Xorazm davlati. Yurtboshimiz I. Karimovning mana bu fikrlari
ham o‘zbek dav lat chi ligi tarixining o‘qtomirlari olis davrlar qa’riga
borib tutashishi dan yaqqol dalolat beradi: «O‘zbek davlatchiligining
tamal tosh lari bundan 2700 yil muqaddam ayni Xorazm vohasida
qo‘yilgan. Shu ma’ noda, milliy davlatchiligimiz tarixi Misr, Xitoy,
Hindiston, Yunoniston, Eron kabi eng qadimiy davlatlar tarixi bilan
bir qatorda turadi. Xorazm tarixi O‘zbek davlatchiligining asosi,
uning qudrati va qadimiyligining tasdig‘idir»Barcha daliliy ashyolar miloddan avvalgi so‘nggi ming yillik boshlarida, aniqrog‘i VI–VII asrlarda Vatanimiz hududlarida uch-
ta: Xorazm, Baqtriya hamda saklar va massagetlar konfederat si ya si
ko‘ rini shi dagi dastlabki davlatlar shakllangan. Bu davlatlar o‘ziga xos
ri vojlanish jarayonini bosib o‘tgan.
Xorazm davlati egallagan hududlar ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra,
ho zir gi Xorazm yerlari bilan chegaralanib qolmay, balki undan
an cha janubga, ya’ni Murg‘ob va Tajang daryolari atroflariga qadar
ham yoyilgan. Miloddan avvalgi so‘nggi ming yillikning boshlari-
ga tegishli «Amirobod madaniyati», quyi Amudaryo havzasida yuza-
ga kelgan o‘ziga xos sun’iy sug‘orish inshooti tizimi hamda dastlabki
shaharsozlik timsoli bo‘lgan shahar-qal’alar (Qal’aliqir, Ko‘zaliqir,
Jonbosqal’a) Xorazm vohasida davlat tuzilmalari mavjudligidan
dalo lat beradi. Qadimshunos olim Ya. G‘ulomov tomonidan Xora-
zmda aniq lan gan 200 km uzunlikdagi, eni bir necha o‘nlab metrdan
iborat kanal o‘zani, obod dehqonchilik madaniyat Xorazm davla-
ti qadimdan insoni yatning yirik madaniy maskanlaridan biri sifatida
shuh rat topganligidan guvohlik beradi. «Avesto»da Xorazm Markaziy
Osiyo dagi rivoj topgan, o‘z hududiy chegaralariga ega bo‘lgan o‘lka-
lardan biri sifatida tilga olinishi ham bejiz emas. Gerodot ma’lu-
moticha, qadimda Oks (Amu) daryosi bo‘ylab 360 dan ziyod sun’iy
sug‘orish kanallari, suv inshootlari barpo etilib, cho‘lli, sahroli yer-
lar ga suv chiqazilib dehqonchilik uchun ekin maydonlari kengaytirib
borilgan. Gerodot taassurotlarida Xorazm o‘lkasida yasha gan aho-
li dehqonchi likda katta tajribaga ega bo‘lib, ularning don li, dukkakli
ekinlar, chunonchi, bug‘doy, suli, arpa, meva-sab za votchilik mahsu-
lotlarini mo‘l-ko‘l yetishtirganligi qayd etib o‘tila di.
Xorazm shaharsozligida xom g‘isht, paxsalardan keng foyda-
lanilgan. Binolarning tashqi va ichki ko‘rinishlariga maxsus ishlov
be ri lib, ularning mustahkamligi, o‘ziga xos ko‘rkamligi ta’min lan-
gan. Bu ko‘hna hudud bag‘rida ming yillar davomida saqlanib ke la -
yot gan ko‘plab osori atiqalar, shahar-qal’alar xarobalari qoldiqlari
ham buni isbotlaydi. Xorazm vohasida hunarmandchilik, tog‘ -kon
ishlari ancha rivojlangan. Bu yerdan qazib olin gan qimmatbaho ma’-
dan lar ishlov berilib, yuksak sifat ko‘rsatki chiga yetganidan keyin gi-
na u tayyor mahsulot sifatida foydalanishga chiqarilgan.
Xorazmda aholining bir qismi chorvachilik bilan shug‘ul lan gan,
ularning tuya, ot, qo‘y-echkilardan iborat ko‘plab suruvlari bo‘l gan.
Sav do bozorlari da g‘alla, meva, chorvachilik mahsulotlari, hunar-
man dchilik buyumlari ayirbosh qilingan.
O‘zbek davlatchiligining shakllanishiga asos solgan Xorazm
dav lati 2700 yillik tarixga ega. Afsuski, Xorazm davlatida hukm-
ronlik qil gan sulolalar to‘g‘risida ma’lumotlar hozirgacha yetarli
emas. Ri voyat larga ko‘ra, Xorazmning qadimiy siyosiy sulolasi –
Siyo vushiylar bo‘lganligi zikr etiladi. «Avesto»da ta’kidlanishi-
cha, Siyo varshon Kavousning o‘g‘li bo‘lgan. Siyovarshon o‘limi-
dan so‘ng uning nabirasi Kova Xusrav bobosining qotilidan o‘ch
olib, ho ki miyat ni egal lab, Xorazmda Siyovushiylar sulolasiga asos
soladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |