallar - gips tolalari, asbest; yog`dek (Yo) - mineral yuzasi yog` surilgandek yaltiraydi - nefelin; olmosdek (O) - juda o`tkir yaltiroqlik - olmos, kinovar; mumdek (Mum) - hech qanday yaltiroqlik sezilmaydi - feruza.

Minerallarning rangi va chizig`ining rangi - bir qator hollarda muhim diagnostik belgi bo`lib xizmat qiladi. Tabiatda minerallar juda xilma-xil rangda uchraydi. Ular oq, shaffof, pushti, qizil, qora va h.k. rangda bo`lishi mumkin. Ularning rangi turmushda yaxshi tanish bo`lgan narsalar rangiga qiyoslab aniqlanadi. Chunonchi, sutdek oq, somondek sariq va h.k.

Ayrim minerallarga ularning rangiga qarab nom berilgan. Masalan, lazurit va azurit havo rangli, xlorit yashil rangli (grek. "xloros"-yashil), rodonit - pushti (grek. "rodon"-pushti), rubin - qizil (lot. "rubens"-qizil), auripigment - oltin rangli (lot. "aurum"-oltin, "pigment"-bo`yoq).

Minerallar rangi uch xil o`ziga xos omillar bilan belgilanadi:

a) idioxromatik (grek. "idios"-o`zining, shaxsiy) - mineralning o`z xususiyatlari bilan belgilanadi. Rangning bu turi mineralning kristall panjarasida rang beruvchi ionlarning yoki xromoforlarning mavjudligi bilan bog`liq. Bunday xromoforlarga titan, vanadiy, xrom, marganes, temir, kobalt, siyrak elementlar va boshqalar kiradi. Masalan, ikki yoki uch valentli marganes minerallarga pushti rang bersa, yetti valentli marganec to`q siyohrang beradi;

b) ko`pgina minerallar rangi boshqa kimyoviy elementlarning aralashishiga bog`liq bo`lgan alloxromatik (grek. "allos"-chet, begona) xususiyatga ega. Masalan, kvars tarkibiga kiruvchi moddaga qarab oq, shaffofdan to qora ranggacha bo`ladi;

v) va nihoyat, ayrim minerallar rangi ularning yuzasidan qaytgan nurning tarqalishiga qarab o`zgarib turadi. Bunday rang p s ye v d o x r o m a t i k (grek. "psevdo"-yolg`on, qalbaki) rang deyiladi. Masalan, labrador aslida qora rangli bo`lsa-da, yuzasiga nur tushganda har xil ranglarda tovlanish (krizatsiya) xususiyatiga ega.

Jadvalda minerallar rangi quyidagicha belgilangan: 1-shaffof, oq, rangsiz; 2-oq, kulrang; 3-qalaydek oq; 4-qo`rg`oshindek kulrang; 5-sariq; 6-jezdek sariq; 7-oltindek sariq; 8-qizil, pushti, qizg`ish-sariq; 9-misdek qizil; 10-yashil rang; 11-havorang, ko`k; 12-jigarrang, qo`ngir; 13-qora, kulrang-qora; 14-temirrang qora; 15-boshqa ranglar.

Ba`zi minerallarni aniqlashda uning chinnida qodirilgan chizig`ining rangidan foydalaniladi.

Mineral chizig`ining rangi - kukun holidagi mineral rangidir.

Ayrim hollarda mineral chizig`ining rangi mineral rangi bilan bir xil bo`ladi. Masalan, azurit chizig`ining rangi-ko`k, auripigmentniki sariq.

Ayrim minerallar chizig`ining rangi esa, aksincha mineral rangdan farq qiladi. Masalan, piritning rangi - somondek sariq, chizig`ining rangi esa qora.

Temir rudalarini behato aniqlashda mineral chizig`ining rangi katta yordam beradi. Ko`rinishi bir xil bo`lgan qo`ng`ir temir rudasi, gematit va magnetitni olsa, temir rudasi chizig`ining rangi sariq-qo`ng`ir, gematitniki qizil, magnetitniki qora bo`ladi.

Mineral chizigining rangi rangsiz, oq (I); kulrang, qora, qo`ngir (II); ko`k, yashil, to`q ko`k (III); havo rang, yashil-qora (IV); qizil (V) sariq jigarrang (VI); qizil-sariq (VII); sariq (VIII) va h.k. bo`ladi.

Mineral individlarining va agregatlarining morfologiyasi. Ba`zi mineral-lar agregatlarinig shakli shu minerallarning muhim alomatlaridir. Agregatlarning quyidagicha shakllari bo`ladi: donador-kristallik (1) - bir yoki bir necha minerallarning kristall donalari bir-biriga tartibsiz suratda yopishib borishidan hosil bo`ladi; konkretsiya (2) - sharsimon yoki to`g`ri bo`lmagan sferik tugunchalardan iborat bo`lib, sochiluvchan cho`kindi jinslaridan yuzaga keladi; dendritlar (3) - shoxlab ketgan daraxtga o`xshash shakl (sof kumush); oolitlar, no`xotsimon, ikrasimon (4) - diametri bir necha millimetrdan 2-3 sm gacha bo`lgan konsentrik puchoqsimon tuzilishdagi dumaloqlangan minerallar (aragonit); druzalar (5) - biror yuzadan o`sib chiqqan yirik kristallar to`dasi (tog` xrustali); stalaktit va stalagmitlar (6) - mineral mahsulotlarning oqiq-tomma shakllari, kolloidlar-gillar hisobiga yuzaga keladi (ohaktosh).

Ko`pgina minerallarni hosil qiladigan kristallarning shakli shu minerallarga xos va muhim alomatdir. Uning bu shakli o`sha moddaning kimyoviy tarkibiga hamda mineralning qanday sharoitda vujudga kelganiga tamomila bog`liq. Kristallarni chegaralovchi tekisliklari tomon deb, tomonlarning kesishgan chizig`i qirra deb, qirralarning kesishgan nuqtasi cho`qqi deb ataladi. Kristallarning to`g`ri shaklda bo`la olishi ularni tashkil qiluvchi zarralarning (atom, ion, molekulalarning) ma`lum qonuniyatga muvofiq joylashishiga bog`liqdir. Amorf moddalarda (nokristall moddalar) bu zarralar tartibsiz holatda joylashgan bo`ladi. Demak, ko`pchilik minerallar kristallanadi va geometrik shaklga ega bo`ladi.

Kristallar kub, oktaedr, rombododekaedr, turli prizmalar, piramidalar shaklida bo`lishi mumkin. Ba`zi kristallar ko`pyoqli juda murakkab, lekin ma`lum mineralga xos shaklda bo`ladi.

Kristallar faqat mikroskopda ko`rib bo`ladigan darajada juda mayda hamda benihoya katta bo`lishi mumkin.

Kristallar kamdan-kam hollardagina yakka tartibda uchraydi. Ular ko`pincha qo`shaloq kristallar ko`rinishda bo`ladi. Qo`shaloq kristallar-ortoklaz, albit, qalayi tosh, kinovar, gips va boshqalar ko`pincha to`g`ri o`sgan, tashqi ko`rinishidan yakka-yakka bo`lib ko`ringan kristallar haqiqatda qo`shaloqligini ba`zan uning tomonlaridagi o`ziga xos choklardan bilish mumkin. Kristall tomonlarida ba`zan turli chiziq va rasmlar bo`ladi. Bular kristallarning o`sishi yoki uning tabiiy sabablar ta`siri ostida erishi natijasida paydo bo`ladi.

Kristallar quyidagi singoniyalarda kristallanadi; triklin (trik.), monoklin (mon.), rombik (rom.), trigonal (trig.), tetragonal (tet.), geksagonal (gek.), kubik (kub.),



Ulanish yuzasi - bu minerallarning zarb ta`siridan ma`lum bir kristallografik yo`nalishi bo`yicha tekis yuza hosil qilib ajralishi xususiyatidir. Ulanish yuzasi o`ta mukammal (sludalar), mukammal (dala shpatlari, kalsit, piroksen va amfibollar), ulanish yuzasi nomukammal, ya`ni u juda xilma-xil yo`nalishlarda sinadi (apatit, olivin, berill).

Minerallarning sinishi- yuzalarning shakllariga qarab quyidagicha ataladi: a) chig`anoqsimon sinish-sinish yuzasi chig`anoqsimon botiq bo`ladi (kvars, opal, xalsedon); b) tekis sinish-usti tekis bo`lgan sinish (magnetit); v) tikansimon sinish (yuzasi bir tomonga qaragan zirapchalar bilan qoplangan, tolali gips, asbest).

Magnitlik xususiyati (1-rasm)- mineralning kompas strelkasiga ta`sir etib, uni normal holatdan burish xususiyati; agar bu xususiyat kuchli bo`lsa, bu mineral kompas tepasida aylantirilganda, kompas srtelkasi ham shu mineral ketidan aylanadi.

1-rasm. Magnitlik xususiyati


Shu jumladan, katta ahamiyatga ega bo`lgan fizik xususiyatlardan ta`mi, elektr tok o`tkazuvchanligi, suvda oson eruvchanligi, qaynashi, qizdirganda yoki qattiq urganda o`ziga xos xid chiqarish, qo`lga yog`lidek sezilishi va boshqalar.

1.2. MINERALLARNING KIMYOVIY XUSUSIYATLARI
Minerallarning tarkibini kimyoviy usul bilan aniqlangandan so`ng, uning formulasini hisoblab chiqish kerak bo`ladi. Buni ilmenit minerali misolida ko`rib chiqamiz. Ilmenitning kimyoviy analiz natijasini oladigan bo`lsak, u holda izomorf magniy, marganes aralashmalar borligini ko`ramiz. Ilьmenitning asl formulasi esa – FeTiO3 Kimyoviy analiz natijasida esa - (Fe, Mn, Mg) TiO3 ko`rinish kelib chiqadi. Ushbu formuladagi temir, marganes, magniy va titan atomlarining xaqiqiy koeffitsientlarini hisoblab chiqish talab qilinadi. Hisoblash tartibi quyidagicha bajariladi (16-jadval);

1. Hamma komponentlarni bir ustunga yoziladi.

2. Ikkinchi ustunga har bir komponentning % miqdori yoziladi TiO2 uchun - 53,80).

3. Uchinchi ustunga har bir komponentning molekular massasi yoziladi (TiO2 uchun - 79,00).

Molekular massasini aniqlash uchun Mendeleyev davriy jadvalidan titan topiladi va uning atom og`irligini olamiz - 47,88. Xuddi shu tariqa kislorodni jadvaldan topiladi- 15,9994. Formulada kislorod ikkita bo`lgani uchun uning atom og`irligi ikkiga kupaytiriladi. Natijada: Ti=47, 88; 0=2 x 15,9994=79,8788 ≈ 79,90 ga teng bo`ladi.

4. To`rtinchi ustunga har bir komponentning molekular miqdori yoziladi. Molekular miqdor kimyoviy tahlil natijasining molekular massasiga nisbatidir.

TiO2 uchun - 53,80:79,90=0,6733.

5. Kationning atom miqdorini aniqlaymiz, buning uchun molekular oksid miqdorini formuladagi kation soniga ko`paytiramiz, TiO2 uchun 0,6733x1=0,6733.

6. Kislorodning atom miqdorini aniqlaymiz, buning uchun molekular oksid miqdorini formuladagi atom kislorod soniga ko`paytiramiz (TiO2 da kislorod miqdori 0,6733x2=1,3466). Bu ustunga yozilgan barcha kislorodlar atom miqdorining yig`indisini hisoblash kerak:
1,3466+0,0675+0,5386+0,672=2,0199
Bizda nazariy ilmenit Fe TiO3 da kislorod miqdori 3,00 ga teng. Topilgan yig`indining mana shu kislorod miqdoriga nisbati
2,0199:3,00=0,6733
Bu miqdor umumiy bo`luvchi deyiladi.

7. Mineral formulasidagi atomlar koeffitsientlarinng miqdori aniqlanadi, buning uchun beshinchi ustundagi kationlar miqdorini umumiy bo`luvchiga bo`lib, har bir kimyoviy modda uchun alohida-alohida yoziladi. Ti uchun

0,6733: 0,6733=1,00
8. Arifmetik hisob-kitoblarning to`g`riligini zaryadlar miqdori orqali aniqlaymiz. Musbat zaryad sonining yig`indisi manfiy zaryad sonining yig`indisi bilan teng bo`lishi shart.

Bizdagi ilmenit mineralida uch kislorod atomi oltita manfiy zaryadga ega. Demak,

O=Ti+Mn+Mg+Fe

6=5,996
9. Hisoblab chiqilgan formula quyidagicha yoziladi:

(Fe 0.80 Mh0,10 Mg 0.10)1,00 Ti100 O3,00

Mineral tarkibidagi birikmalarni aniqlash
Minallar - bu shartli birikmalardir. Mineral formulalarini izomorf aralashmalar bilan ifodalash mumkin. Masalan, sfaleritni - (Zn, Fe)S, ikki mineral ZnS va FeS aralashmasi deb qarash mumkin. Mineraldagi minallar miqdori molekular yoki foizlarda beriladi. Ularning hisobini qorishma tarkibli ilmenit misolida ko`rishimiz mumkin.

1. Ilmenit tarkibi (1 - namuna) va hisoblangan formulasi 16- jadvalda berilgan, shu natijalar asosida minal tarkibini chiqarish kerak. Formuladan ko`rinib turibdiki, bu mineral uch moddaning (minalning) izomorf qorishmasidan iborat - ilьmenit FeTiO3, pirofanit MnTiO3 , geykolit MgTiO3 . Formuladagi koeffitsientni asos qilib olib, minal tarkibini osongina chiqarib olish mumkin (mol. %):


FeTiO3 -80

MnTiO3 -10

MgTiO3 -10
Agar oksid molekular miqdorining dastlabki o`lchamini 17-jadvaldan olinsa, yuqoridagi natijani osonligini keltirib chiqarish mumkin. u holda:

Fe TiO3 FeO bo`yicha - 0,5386 - 80 mol. %

Mg TiO3 MgO bo`yicha - 0,0675- 10 mol. %

Mn TiO3 MgO bo`yicha – 0,0672-10 mol %

0,6733-100%
2. 2-namunadagi ilmenit tarkibi (16-jadval) va formulasi

(Fe2- 0,68 Mg0.09 Fe3+ 0,09 Al0,09 Mn0,05 )100

(Ti0,82 Fe3+ 0,09 Al0,09 )100 O300

birinchi namunadagi ilmenitdan farq qiladi. Farqi shundan iboratki, aluminiy, uch valentli temir izomorf aralashma sifatida topilgan va ular taxminan Al2 O2 , Fe2 O3 minal ko`rinishda bo`lsa kerak.

Ilmenit Fe TiO3 formulasi va yuqoridagi izomorf aralashmalar formulasi bir xil emas. Koeffitsientni hisoblash tartibi 17-jadvalda berilgan, molekulyar miqdori bo`yicha esa 18-jadvalda keltirilgan. Albatta, ularning natijalari bir xil bo`ladi.

3. Kimyoviy tarkibi bo`yicha minerallarning formulasini umumiy qilib keltirishning sodda usuli ham bor. Bu olingan kimyoviy tarkib natijasini atom og`irligiga nisbatidir. Masalan, barit-BaSO4 :

1. Va - 58,8

S - 13,7


O - 27,5

Ba = 58,8:137=0,43

Ba-137 - Mendeleyev davriy sistemasidagi atom og`irlik

S =13,7:32=0,43

O = 27,5:16=1,72

Ba - S - O

0.43 x 4 = 1.72 Ba1 S1 O4 = Ba SO4
2. Plagioklaz

Al - 10,30

Si - 32,97

O - 48,83

Na - 8,78
Al = 10,3 : 26,98=0,38

O - 48,83 : 15,99=3,05

Si - 32,97 : 189,08=1,14

Na - 8,78 : 22,98=0,38

Na - Al - Si - O

0,38 : 0,38 : 1,14: 3,05

1 1 3 8
Na (Al Si3 O8 )
Ko`p hollarda berilgan minerallarning nazariy formulasiga qarab uning tarkibiy qismidagi elementlar miqdorini hisoblash zarurati tug`iladi. Masalan, yuqorida keltirilgan albit minerali Na (Al Si3 O8 ) berilgan bo`lsa, u holda natriy va boshqa elementlarning atom og`irligi olinadi va ular yig`indisidan proporsiya tuzilib, har bir elementning molekular foiz miqdori keltirib chiqariladi:

Na - 22,98

Al - 26,98

Si - 28,08 x 3=84,24

O - 15,99x8=127,92

Σ=262,12


Na uchun 262,12 - 100%

22,98 - x

x= 22,98·100 =8,76% Na - 8,76 %

262,12
Al uchun 262,12 - 100 %

26,98 - x

x= 22.98·100=10.29%

262,12 Al - 10,29 %

Si uchun 262,12 - 100 %

84,24 - x

x= 84,24·100 =32,13

262,12 Si - 32,13 %
O uchun 262,12 - 100 %

127,92 - x

x= 127,92·100 = 48,8%

262,12 O - 48,8 %

Shunday qilib, minerallarning nazariy kimyoviy tarkibini keltirib chiqarildi.
MINERALLAR TASNIFI
Minerallar fizik - kimyoviy jarayonlar natijasida yer yuzi va ichki qismida vujudga keladi. Har bir mineral faqat o`ziga xos kristallik tuzilishiga ega bo`lgan aniq tabiiy birikmadan iborat va kimyoviy elementlardan tuzilgan.

Minerallar tasnifini tuzishda asosan kimyoviy ichki tuzilishi principiga amal qilinadi. Minerallarning kimyoviy birikmalari turiga qarab sinflarga va guruhlarga ajratiladi. Xullas, ma`lum bo`lgan minerallarning hammasi kimyoviy tarkibi va kristall tuzilishiga qarab sinflarga bo`linadi (19-jadvalga qarang).



1. Sof tug`ma elementlar sinfi. Bu elementlar soni 30 dan ortiq, ko`pchilik qismini metallar tashkil etadi. Sof elementlarning yer qobig`idagi miqdori - 0,1%.

Metall xillariga oltin, kumush, mis, platina va nometall turlariga oltingugurt, grafit, olmos kiradi.



2. Sulfidlar va sulfotuzlar sinfi. Bu guruhga kiruvchi 40 dan ortiq metallar oltingugurt, selen, tellur, margimush va surmalar bilan birikmalar hosil qilib, og`irlik miqdori Yer qobig`ining 0,15% ga teng. Bu guruhiga oid minerallarning eng muhimlari: xalkozin – CuS2, argentit –Ag2S, galenit - PbS, sfalerit - ZnS, grinokit - CdS, kinovar - HgS, nikelin - NiS, pentlandit - (FeNi)9S8, xalkopirit – CuFeS2, auripigment-As2 S2 , realgar -AsS, antimonit-Sb2S3, vismutin –Bi2S3, molitbdenit-MoS2, pirit – FeS2, kobaltin-SoAsS, arsenopirit - FeAsS va boshqalar.

3. Galoid birikmalar sinfiga ftoridlar va xloridlar, bromidlar kiradi. Bularning ko`pchiligi ion bog`lanishli birikmalar hosil qilib, kimyoviy nuqtayi nazardan qaraganda HF, HCl, HBr va HJ kislotalarining tuzlaridan iborat. Bu guruhga mansub minerallar ftoridlar - fluorit – CaF2 xloridlar - galit- NaCl silvin -KCL, kerargirit - AgCL va karnallit - MgCl KCL 6H2 O

4. Oksidlar sinfi. Kislorod bilan 40 ga yaqin elementlar turli xil birikmalar hosil qiladi. Yer po`stidagi oksidlarning umumiy og`irligi 17% ni tashkil etadi. Bundan 12,0% kremnezyom oksidi, 3,9% temir oksidi va gidroksidi va qolgan qismida aluminiy, marganes, titan va xrom oksidlari va gidroksidlari tashkil qiladi. Bu guruhga kiradigan minerallar sodda va murakkab oksidlar va gidroksidlar deyiladi. Tabiatda keng tarqalganlariga: kuprit - CuO, korund – Al2O3, gematit – Fe2 O3, ilmenit – FeTiO3 , megnetit - FeO Fe2 O3 , shpinel – MgAl2 O4 , xrizoberill – BeAl2 O4 , rutil – TiO2, kassiterit – SnO2 , priluzit – MnO2 , uranit, kvars – SiO2 va boshqalar kiradi.

5. Karbonatlar sinfiga kiruvchi minerallar tabiatda keng tarqalgan. Bularga kalsit –CaCO3 , magnezit – MgCO3, siderit – FeCO3 , smitsonit – ZnCO3, rodoxrozit – MnCO3, serussit – PbCO3, malaxit – Cu2 [CO3 ] (OH)2 , azurit – Cu3 [CO3 ]2 (OH)2 suvli karbonatlarga soda – NaCO3 10 H2 O kiradi.

6.Sulfatlar sinfiga oid minerallar juda ko`p va xilma xil birikmalar hosil qilsa-da, yer qobig`ida keng tarqalgani kam. Sulfatlar: barit – BaSO4, tselestin – SrSO4, anglezit –PbSO4, angidrit-CaSO4, gips – CaSO4 2H2O, mirabilit - Na SO4 10 H2 O va boshqalar.

7. Silikatlar sinfiga juda ko`p minerallar kiradi. Bizga ma`lum minerallarning 1G`3 qismini tashkil etadi. Bu guruhga kiruvchi minerallar barcha tog` jinslarining asosiy qismini tashkil etadi va jins hosil qiluvchi minerallar deb ataladi. Shuning uchun ham ular sinchkovlik bilan batafsil o`rganilgan.

Rentgen yordami bilan o`tkazilgan tekshirishlar (kristallokimyoviy kuzatishlar) tufayli silikatlarning ichki tuzilishi ularning kimyoviy tarkibi bilan uzviy bog`liqdir, shu bilan birga minerallarning muhim fizik xususiyatlarini, hatto ma`lum darajada genezisini (hosil bo`lishini) aks ettira oladi.

Silikatlarning tuzilishini rentgenoskopik yo`l bilan tekshirish natijasida ular quyidagi sinflarga bo`linadi: orolsimon, zanjirsimon, lentasimon, varaqsimon va karkassimon silikatlar.


Download 5,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish