Mineral o‘G‘itlarning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati o‘simliklar hayotida o‘g‘itlarni ahamiyati juda kattadir



Download 46,69 Kb.
bet2/6
Sana09.03.2022
Hajmi46,69 Kb.
#486734
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-LEKTSIYA

Yillar

Paxta hosili, ts/ga

Azotli o‘g‘itlar

Fosforli o‘g‘itlar

Kaliyli o‘g‘itlar

jami, t

g‘o‘zaga, kg/ga

jami, t

g‘o‘zaga, kg/ga

jami, t

g‘o‘zaga, kg/ga

1985
1988
1992
1997

27,0
26,2
24,8
22,6

680,1
743,4
580,3
661,8

242,0
247,0
233,0
243,0

300,0
442,3
329,1
192,7

101,0
132,0
121,0
71,0

185,1
220,2
109,5
95,7

69,0
73,0
50,0
42,0


Hozirgi kunda ekinlardan olinadigan hosilning qarib yarmi (ba’zi hollarda 60 – 70%) mineral o‘g‘itlar hisobiga olinadi. Aksariyat ekinlarda o‘g‘it qo‘llash bilan bog‘liq 1 so‘mlik sarf – harajat 2 – 3 so‘m bo‘lib hosil bilan qaytadi, g‘o‘zani o‘g‘itlashda esa bu ko‘rsatkich 8 – 9 so‘mni tashkil etadi.
O‘g‘itlardan olinadigan iqtisodiy samara tuproq – iqlim sharoitlari, o‘g‘itlarni me’yori, muddati va yuksak agrotexnika tadbirlari asosida qo‘llash bilan uzviy bog‘liq.
1980 yilda dunyo bo‘yicha 111,7 mln. t mineral o‘g‘it ishlatilgan bo‘lsa, XXI asrning boshlariga kelib, xalqaro amaliy tizimli tahlil instituti hisobi bo‘yicha 287 mln. t, BMT qoshidagi Sanoat taraqqiyoti tashkiloti ma’lumoti bo‘yicha 307 mln. t mineral o‘g‘it tayyorlanadi. 2015–2020 yillarga kelib bu ko‘rsatkich 2–3 marta oshishi kuzatilmoqda. Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda kishi boshiga 145 kg, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa atiga 23 kg mineral o‘g‘it to‘g‘ri kelmoqda.
Qishloq xo‘jaligini imkon qadar mexanizatsiyalash, elektrlashtirish, kimyolashtirish va melioratsiyalash asosida jaddal rivojlantirish Respublikamiz agrar siyosatining asosi hisoblanadi. Mustaqillikning birinchi kunlaridan boshlab o‘g‘it ishlab chiqarishni ko‘paytirish, ularning assortimentini yaxshilash, “...qishloq xo‘jaligini zarur mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni himoya qilish vositalari bilan ta’minlashni nafaqat tubdan o‘zgartirish, balki agrokimyo qoidalariga qat’iy amal qilishda talabchanlikni oshirish, ularni qo‘llash madaniyatini yuksaltirish lozim” ligiga jiddiy e’tibor berildi.
1996 yilning 7 avgustida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishida agrokimyo xizmati ko‘rsatishni takomillashtirish chora – tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori ham dehqonchilikni kimyolashtirishni kuchaytirishda muhim qadam bo‘ldi.
Hozirgi kunda Respublikamizdagi yirik ishlab chiqarish zavodlari qishloq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan mineral o‘g‘itlar bilan deyarli ta’minlay oladi. Bular jumlasiga, Chirchiq, Olmaliq, Navoiy, Samarqand, Qo‘qon, Farg‘ona kabi yirik ishlab chiqarish zavodlarini misol qilib olishimiz mumkin.
Hozirgi kunda yer unumdor qatlamining faqat 10 % gina qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish uchun foydalanilmoqda. Tubdan o‘sib borayotgan aholi soni va uning e’tiyoji esa yerdan yuqori darajada foydalanishni talab qiladi. Bu e’tiyojlarni qondirishda inson dastlab faqat tabiiy organik o‘g‘itlardan foydalangan bo‘lsa, hozirgi foydalanilayotgan organo - mineral o‘g‘itlar assortimenti minglab turlidir.
O‘g‘it – bu o‘simlik ozuqlanishi va uni tuproq unumdorligini oshiruvchi organik va mineral moddalardir.
Deyarli barcha mineral o‘g‘itlar noorganik tuzlardan va havo azotidan olinadi. Bularga superfosfatlar, kaliyli tuzlar, ammoniy sulfat, nitrat va fosfatlar misol bo‘la oladi.
O‘simliklarni rivojlanishida azotli, fosforli hamda kaliyli o‘g‘itlarni ahamiyati juda kattadir. O‘simlikning mineral ozuqlanishida azotli o‘g‘itlar eng muhim rol o‘ynaydi. Azot o‘simliklar uchun zarur oziq elementlardan biridir. U barcha oddiy va murakkab oqsillar, nuklein kislotalar (RNK va DNK), xlorofill, fosfatidlar, alkaloidlar, ayrim darmondorilar va fermentlar tarkibiga kiradi.
