Bog'liq 32403996200019-SavingTerm-20220213115820775
Shartnoma shartlari: Foiz stavkalari:21 yillik;
Depozit muddati (oylar soni): 13;
Muddatli depozit hisobvarag’ini ochish uchun minimal summa: 100 000 (yuz ming) so’m;
Maksimal summa mijozning joriy aktiv bo’lgan barcha muddatli depozit hisobvarag’lardagi qoldiqning umumiy miqdorini inobatga olgan holda hisoblanadi va umumiy hisobda 12 000 000 000 so’mdan oshmasligi kerak;
Qo’shimcha to’lovlar: ko’zda tutilgan;
Pul mablag’larini qisman yechib olish ko’zda tutilmagan.
Muddatli depozitni muddatdan oldin to’liq yopish quyidagi shart bilan ko’zda tutilgan, agar Omonatchi masofaviy bank xizmatlarini taqdim etish tizimi orqali O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksiga muvofiq belgilangan muddat ichida o’z niyati haqida xabar bersagina. Bank Omonatchining so'roviga muddatidan oldin javob berish huquqiga ega. Shu bilan birga, hisoblangan va to’langan foizlarni quyidagi stavkalar bo’yicha qayta hisoblaydi:0 oydan 13 oygacha - 19.00%, foizlar bo’yicha ortiqcha to’langan summa Bank tomonidan asosiy depozit summasidan ushlab qolinadi.
Agar depozit ochilganidan keyin 40 kun mobaynida muddatidan avval yopilsa, Bank Omonatchiga nisbatan hisoblangan va to'langan foizlarni qayta hisoblash bo'yicha choralar ko'rmaslik hamda pullar depozitda haqiqatda saqlangan kunlar uchun 3.1-bandga muvofiq hisoblangan summani to'lash huquqini o'zida saqlab qoladi.
Qo’shimcha to’lovlar va muddatli depozitni to’liq yopilish imkoniyati quyidagi holatlarda mavjud bo’lmasligi mumkin:
Agar masofaviy bank xizmatini taqdim etish tizimi bank operatsiyalari ishtirokchilarining birida mavjud texnik sabablariga ko’ra vaqtinchalik ishlamasa;
Operatsion kunning yopilish jarayonida.
Foizlarni kapitallashtirish ko’zda tutilmagan.
Masofaviy bank xizmatlarini taqdim etish tizimi orqali ushbu Shartnomani qabul qilish bilan Omonatchi ushbu bank mahsuloti bo’yicha bank tomonidan taklif etilayotgan tarif va shartlarga o’z roziligini bildiradi.
Muddatli depozit hisobvarag’iga kelib tushayotgan pul mablag’lari shu kunning o’zidayoq kirim qilinadi, dam olish/bayram kunlari bundan mustasno. Agar pul mablag’lari bayram/dam olish kunlari kelib tushsa, by mablag’lar dam olish/bayram kunidan keyingi birinchi ish kunida kirim qilinadi.
Depozit muddati tugaganidan so’ng pul mablag’lari Bankda ochilgan istalgan hisobvarag’iga faqatgina naqdsiz shaklda o’tkaziladi yoki. Omonatchining ixtiyoriga ko’ra Bank tomonidan chiqarilgan bank kartasiga keyingi bank operatsion kunidan kechiktirmagan holda o’tkaziladi.
Depozitni muddatidan oldin yopish vaqtida Omonatchining ixtiyoriga ko’ra pul mablag’lari Bankda ochilgan istalgan hisobvarag’iga faqatgina naqdsiz shaklda o’tkaziladi yoki O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksida belgilangan muddat ichida Bank tomonidan chiqarilgan bank kartasiga o’tkaziladi, shu bilan birga, agar depozitni muddatdan oldin yopish dam olish/bayram kunlariga to’g’ri kelsa, mablag’ to’lovi birinchi ish kunidan keyingi kunda amalga oshiriladi.
Muddatli depozitning muddati tugaganidan so’ng mazkur Shartnoma muddatini uzaytirish ko’zda tutilmagan.
Muddatli depozit hisobvarag’iga qabul qilib olingan pul mablag’lari O’zbekiston Respublikasi banklarida fuqarolarning omonatlarini kafolatlash fondi tomonidan 05.04.2002 yildagi 360-II-sonli “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq kafolatlanadi.