Xalkopirit yoki mis kolchedani — SuFeS2 mis rudasiga boy. Sulfidlar sinfiga kiradi. Qattiqligi — 3,5 – 4, solishtirma og‘irligi —3,1 - 4,3 g/sm3, metallsimon juda yaltiroq. Rangi latunsimon sariq chizig‘ining rangi och yashil, qora. Ba’zan orasida juda oz miqdorda oltin va kumush bo‘ladi. Bu zonada oltin koni hosil bo‘lishi xarakterlidir. Notekis yuzali sinish hosil qiladi. Ulanishi noaniq. Tetragonal singoniyali. Xalkopirit nitrat kislotada sekin-asta parchalanadi. Kelib chiqishiga ko‘ra o‘rta asosli va o‘ta asosli magmadan, gidrotermal va pnevmatolit jarayonlardan hosil bo‘ladi. Xalkopirit asosan mis uchun ruda olishda ishlatiladi.
22. Pirrotin yoki magnit kolchedani Fe1-xS. Qattiqligi - 4. Solishtirma og‘irligi - 4,5 - 4,7 g/sm3. Rangi bronzaga o‘xshash to‘q sariq, chizig‘i kulrang, ula-nish yuzasi noaniq. Geksagonal singoniyali. Pirrotin mo‘rt, elektrni yaxshi o‘tkazadi. Xlorid va nitrat kislotalarda qiyin parchalanadi. Kelib chiqishi. Pirrotin asos va o‘ta asos magmaning sovishidan magmatik jinslarning orasida va gidrotermal jarayonlar natijasida rudali tomirlarda paydo bo‘ladi. Ishlatilishi: pirrotindan sulfat kislotasi olinadi. Agarda uning tarkibida nikel bo‘lsa, u nikel uchun muhim xom ashyo hisoblanadi.
23. Limonit yoki qo‘ng‘ir temirtosh 2Fe2O3 • nN2O. Temir zangi gidrooksidlar sinfiga xos. Qattiqligi — 1,5 – 4. Solishtirma og‘irligi – 3 – 4 g/sm3. Metallsimon yoki bo‘zsimon yaltiroq, rangi temir zangiga o‘xshash qo‘ng‘ir, to‘q qo‘ng‘ir, chizig‘i sariq-qo‘ng‘ir, zangga o‘xshash och qo‘ng‘ir, ulanish yuzasi yo‘q. YAshirin kristalli amorf. Limonit asosan litosferaning yuqori kavatlarida sulfid, karbonat va boshqa temirli guruh minerallarining kimyoviy nurashidan paydo bo‘ladi. Limonit va gidrogetit suvdagi temir tuzlarining eritmalaridan va mikroorganizmlarning o‘lishidan, temirli va boshqa xil bakteriyalar ko‘llar tagida, balchiqlarda to‘planishidan, shuningdek siderit mineralining nurashidan va boshqa yo‘llar bilan er yuzasida ham paydo bo‘ladi. Limonit temir olishda xom ashyo sifatida ishlatiladi. Fosfori ko‘p bo‘lgan limonitdan temirdan tashqari o‘g‘it, fosfat kislota olinadi. Limonitdan bo‘yoq ohaklar tayyorlanadi.
24. Flyuorit yoki dala shpati — SaF2, galoidlar sinfiga kiradi. Qattiqligi – 4, solishtirma og‘irligi 3,1—3,2 g/sm3. SHishasimon yaltiroq, rangi och yashil, yashil, binafsha, oq, havorang, pushti. CHizig‘ining rangi oq, ba’zan kulrang, tiniq, ulanishi mukammal. Kub singoniyali. Mo‘rt mineral, xlorid va nitrat kislotalarda kuchsiz parchalanadi. Flyuorit magmaning kris-tallanishidan va asosan suv eritmalaridan (gidrotermal) kelib chiqadi. Bundan tashqari pnevmatolit jarayonlarda ham paydo bo‘ladi. Flyuorit metallurgiya sanoatida alyuminiy va boshqa metallarni olishda katalizator va qotishma sifatida ishlatiladi. Flyuoritdan kuchli ftorit kislota olinadi. Rangsiz, tiniq flyuorit — optik flyuorit deyilib, undan linzalar tayyorlanadi.
Adabiyotlar:
1. Islomov O.I. “Umumiy geologiya” «O’qituvchi» 1991 yil.
2. Shoraxmedov SH.SH. “Umumiy va tarixiy geologiya” «O’qituvchi» 1989 yil.
3. Qurbonov A.S. “Geologiya” «O’qituvchi» 1991 yil.
4. Bitextin. “Mineralogiya”
Do'stlaringiz bilan baham: |