O‘simliklar tamonidan azotning o‘zlashtirilishi bir qator murakkab jarayonlar asosida ketadi va ammiakning tegishli organik kislotalar ketoguruhi bilan hosil qiladigan aminokislotalardan sintezlanadigan oqsil molekulasiga birikishi bilan yakunlanadi. Mazkur jarayon aminlanish deyiladi.
O‘simlik tuproqdan azotni mineral birikmalarini o‘zlashtiradi va oqsil moddalarga aylantiradi. Hayvonot olami esa o‘zining oziqlanishida o‘simlik oqsilidan foydalanadi va inson uchun zarur bo‘lgan ozuqa oqsiliga aylantirib beradi. Oqsil – protoplazma va xujayra yadrosining asosini tashkil qilib shuningdek, u havodagi uglerod (IV)-oksidini quyosh energiyasi yordamida o‘zlashtirib berishga yordam beruvchi o‘simlik xlorofillini tarkibiga kiradi.
Umumiy qilib aytganda o‘simliklar hayotida azotli organik birikmalar hosil bo‘lishi va parchalanishining murakkab zanjiri ammiakdan boshlanib ammiakdan tugaydi. Shu bois akademik D.N. Pryanishnikov “...ammiak o‘simliklarda azot moddalari almashinuvining alfasi ham omegasi hamdir” degan edi.
Demak, o‘simliklarning rivojlanishida azot ozuqa elementlarining ahamiyati beqiyosdir. Agar o‘simliklarda azot tanqisligi kuzatilsa, o‘sish keskin sekinlashadi. Barglari maydalashib, och yashil tus oladi, ancha erta sarg‘ayadi. Poyasi ingichka tortib, yaxshi shoxlamaydi. Hosil organlarining shakllanishi, rivojlanishi va don olishi yomonlashadi.
Azot bilan me’yorida oziqlantirilgan o‘simliklarda oqsil moddalar jadal sintezlanadi, o‘simlikning o‘sishi va hayot faoliyati kuchayadi, barglarning qarishi sekinlashadi, baquvvat poya va to‘q yashil tusdagi barglar shakllanadi, o‘sish, shoxlanish hamda hosil organlarining rivojlanishi yaxshilanadi. Natijada hosil va uning tarkibidagi oqsil miqdori ko‘payadi. Lekin o‘sish davrida bir tamonlama, faqat azot bilan oziqlantirishga ruju qo‘yish hosilning pishib yetilishini orqaga suradi, o‘sish organlari kuchli rivojlanib, o‘simlikning “g‘ovlab ketish” iga sabab bo‘ladi. Shu sababli ham o‘g‘itlash ishlari o‘z agrotexnika qoidalari asosida bo‘lgani maqsadga muvofiqdir.
Birinchi jahon urushigacha asosiy azotli o‘g‘it sifatida, tabiiy chili selitrasidan foydalanilgan bo‘lsa, keyinchalik kalsiy tsianamidi, ammoniy selitrasi, mochevina, ammiakli suv, ammikatlar kabi azot birikmalari keng qo‘llanila boshlandi.
O‘simliklar tarkibida fosfor mineral va organik holatda uchraydi. Mineral holatdagi fosfor ortofosfat kislotaning kalsiyli, magniyli va kaliyli tuzlari ko‘rinishida bo‘lib, miqdoran juda kamdir. Organik birikmalar shaklidagi fosfor o‘simliklarda nuklein kislotalar, fosfoproteidlar, fosfolipidlar, fitin, shakarning fosforli iforlari ko‘rinishida uchrab, nuklein kislotalar (RNK va DNK) alohida o‘rin tutadi. Ular oqsil sintezi, o‘sish va rivojlanish, nasl tashish kabi muhim hayotiy jarayonlarda faol ishtirok etadi. Nuklein kislotalar azotli asos, shakar va fosfor kislotadan tarkib topgan. Nuklein kislotalar o‘simliklarning barcha xujayra, to‘qima va tana qismlarida mavjud. Urug‘, murtak va ildiz qinchasi nuklein kislotalarga ancha boy bo‘lib, o‘simlik barg va poyalari quruq massasining 0,1-1,0% ini ham nuklein kislotalari tashkil qiladi.
O‘simliklardagi fosfororganik birikmalarning asosiy qismini fosfoproteidlar (fosfor kislotalari va oddiy oqsillarning hosilalari) tashlil qiladi. Ular o‘simlik tanasidagi biokimyoviy jarayonlarda katalizator vazifasini o‘taydi.
Har qanday o‘simlik xujayrasida fosfolipidlar mavjud bo‘lib, ular oqsil - lipid membralarini hosil qiladi, shu boisdan muhim biologik ahamiyatga ega.

Ayrim ekinlar tarkibidagi fosfolipidlar miqdori


(quruq massaga nisbatan %)
3 – jadval


Download 46,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish