Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti kt drt zarifova Dilfuza


Milliy uyg’onish davrining ilk bosqichi



Download 10,11 Kb.
bet2/2
Sana01.07.2022
Hajmi10,11 Kb.
#722554
1   2
Bog'liq
Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti kt drt zarifova Dilfuza-fayllar.org

Milliy uyg’onish davrining ilk bosqichi


  • “Jadid” so’zining ma’nosi “yangi” demakdir. U shunchaki “yangi” yo bo’lmasa, “yangilik tarafdori” degani emas. Balki “yangi tafakkur”, “yangi inson”, “yangi avlod ” singari keng ma’nolami o’zida mujassam etgan. Bu atama bizga XIX asming 80-yillaridan kirib kelgan. Jadidchilik harakatining ilk maqsadi yangi tipdagi maktablami ochish, yosh avlodni savodli qilish bo’lgan. Jadidlar ana shu jarayonda bu savodli avlod uchun yangi fikr, yangi g’oyalami eltuvchi xabarlar, maqolalar, ocherklar, she’r va hikoyalar zarurligini sezdilar. Shu tarzda jadid adabiyoti tug’ila va shakllana boshladi.

”Jadid ” istilohining kirib kelishi Ismoilbek Gasprali (Gasprinskiy) ochgan yangi maktab nomi bilan bog’liq. U yozadi: 1884 sanasi Boqchasaroyda bir maktabi usuli jadida (yoki usuli savtiya) qo’ymish edim”. 90-yillarda bu yangi usul Turkistonga yetib keladi. 1893-yili Ismoilbek Gaspralining o’zi Buxoroga kelib, amir bilan uchrashadi va yangi maktab ochishga muvaffaq bo’ladi. Ismoilbek Gasprali tashabbusi bilan paydo bo’lgan bu yangilikni Turkiston maktablarida Avloniy, Hamza, Shakuriy kabi ilg’or pedagoglar hayotga joriy eta boshladilar va maktablar uchun qator darsliklar yaratdilar. Mahmudxo’ja Behbudiy, Munawar qori Abdurashidov, Abdurauf Fitrat, Hoji Muin, Sadriddin Ayniy, Abdulla Avloniy, Ismoil Obidiy va boshqalar jadid g’oyalarini yoyishda nashriyot ishlariga, matbuot sohasiga katta e’tibor berdilar. Ular va ularning hammaslaklari “Vaqt”, “Osiyo”, “Shahrat”, “Hurriyat”, “Ulug’ Turkiston”, “Sadoyi Turkiston” gazetalarida Turkistonning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, milliy, madaniy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlardagi ravnaqi uchun zarur bo’lgan muammolami ko’tarib chiqdilar, kezi kelganda, mustamlaka siyosatiga qarshi fikrlarni ilgari surishda jasorat ko’rsatdilar.


“Jadidchilik” arabcha “jadid” (“yangi”) so’zidan. Keng ma’noda ijtimoiyma’naviy hayotning barcha jabhalarini yangilashni ko’zda tutadi. Jadidchilik, Turkiston ijtimoiy fikri taraqqiyotida, Fitrat qayd etganidek, islomchilik (panislomizm), turkchilik (panturkizm) va mahalliychilik (o’zbekchilik) ko’rinishlarida ham namoyon bo’lgan ediki, bularning o’z sabablari bor. Jadidchilik oqim emas, harakat. Ijtimoiy, siyosiy, ma’rifiy harakat. Yaqingacha u faqat ma’rifatchilik harakati deb kelindi. Maqsad - jadidchilikning doirasini toraytirish, sotsialistik-kommunistik mafkuradan boshqasi keng xalq ongini qamrab olishi, egallashi mumkin emas, degan soxta tushunchaning asorati edi. Aslida esa:
1) jamiyatning barcha qatlamlarini jalb eta oldi, uyg’onish mafkurasi bo’lib xizmat qildi;
2) mustaqillik uchun kurash olib bordi. Uning g ’ayrat va tashabbusi bilan dunyo ko’rgan Turkiston muxtorivati bu y o ’ldagi amaliy harakatning dastlabki natijasi edi;
3) maorifva madaniyatni, matbuotni ijtimoiy-siyosiy maqsadlarga moslab chiqdi.
Fitrat

So’fizoda


Abdulla Avloniy
Milliy uyg’onish, millatning o’zligini anglash jarayoni mazkur davr adabiyotining ruhi va mazmunini tashkil qildi. Buni adabiyotshunoslik o’tgan asming 20-yillaridayoq e’tirof etgan edi. Milliy uyg’onish birgina adabiyot doirasida qolgani yo’q,ijtimoiy turmushning barcha qatlamlarini qamrab oldi, hatto ’’bosmachilik” nomi bilan ’’g’alati mashhur” bo’lib tarixga kirgan hodisaning ham mafkurasi milliy uyg’onishga, uning samarasi bo’lmish mustaqillikka bog’lanardi.
Milliy uyg’onish mintaqamizda jadidchilik shaklida namoyon bo’Idi. U 20-yillami o’rtalarigacha davom etdi. 1926-yildan sovetlar unga qarshi kurash boshladilar. 1929-yildan ulami jismoniy tugatish yo’lga qo’yildi. Bu harakatning yuzaga kelishi bevosita istilo va uning oqibatlari bilan bog’langan bo’lib, uning shakllanish davrini 1865-1905-yillar bilan belgilamoq kerak bo’ladi. 1905-yil voqealari 17-Oktabr Manifestidan keyin rivojlanish bosqichiga kirdi. 1916-yilga kelib, jadidlarimiz ” q ora xalq ni oqartirmoq va ko ’zin ochmoq chorasiga” (Avloniy) kirishdilar...
Abdulla Qodiriy
Muqimiy

Munavvar qori Abdurashidxonov


Taraqqiyparvar ziyolilarimiz mustaqillik uchun kurashnito’xtatmadilar va 1917-yilning 27 noyabrida Turkiston (Qo’qon) muxtoriyatini e’lon qildilar, biroq u uch oyga yetmay, sho’rolar tomonidan shafqatsizlarcha yo’q qilindi. ’’Millatchi” deya nom olgan millatparvarlarimizning omon qolganlari tog’- toshlarga qochib, kurashni davom ettirdilar va Vatan ozodligi yo’lida shahid ketdilar. Bu jarayon 20-yillaming oxirigacha davom etdi. 1905-1929-yillar jadidchilik (milliy uyg’onish) harakatining taraqqiyot va tugatilish davridir. 7. Milliy uyg’onish asosida qanday adabiyot paydo bo’Idi?
Milliy uyg’onish (jadid) adabiyoti XIX asr oxirlarida yuzaga kelgan mazkur harakat g’oyalarining adabiy-badiiy ifodasi edi. Lekin u jadidchilikning shunchaki bir ko’rgazmasi bo’lib qolmadi, chinakam adabiyotga aylandi. U yangi adabiyotni boshlab berdi. Avji taraqqiysi 1915 — 1925-yillarga to’g’ri keldi.
Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti 2 bosqichga ajraladi: 1. Milliy uyg’onish davri o ’zbek adabiyotining ilk bosqichi: manbalari va yuzaga kelishi(XIX asr oxirlari). 2. Milliy va ijtimoiy kurashlar davri: taraqqiyoti va tugati lishi (XX asr birinchi choragi). ’’Milliy uyg’onish” davri adabiyoti deganda XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr boshlari adabiyotini ko’zda tutamiz. U o’ziga xos bir davrdir.
”Uyg’onish” tushunchasi qanday ma’nolarni o’z ichiga oladi? ’’Uyg’onish” (Renessans) tushunchasi qadim antik adabiyotga nisbatan olingan bo’lib, o’rta asrlardagi ilm-fan jonlanishini ko’zda tutadi. Uning doirasi turli mamlakatda turlicha, IX asrdan XV asrgacha bo’lgan davmi qamrab oladi. ’’Milliy uyg’onish”da esa, millatning o’zligini anglashi asos qilib olinadi. Biz ’’Milliy uyg’onish” davri adabiyoti deganda XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr boshlari adabiyotini ko’zda tutamiz. U o’ziga xos bir davrdir.
“Adabiyot-millat oynasi” fikrlari kimga tegishli? Abdulla Avloniy bir she’rida ”Oyinayi har millat erur til-adabiyot” deb yozgan edi. Bu yerda alloma til-adabiyot har bir millatning yuzi, oynasi demoqda. Haqiqatan ham, jamiyatni tarbiyalashdagi adabiyotning buyuk rolini jadidlar yaxshi anglaganlar. Adabiyotni haqli ravishda millat oynasi deb aytishgan.

Ikki buyuk asr - XIX va XX asrlar oralig’idagi 50-60 yillik davr qadim va boy o’zbek adabiyoti tarixida g’oyat muhim ahamiyat kasb etadi. U, birinchidan, xalqimiz hayotida yuz bergan eng katta baxtsizlik - o’z mustaqilligini yo’qotishi voqealarini loqayd kuzatishdan uning fojiali oqibatlarini chuqur idrok etish va istiqlol uchun kurashga chaqirishgacha bo’lgan yo’lni bosib o’tdi. Ikkinchidan, adabiyot davr voqealari ta’sirida g’arblashdi; mazmun-mundarijasi kengaydi; 9 davriy matbuot va teatming paydo bo’lishi bilan yangi adabiy tur va janrlar paydo bo’Idi. An’anaviy she’riyat bilan bog’liq timsollarga yangi mazmun kirib keldi. Yakka hukmron aruz yoniga unutilgan eski barmoq vazni qo’shildi. Sarbastda ijod qilindi, mansuralar yozildi, ya’ni - zamonaviy realistik adabiyot maydonga keldi.


http://fayllar.org
Download 10,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish